Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY MATNLAR ORQALI ONA TILI VA CHET TILINI O‘RGATISHDA O‘QISH TEXNIKASINING AHAMIYATI
Muminova Surayyo Haitmaxmatovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article examines the development of reading techniques among primary school students and its significance in mastering both the native and foreign languages. Special attention is given to the integrated approach to language instruction through literary texts, emphasizing the importance of developing students’ aesthetic taste, vocabulary, and speech activity. The article provides both theoretical foundations and methodological recommendations on the subject. Keywords: reading technique, literary text, primary education, native language, foreign language, integrated approach. Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning o‘qish texnikasini shakllantirish, ona tili va chet tilini 118 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o‘zlashtirish jarayoniga badiiy matnlarni samarali tatbiq etish muhim metodik yondashuvlardan biri sifatida qaralmoqda. So‘nggi yillarda bu borada bir qator muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Avvalo, 2020-yil 6-noyabrdagi PF– 6108-sonli Prezident farmoniga asosan, o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi va boshlang‘ich ta’limda “Ona tili” va “O‘qish” fanlari birlashtirilib, yagona “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fani joriy etildi. Bu o‘zgarishlar natijasida o‘quvchilar matn bilan ishlash, ravon va tushunib o‘qish, badiiy adabiyot orqali tilni his qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, 2021-yil 19-mayda qabul qilingan PQ–5117-sonli qaror “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish”ga qaratilgan bo‘lib, maktablarda chet tillarini o‘rgatish sifatini oshirish, shu jumladan, badiiy matnlar asosida kontekstual o‘rganishni rivojlantirishni nazarda tutadi. Qarorga muvofiq, yangi darsliklar, metodik qo‘llanmalar yaratildi hamda o‘qituvchilarning malakasi oshirilmoqda. Chet tili ta’limi sohasida yana bir muhim hujjat – PF–79-sonli Prezident farmoni (2023-yil 26-may) bo‘lib, unda yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish, badiiy, ilmiy-ommabop va informativ matnlarni dars jarayonlariga keng joriy qilish ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘quvchilarning o‘qish texnikasi, matnni tahlil qilish, fikrni izchil ifodalash kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan PF–6084-sonli farmon asosida “O‘zbek tilini 2020– 2030 yillarda rivojlantirish va davlat tili sifatida maqomini mustahkamlash” konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu hujjatda ona tilida ta’lim sifatini oshirish, o‘qitish metodikalarini yangilash, darsliklarni badiiy va ma’naviy mazmun bilan boyitish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Bundan tashqari, Xorijiy tillar telekanalining tashkil etilishi (2021-yil) ham farmonlarga asoslanib amalga oshirildi. Mazkur kanal orqali yosh avlod uchun badiiy matnlar asosida interaktiv va qiziqarli darslar namoyish etilmoqda. Bu esa chet tilini darsdan tashqari vaqtda ham o‘rganishga imkon yaratmoqda. Yuqoridagi farmon va qarorlar natijasida ta’lim jarayoniga integratsiyalashgan yondashuvlar joriy etildi. Badiiy matnlar orqali o‘qish, tinglab tushunish, fikr bildirish va izohlash kabi ko‘nikmalar ikki tilda ham birgalikda shakllantirilmoqda. Natijada, o‘quvchilar tilni faqat grammatik qoidalar asosida emas, balki matn asosida kontekstda o‘rganishga o‘rganmoqda. XXI asrda raqobatbardosh shaxsni shakllantirishda til kompetensiyasi hal qiluvchi o‘ringa ega. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tilga oid bilimlar tizimli va ongli ravishda berilishi kerak. Ona tilini puxta o‘zlashtirish bilan bir qatorda, chet tilini o‘rgatish bugungi ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, o‘qish 119 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference texnikasi hamda badiiy matnlar vositasida til o‘rgatish bu nafaqat o‘quvchilarda til bilimlarini shakllantirish, balki ular tafakkuri, tasavvuri va estetik didini rivojlantirishga xizmat qiluvchi kuchli vositadir. Bu borada o‘qish texnikasi tushunchasi va uning asosiy komponentlariga to‘xtalib o‘tsak, o‘qish texnikasi – bu matnni to‘g‘ri, ravon, tez va mazmunli o‘qish ko‘nikmasidir. Bu ko‘nikma quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: Texnik daraja (o‘qish tezligi, aniqligi); Fonetik va intonatsion ifodalilik; So‘z boyligining faolligi; O‘qilgan matnni tushunish va tahlil qilish. O‘qish texnikasi erta bosqichdanoq shakllanishi kerak, chunki bu ko‘nikma ona tilini o‘zlashtirishda poydevor vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga, chet tilini o‘rganish uchun ham bu ko‘nikma asosiy omil hisoblanadi, chunki o‘qish orqali tilni idrok qilish, eshitish va talaffuz jarayonlari shakllanadi. Badiiy adabiyot esa bu tilni o‘rgatish va rivojlantirishdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Chunki matn obrazli, jonli va tushunarli bo‘lib, o‘quvchini o‘ziga jalb etadi; har bir qahramon, voqea va tasvir orqali o‘quvchi hayotiy muloqotni anglaydi; badiiy matnlar o‘quvchida
Доказательный фрагмент
«This article examines the development of reading techniques among primary school students and its significance in mastering both the native and foreign languages.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the development of reading techniques among primary school students and its significance in mastering both the native and foreign languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reading technique, literary text, primary education, native, chet tili, badiiy matn, o‘qish texnikasi, boshlang‘ich ta’lim, ona tili, integratsiyalashgan yondashuv.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025