К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIM TIZIMIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

PEDAGOGIK ASOSLARI · Sh. Tairov

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

this article covers the pedagogical foundations of ensuring life safety in the education system. It analyzes the concept of life safety, its role in the educational process, methods and methodological approaches to forming a safety culture in students. It also provides recommendations on creating a safe environment in educational institutions, using modern pedagogical technologies, and ensuring preparedness for emergency situations. The article considers effective ways to form safety skills based on person-oriented, competency-based, and active learning methods. Keywords: education system, life safety, safety culture, pedagogical approach, emergency situations, student safety, competency-based approach, modern technologies, school safety, pedagogy. Kirish: bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy vazifasi faqatgina bilim berish emas, balki yosh avlodni hayotga tayyorlash, ularni turli xavf-xatarlar haqida ogoh qilish, xavfsiz hayot faoliyatini tashkil eta olishga örgatishdan iboratdir. Hayot faoliyati xavfsizligi (HFH) fanining ta’lim tizimidagi o‘rni aynan shu vazifani bajarishga xizmat qiladi. Mazkur fan orqali o‘quvchilarda xavfsizlik madaniyati shakllantiriladi, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi, ularning ekologik, texnogen, tabiiy va ijtimoiy xavflarga nisbatan ongli yondashuvi mustahkamlanadi. Hayot faoliyati xavfsizligining mohiyati va ahamiyati Hayot faoliyati xavfsizligi inson salomatligi, hayoti va mehnat faoliyatini xavf- xatarlardan asrashga qaratilgan kompleks bilim sohasi hisoblanadi. Bu fan orqali o‘quvchilarga xavf tushunchasi, xavf-xatarning turlari, ularning oqibatlari, xavfsiz muhitni yaratish va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish örgatiladi. HFH fani quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim jarayoniga integratsiya qilinadi: • O‘quvchilarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish; • Tabiiy va texnogen xavflarning oldini olish; • Ijtimoiy xavfsizlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; • Ekologik madaniyatni rivojlantirish. 230 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Pedagogik yondashuvlar va metodik asoslar HFHni o‘quvchilarga samarali o‘rgatish uchun quyidagi pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi: a) Kompetensiyaviy yondashuv – O‘quvchida faqat nazariy bilim emas, balki amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Masalan: birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in yoki zilzila vaqtida evakuatsiya qilish. b) Faol ta’lim metodlari – Treninglar, rolli o‘yinlar, interaktiv darslar orqali o‘quvchilar mustaqil fikrlashga, vaziyat tahliliga o‘rgatiladi. c) Integratsion yondashuv – HFHni boshqa fanlar (biologiya, fizika, texnologiya, jismoniy tarbiya) bilan uyg‘unlashtirish orqali fanlararo bilimlar mustahkamlanadi. d) Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tashkil etiladi. Ta’lim muassasasida xavfsizlik muhitini yaratish Maktabda xavfsiz muhit yaratish pedagog va ma’muriyatning asosiy vazifalaridan biridir. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Har yili HFH bo‘yicha favqulodda vaziyatga tayyorgarlik rejasi tuzish; O‘quvchilarning xavfsizlikka oid bilimlarini baholash va monitoring olib borish; Evakuatsiya mashg‘ulotlarini tashkil etish (yong‘in, zilzila, gaz sizishi holatlari); Mahalliy FVV, yo‘l-patrul xizmati va tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish; Maktabda videokuzatuv, xavfsizlik texnikasi, darslik va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlash. O‘quvchilarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish Xavfsizlik madaniyati – bu insonning ongli ravishda xavf-xatarlardan xabardor bo‘lib, o‘zini va boshqalarni himoya qilishga bo‘lgan tayyorgarligi hisoblanadi. Bu madaniyatni shakllantirishda o‘qituvchining roli nihoyatda muhim. Quyidagi yo‘llar orqali bu madaniyat rivojlantiriladi: • Tarbiyaviy soatlar orqali xavfsizlikka oid suhbatlar o‘tkazish; • Rasmlar, videoroliklar, plakatlar orqali vizual targ‘ibot; • Ko‘rgazmalar va tanlovlar tashkil etish; • Sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkillashtirish. Innovatsion texnologiyalar va raqamli resurslardan foydalanish Zamonaviy ta’lim raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. HFH o‘qitishda quyidagi raqamli yondashuvlar samarali: • Virtual simulyatsiyalar (evakuatsiya mashqlari); • Mobil ilovalar orqali birinchi yordam, xavfsizlik qoidalari; • Onlayn testlar orqali bilimlarni baholash; • Video darsliklar va animatsiyalar yordamida tushunchalarni mustahkamlash. Xulosa: ta’lim tizimida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash – bu nafaqat o‘quvchilarni himoya qilish, balki ularning hayotga tayyorgarligini oshirish, mustaqil va ongli fuqaro sifatida shakllanishiga zamin yaratish demakdir. Bu borada o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, fanlararo integratsiya, amaliy yondashuv va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Har bir ta’lim muassasasi xavfsiz hayot madaniyatining targ‘ibotchisiga aylanishi lozim. 231 ResearchBib IF - 11.

Доказательный фрагмент

«this article covers the pedagogical foundations of ensuring life safety in the education system.»

Образец извлечения

Демо-превью

this article covers the pedagogical foundations of ensuring life safety in the education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education system, life safety, safety culture, pedagogical approach, o‘quvchilarda xavfsizlik, xavfsizlik madaniyati, pedagogik yondashuv, maktab xavfsizligi, pedagogika., kompetensiyaviy yondashuv, favqulodda holatlar, hayot faoliyati xavfsizligi, ta’lim tizimi, zamonaviy texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники