К содержанию
РецензированоUZ2026

KOMPYUTER TERMIN TIZIMINING KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA TAHLILI

ASOSIDA TAHLILI

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kompyuter terminologiyasi tizimi kognitiv yondashuv asosida o‘rganiladi. Kognitiv tilshunoslik nazariyasi asosida axborotni idrok etish, qayta ishlash va tushunish jarayonlari tilshunoslik obyektlari – terminlar orqali tahlil qilinadi. Kompyuter sohasida shakllangan atamalar inson tafakkuri va tushunchasining mahsuli sifatida ko‘rilib, ularning konseptual mazmuni, semantik tuzilishi hamda madaniy-mantiqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, kognitiv yondashuvning lingvistik terminologiyani tizimlashtirish va tahlil qilishdagi afzalliklari ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari kompyuter terminologiyasini chuqurroq anglash va uni tilshunoslik, tarjimashunoslik, informatika fanlari bilan bog‘liq holda tahlil etishga imkon beradi. Kalit so‘zlar : kognitiv yondashuv, kompyuter terminologiyasi, konsept, semantika, tilshunoslik, axborot, tafakkur, termin tizimi. Kompyuter terminologiyasiga maxsus leksikasining bir qismi sifatida qaraladi. I.L.Komleva ushbu soʻz birikmasini «kompyuter tili» deb ataydi, ya'ni bu ta'rif bilan «mavzu sohasida shakllangan, texnologik jihatdan shaxsiy kompyuterlar va ular uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan maxsus til» sifatida e’tirof etadi1. Kompyuter sohasidagi terminlar ham boshqa soha terminlari kabi tavsiflanadi. Bu tavsiflarga qarab terminlarni turlarga ajratish mumkin. Terminlarni leksik birliklar sifatida quyidagi jihatlariga qarab tasnif qilish mumkin: – shakli va tuzilishi; – mazmuni va ahamiyati; – etimologik xususiyatlari; – ishlatilishidagi оʻziga xosliklar2. Internet terminologiyasi tizimi ham oʻziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Terminlarni tahlil qilish natijasida shunday xulosaga keldikki, terminlar ham 1Комлева И.Л. Принципы формирования русской компьютерной терминологии: Дисс. … канд. филол. наук. – М., 2006. – С.16. 2Nasrulloyeva N.S. O‘sha asar, o‘sha bet. 5 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference obrazlilik asosida hosil bоʻladi. Internet va kompyuter terminologiyasi quyidagi xususiyatlarga ega: 1) internetga oid tushunchalarning ochiqligi; 2) tur va xilga ajratishda munosabatlar noaniq ifodalangan, ba’zi hollarda esa mavjud emas; 3) emotiv komponentlar evaziga murakkablashtirilgan; 4) umumiste’mol leksikasi asosida shakllantirilgan, bu qatlamning faol ta’siriga ega; 5) oʻzlashmalar miqdorining kоʻpligi; 6) lug’at zaxirasining tezkorlik bilan boyib borishi3. Shu sababli, mutaxassislarning kasbiy vaziyatlarni qanday qabul qilishlari, ular qanday nuqtayi nazarga ega boʻlishlari va aniq faktlarga nisbatan diqqatlarini qaysi jihatlarga qaratishlarini koʻrib chiqish kerak. Nominasiya ma’lum bir lisoniy belgi orqali faqat nomni anglatmaydi, balki ma’lum bir mavhum tushunchani insonning bilish faoliyati natijasi sifatida ifodalaydi. Termin yana bir muhim vazifani, ya’ni definitiv vazifani ham bajaradi. Soʻz faqat ma’lum bir aniq tushunchaning ifodasi boʻlib qolmay, u balki mantiqiy ta’rif ifodasi ham sanaladi. Kompyuter texnologiyalari va internet sohasida yangi vosita, texnika, dasturiy ta’minot, turli xizmatlarning paydo bоʻlishi ularni nomlashga ehtiyoj paydo qiladi. Ma’lum bir tematik guruh misolida kompyuter sohasidagi termin tushunchalarining shakllantirish va tasniflash jarayonlarini koʻzdan kechiramiz: Miqdoriy leksik ifodalash nuqtayi nazaridan «foydalanuvchi (subyekt)» asosiy tushunchasidir. Ushbu konsepsiyani ifodalaydigan terminlarning nisbatan kichik ulushi ingliz tilidagi ushbu tizim terminologiyasi va uning boshqa sohalaridan farqli ravishda, mazkur sohadagi mutaxassislarning texnik faoliyatini ifodalashga qaratilganligi bilan izohlanadi. Shunday bоʻlsa-da, foydalanuvchi faoliyati bilan bogʻliq ravishda mazkur sohada amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari va jihatlarini ifodalaydigan terminlar bilan kiritilgan. «Tashqi ta’sir» tushunchasi agar tadqiq qilinayotgan soha uchun faqat asosiy tushunchalarni ajratish lozim boʻlsa, predmet sohasining terminologik tizimidagi qoʻshimcha xarakteriga asosan, termin elementlarining yanada ozroq miqdori bilan koʻrsatiladi. Ushbu konsepsiya tarmoq dasturiy ta’minotining 3Саидқодирова Д.С. Инглиз ва ўзбек тилларида интернет терминларининг лингвистик хусусиятлари: Фил фан. бўйича фалсафа д-ри (PhD) автореф. –Тошкент, 2018. – Б.12. 6 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kompyuter terminologiyasi uchun bir qancha birliklar ichidan nomzod boʻladi, deb taxmin qilish mumkin. Subyekt va obyekt oʻrtasida oʻziga xos «koʻprik» vazifasini bajaruvchi hodisalar va tushunchalar оʻzaro solishtirilganda «vositachi» tushunchasi boshqa asosiy tushunchalar ichida minimal miqdordagi terminlar bilan koʻrsatilgan. Tadqiqot jarayonida biz mazkur tushuncha ifodalaydigan qurilma va texnik harakatlarini kompyuter va foydalanuvchi orasida mavjud tushunchalarga bogʻlay olmadik. Chunki ushbu bloklar «vositachi» konsepsiyasi doirasida bogʻlanish vazifasi jihatidan mutaxassislar tomonidan yaratilgan izoly

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kompyuter terminologiyasi tizimi kognitiv yondashuv asosida o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kompyuter terminologiyasi tizimi kognitiv yondashuv asosida o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
termin tizimi., tafakkur, tilshunoslik, axborot, konsept, kompyuter terminologiyasi, semantika, kognitiv yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти