К содержанию
РецензированоRU2026

SURXONDARYO VILOYATIDA TUZNI SANOAT USULIDA QAZIB CHIQARISHNING SHAKLLANISHIGA DOIR

Abduqayumova N.R.

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В статье впервые на основе архивных документов анализируется развитие пищевой промышленности Узбекистана на примере создания промышленного производства технической и пищевой соли на Ходжаиканском солеруднике в горах Кухитан. Summary: The issue analyzes for the first time, based on archival documents, the development of the food industry in Uzbekistan using the example of the creation of industrial production of technical and edible salt at the Khodjaikan mine in the Kukhitan Mountains. Oziq-ovqat odamzodning kundalik turmush-tarzida birlamchi talabga ega manba hisoblanadi. Bir necha million yillik tarixi davomida oziq-ovqat insoniyatning ovchilik va termachilik xo‘jaliklari asosidagi tabiat ne’matlaridan bevosita foydalanishi bosqichidan iste’mol mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarishgacha bo‘lgan uzoq jarayonni bosib o‘tgan. Ushbu jarayonda osh tuzi oziq-ovqat sanoatining o‘ta muhim va ajralmas mahsuloti sifatida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib kelmoqda. Osh tuzi oziq-ovqat ziravori sifatida tayyorlanadigan ovqatga mazali ta’m berishda foydalanilgan, qadimgi davrlardanoq o‘zgacha qadrlangan hamda turli usullarda ishlab chiqarilgan yoki iste’mol uchun tayyorlangan. Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, odamzodning eng qadimgi jamoalari neolit davridanoq ixtisoslashgan tarzda tuz ishlab chiqarish yoki iste’mol uchun tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lgan. Jumladan, Bolgariya mamlakatining Qora dengiz bo‘ylarida joylashgan Provadiya-Solnitsata manzilgohi aholisi tomonidan mil.avv. VI ming yillik o‘rtalarida uy sharoitida tuzli ko‘l suvini qaynatish va bug‘latish yo‘li bilan uning tarkibidagi tuzni ajratib olish usuli kashf etilgan. Mil.avv. V ming yillikda esa olinayotgan tuz miqdorini oshirish maqsadida manzilgoh yaqinida ko‘p sonli maxsus gumbazsimon xumdon-pechlar barpo etilganligi qazishmalar davomida o‘rganilgan. Aniqlangan topilmalar ustida olib borilgan tahlillar va hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu xumdonlarda o‘rtacha 4-5 129 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tonna iste’mol uchun yaroqli tuz mahsuloti tayyorlangan1. Xo‘jalik taraqqiyotining yuksalib borishi bilan osh tuzini ishlab chiqarish yoki tayyorlashning yangi usullari kashf etildi, bu usullar sanoat darajasida taraqqiy etdi. Osh tuzi ishlab chiqarish ayrim qadimgi jamoalar xo‘jalik hayotida muhim o‘rin tutgan bo‘lsa, XX asrda Sovet davlatining ayrim respublikalari, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotida oziq-ovqat sanoatining o‘ziga xos bo‘g‘ini sifatida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatida XX asrning 70- 80-yillarida yangi sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etish, shu asosda xalq xo‘jaligining turli sohalari yuksalishini ta’minlash borasida O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy ijroiya komiteti kotibiyati tomonidan 1979-yil 11-mayda qabul qilingan “Boysun rayonida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlantirilishi to‘g‘risida”gi 94-sonli qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Surxondaryo oblast Xalq deputatlari soveti ijroiya komitetining 1980-yil 11-iyundagi 461p-sonli ko‘rsatmasi2 asosida respublika sanoat korxonalari, kommunal-maishiy tashkilotlar va chorvachilik xo‘jaliklari uchun tosh tuzi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Avvalo, 1980-yilning 1-iyunidan boshlab Sherobod rayoni hududida joylashgan tuz koni negizida mustaqil xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi, tosh tuzini sanoat usulida qazib chiqarishga ixtisoslashgan “Xo‘jaikon” tuz koni korxonasi tashkil etildi. Korxonaning tashkil etilishi hamda tuz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarning qisqa fursatlarda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar belgilab berildi. Jumladan: - oblast plan boshqarmasiga oblast mahalliy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yillik rejalariga Xo‘jaikon tuz koni quvvatlarini o‘zlashtirishni oshirib borish hisobiga korxonaning mahsulot ishlab chiqarish rejalarini kiritish; - oblast davlat ta’minot boshqarmasiga bir oy muddatda 1980-yilning 1- yarmida mahalliy sanoatni rivojlantirish fondi hisobidan korxonani ishga tushirish uchun zarur qurilish materiallari, metalloprokat va jihozlar (оборудование) bilan ta’minlash; - oblast avtomobil yo‘l boshqarmasiga 1980-yil 1-avgustiga qadar korxonaning tuzni qazib (portlatib) olish asosiy tog‘li hududigacha bo‘lgan qismiga asfal’t qoplamali yo‘l qurilishini ta’minlash; 1 Курлански М. Всеобщая история соли / Salt: a World History / Марк Курлански / Переводчики: Н. Жукова, М. Суханова. — М.: КоЛибри, 2007. — 520 с. – C. 47. 2 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 45-fond, 1-ro‘yxat, 2387-ish, 9-varaq. 130 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - “Surxonsuvqurilish” hamda “Surxonsovxozsuvqurilish” birlashmalariga 10-iyunga qadar zarur bo‘ladigan mexanizm va avtotransport vositalarini safarbar qilgan holda tuz koni joylashgan hudud yer q

Доказательный фрагмент

«В статье впервые на основе архивных документов анализируется развитие пищевой промышленности Узбекистана на примере создания промышленного производства технической и пищевой соли на Ходжаиканском солеруднике в горах К…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье впервые на основе архивных документов анализируется развитие пищевой промышленности Узбекистана на примере создания промышленного производства технической и пищевой соли на Ходжаиканском солеруднике в горах К… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ishlab chiqarish, iste mol, tuz koni, osh tuzi, sanoat usulida, tuzi oziq-ovqat, oziq-ovqat sanoatining
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники