К содержанию
РецензированоUZ2026

CHO‘LLANISH JARAYONIDA O‘ZINI SAQLASH INSTINKTI VA HAMMAVJUDLIK MUAMMOLARI

VA HAMMAVJUDLIK MUAMMOLARI · Muxamedov G‘ayrat Aminovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda yuz berayotgan ekologik o‘zgarishlar, ya’ni cho‘llanish davrida o‘zini saqlash instinkti va hammavjudlik muammolari haqida mulohaza yuritiladi. Kalit so‘zlar: ekologik xavf, Homo sapiens, texnosfera, modernizasiya, ekosistema, imperativ, inqiroz, degradasiya, ilmiy durbiniyat, ekologizasiya, texnogen omillar, ekologik nisha, sinergetik, paradigma. Hozirgi biosfera evolyutsiyasi bosqichi insonning turli tabiiy podshohliklarga mineral, o‘simlik, hayvonot dunyosi va xilma-xil geofizik maydonlarga keng miqyosda aralashuvi bilan tavsiflanadi. Bu podshohliklarga insonning moddiy (texnikaviy) madaniyati, ya’ni Homo sapiensning texnosferasi kirib kelmoqda. Inson, hayvonot dunyosi tarkibiy qismi bo‘lib qolgan holda, ilmiy-texnikaviy va texnologik qudratining ortishi tufayli yerning o‘ziga xos geologik hududi – texnosferani shakllantirdi va rivojlantirmoqda. Texnosfera – inson jamiyatlarining moddiy madaniyati va hayotiy faoliyatining yirik tizimi shakllanib borishi bilan nafaqat moddiy madaniyat obyektlari va ularning joriy etish muhitlari, balki ularning majmualari ham o‘zaro ta’sirlashib, turli darajada transformatsiyaga uchraydi. Bu transformatsiyalar faqat mahalliy emas, balki mintaqaviy va global darajada ham geoximik, energetic va boshqa geofizik maydonlarda sodir bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu xavf va tahdidlar tasodifiy yoki funksional, kutilmagan yoki tizimsiz, qasddan amalga oshirilgan yoki turli omillar ta’sirida yuzaga kelgan holda namoyon bo‘ladi hamda ehtimoliy va bilvosita holda saqlanib qolmoqda. Natijada, modernizasiyaga uchrayotgan ekosistemalarda va biosferada, ayniqsa o‘tgan asrning oxirgi choragidan boshlab yanada murakkab bo‘lgan yangi tuzilma shakllandi va rivojlanmoqda – bu biotsenozlar o‘rtasidagi ijobiy va salbiy transabiotik o‘zaro munosabatlar tuzilmasidir. Ushbu tuzilma hozircha mavjud tabiat va hayotning barcha darajalari uchun to‘liq aniqlanmagan holda qolmoqda. 122 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shunday sharoitda Darvin ta’riflagan “hayot uchun kurash” tushunchasi insoniyat va barcha biologik turlar uchun yangi mazmun kasb etdi va u endilikda barcha darajalardagi jamiyatlar tashkilotining o‘zini saqlash, biota hamda biotsenoz muhiti bilan uyg‘un holda yashashining ongli, imperativ zaruratiga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonning yangiligi shundaki, agar avvalgi tabiiy tarix sharoitida individlar, jamiyatlar va biotsenozlar uchun birga yashashga tabiiy reflekslar, tajribalar va an’anaviy o‘zini saqlash mexanizmlari yetarli bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu uchun yuqori darajadagi o‘zini tashkil etish qobiliyati, ilmiy durbiniyat, keng qamrovli texnika-texnologik va biotexnologik yechimlar, shuningdek, insoniyat uchun hanuzgacha an’anaviy bo‘lmagan yangi harakat strategiyalari talab etilmoqda. Ekologik xavfsizlik tushunchasiga oid deyarli mukammal ta’riflarning biri rus ekolog-olimi Nikolay Nikolaevich Reymers tomonidan berilgan. Uning ta’rifiga ko‘ra: “Ekologik xavfsizlik – bu jamiyatning tabiiy muhitda inson hayoti, sog‘lig‘i va faoliyati uchun noqobil, zararli o‘zgarishlarning oldini olish, bartaraf etish yoki yengillashtirish orqali tabiiy muhitdan xavf tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan faoliyati va shu holatdagi kafolatli holatidir”. Birinchi jihat – yuqorida ta’kidlanganidek, ekologik xavfsizlik faqatgina insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy zararlarga tayyorligi bilan ta’minlanishi mumkin emas va uning jismoniy hamda texnologiyaviy ta’minlanishiga turli imkoniyatlarga passiv bog‘liq bo‘lib qolmasligi kerak. Aksincha, ekologik xavfsizlik — bu o‘zini asrashning kategorik imperativi bo‘lib, u siyosiy iroda va moddiy resurslarni uni ta’minlashga safarbar qilishni talab qiladi. Ikkinchi jihat – zamonaviy evolyutsion-sinergetik tabiatshunoslik paradigmasi va tabiiy ilmiy dunyoqarashning metodologik asoslaridan kelib chiqadi, ya’ni ekologik tizimlar va biosfera umuman olganda sayyora ekologik tizimi sifatida ochiq va nomutanosibdir. Shu bois, alohida bir tizim yoki biosferada ekologik muvozanatga erishishga qaratilgan yondashuv, ya’ni yuqorida nomlari qayd etilgan mualliflar ta’rifida ko‘rsatilgan nazariyalar amalda kam ehtimol bilan amalga oshirilishi mumkin. Aksincha, “zarar yetkazmang!” tamoyilini inobatga olgan holda, inson katta geologik kuchga aylangan ekan, biosferaning tabiiy evolyusiya vektorini ta’minlash va saqlash zarur. Bunday rivojlanishning asosiy sharti sifatida sog‘lom atrof-muhit va insonning biologik turlar orasidagi turar joy uchun kurashga aralashmasligi hisoblanadi. 123 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Aniqki, inson ham bu kurashda o‘z afzalliklaridan to‘liq foydalanmasligi kerak. Chunki Homo sapiens jamiyatining biosferadagi bunday keng qamrovli ekspansiyasi o‘zining asosiy maqsadi — turar joy uchun kurashda o‘zini asrashga, hatto xatarlar hududida bo‘lsada, yordam bermasligi ehtimoli katta. Keltirilgan fikrlar Ekologik xavfsizlikni quyidagi ikki shak

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizda yuz berayotgan ekologik o‘zgarishlar, ya’ni cho‘llanish davrida o‘zini saqlash instinkti va hammavjudlik muammolari haqida mulohaza yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizda yuz berayotgan ekologik o‘zgarishlar, ya’ni cho‘llanish davrida o‘zini saqlash instinkti va hammavjudlik muammolari haqida mulohaza yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
paradigma., modernizasiya, imperativ, ekologik xavf, texnogen omillar, ekosistema, inqiroz, texnosfera, ekologik nisha, sinergetik, Homo sapiens, ekologizasiya, degradasiya, ilmiy durbiniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники