Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TERMIN NOMINATSIYASIDA UYALAR ORQALI YASALGAN KOʻP KOMPONENTLI TERMINLAR
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · KOMPONENTLI TERMINLAR
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada termin nominatsiyasi jarayonida uyalar (slotlar) orqali shakllangan ko‘p komponentli terminlar tahlil qilinadi. Tilshunoslik va terminshunoslik nuqtai nazaridan yondashilib, ko‘p so‘zli termin birikmalarining tuzilishi, ularning semantik va funksional xususiyatlari, hamda har bir komponentning termin mazmunini aniqlashtirishdagi roli ochib beriladi. Termin uyalarining tarkibiy qismlari — asosiy va aniqlovchi elementlar orasidagi grammatik va semantik munosabatlar, shuningdek, soha leksikasida bu terminlarning qanday nomlanish mexanizmlari asosida yuzaga kelishi yoritiladi. Maqolada texnik, tibbiy va axborot texnologiyalari sohalaridan olingan amaliy misollar asosida ko‘p komponentli terminlarning nomlanish modellari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy terminologiyaning tuzilishiga aniqlik kiritadi va ilmiy-texnik tarjima hamda til standartlarini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar : termin nominatsiyasi, termin uyasi, ko‘p komponentli termin, termin birikmasi, semantik tuzilma, aniqlovchi komponent, terminologiya, nomlanish modeli. Koʻp komponentli terminlar odatda umumiy tushunchani ifodalovchi termin tarkibiga shu tushunchaning xususiyatini bildiruvchi termin komponentini qoʻshish natijasida hosil qilinadi va oʻziga xos tushuncha paydo boʻladi. Koʻp komponentli terminlar ta’rif xarakterida boʻlib, ta’riflash bilan birga tushunchani ham oydinlashtiradi, uning xususiyatlarini ifodalaydi va umumlashtiradi. Shu tariqa bitta tushuncha doirasida ushbu tushunchani ifodalovchi butun bir terminlar uyasi hosil qilinishi mumkin. Lingvistik material tadqiqi shuni koʻrsatadiki, tildagi har bir murakkab termin asosiy terminning aniq belgilangan ma’nosi asosida va yordami bilan shakllanadi. Murakkab terminning turli komponentlari oʻrtasidagi munosabatlar terminologik tizimda qoʻllanish jarayonida oʻzgarishi va bu tizimdagi boshqa terminlarning ma’nosi, ichki va tashqi lingvistik va nolingvistik omillari ta’sirida boʻlishi mumkin. Ba’zi hollarda terminologik tizimning oʻzagi bir nechta ma’noga ega boʻlishi mumkin va bunday hollarda yuzaga kelgan terminlar ushbu yadroning turli talqinlari atrofida toʻplanishi mumkin. 5 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Tahlilga tortilgan misollar haqiqatan ham kompyuter va internet terminologiyasida terminologik uyalarni shakllantirish tendensiyasini koʻrsatadi. Bunday terminologik uyalar ma’lum bir predmet sohasida rivojlanadigan oʻzaro bogʻliq termin va tushunchalar guruhidir. Ushbu uyalar kompyuter va internet sohasi terminlarining boshqa bilim sohalari bilan oʻzaro munosabatda boʻlishi oqibatida yuzaga keladi hamda rivojlanadi, shu soha bilan shugʻullanuvchilar yoki tarmoq foydalanuvchilari orasida ommalashadi. Darhaqiqat, terminning mohiyatini tushunish uchun kognitiv yondashuvni qoʻllash bugungi kunda eng dolzarb yondashuv boʻlib kelmoqda. Dunyoning gnoseologik konseptualizasiyasi doirasida termin bilish quroli vazifasini bajaradi va ilmiy tushunchalarning asosiy elementi hisoblanadi. Bu aqliy tuzilmalarni kodlaydigan va ilmiy mohiyatni maxsus belgilar bilan va belgilarda aks ettiruvchi murakkab kognitiv hodisadir. Ma’lum bir sohaning rivojlanishi avvalo uning terminologiyasida oʻz aksini topadi. Yangi tushunchalarning paydo boʻlishi tilda shu tushunchalarni ifodalovchi yangi maxsus birliklarning paydo boʻlishini taqozo qiladi. Terminologiyaning toʻldirilishi boshqa tilllardan soʻz oʻzlashtirish, faol qatlam soʻzlarini terminlashtirish, yangi terminlarni hosil qilish vositasida amalga oshadi. Bu holat tilde terminologik uyalarning paydo boʻlishiga olib keladi. Terminlarning «uyalanishi» barcha sohaga oid terminlarni boshqa leksik birliklardan ajratib turuvchi xususiyatdir. Terminologik uyalarning paydo boʻlishi terminologik tizimlarning hosil boʻlishi uchun muhim boʻlgan «tabiiy» tizimga soluvchi omillardan sanaladi. L.V.Ivina, S.G.Kazarina, N.A.Shurigin, S.I.Bogomolova, R. Shimuli va boshqalarning ilmiy ishlari terminologik uyalarni oʻrganishga bagʻishlangan. Terminologik uya odatda murakkab tarkibiy shakllanish, soʻz hosil qiluvchi terminlar zanjiri toʻplami sifatida tushunilib, ularning har biri oldingisidan paydo boʻladi hamda va avvalgisi bilan ma’noviy munosabatlar asosida munosabatga kirishadi. Har bir terminologik uyaning oʻzagi, ya’ni yadrosi konkret sohaga mansub uya hosil qiluvchi termin hisoblanadi. Bu termin avval koʻp qirrali qisqartirilgan tushunchaga nisbatan ixtisoslashlashtiruvchilik vazifasini bajaradigan terminologik uyaning boshqa komponentlari bilan qiyoslaganda umumiyroq tushunchani anglatadi. Vaholanki, uyani shakllantiruvchi birliklar – terminologiyaning birlamchi tuzilmasini hosil qiluvchi maxsus birliklardir. Har qanday terminologiyaning tarkibiy qismi sifatida termindan foydalanish sohalarga qarab terminlar ham turlicha boʻladi. Umumiy ilmiy terminlar barcha fan va texnika sohalarida tubdan yangilangan hamda samarali qoʻllaniladigan toifalar va tushunchalarni 6 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ Н
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada termin nominatsiyasi jarayonida uyalar (slotlar) orqali shakllangan ko‘p komponentli terminlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada termin nominatsiyasi jarayonida uyalar (slotlar) orqali shakllangan ko‘p komponentli terminlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- semantik tuzilma, terminologiya, nomlanish modeli., aniqlovchi komponent, termin uyasi, termin nominatsiyasi, termin birikmasi, ko‘p komponentli termin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025