К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI VA YURAK ISHEMIK KASALLIGI KOMORBIDLIGIDA KREATININ VA SISTATIN C KO‘RSATKICHLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI

Nurullayev Baxtiyor Azimboyevich · Turakulov Rustam Ismatullayevich

Исследователь · 169-170 · 2025

Аннотация

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OSOK) va yurak ishemik kasalligi (YIK) ko‘p hollarda birga uchraydigan va bir-birining kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan patologiyalardir. Bu kasalliklarning kombinatsiyasi buyrak disfunktsiyasining rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Kreatinin an’anaviy marker sifatida qo‘llanilsa-da, sistatin C yangi va ishonchli biomarker sifatida tobora ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi OSOK va YIK bilan og‘rigan bemorlarda kreatinin va sistatin C ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyatini solishtirma baholashdan iborat. Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-sonli oilaviy tibbiyot kafedrasida 2023-2024 yillarda olib borilgan kesimli kuzatuv tadqiqotiga OSOK (GOLD mezonlari bo‘yicha) va YIK (ESC ko‘rsatmalari bo‘yicha) tashxisli 90 nafar bemor va 30 nafar sog‘lom nazorat guruhi jalb qilingan. Bemorlarning barchasida Kreatinin (Jaffe usuli), Sistatin C (immunoturbidimetrik usul) eGFR (CKD-EPI formulasi bo‘yicha), Spirometriya (FEV1/FVC) va Transtorakal exokardiyografiya tekshiruvlar o‘tkazilgan. Statistik tahlil SPSS 25.0 dasturida ANOVA, Pearson korrelyatsiyasi va regressiya tahlillari yordamida amalga oshirilgan.

Доказательный фрагмент

«O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OSOK) va yurak ishemik kasalligi (YIK) ko‘p hollarda birga uchraydigan va bir-b…»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OSOK) va yurak ishemik kasalligi (YIK) ko‘p hollarda birga uchraydigan va bir-b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nbsp nbsp, nbsp kasalligi, kasalligi nbsp, nbsp osok, osok nbsp, nbsp yik, yik nbsp
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники