К содержанию
РецензированоUZ2025

INVESTITSIYA DASTURLARINING SAMARALI IJROSI UCHUN INDIKATORLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH

TIZIMINI SHAKLLANTIRISH · Hamidov Behzod Nemat o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the need and importance of forming a system of indicators in ensuring the effective implementation of investment programs. The creation of a single and systematic indicator base to increase the effectiveness of monitoring public and private investment projects implemented in the Republic of Uzbekistan is considered an urgent problem. The author identifies the types of financial, economic, social, technological and environmental indicators in the assessment of investment programs and reveals the practical significance of each of them. Also, proposals are developed for the implementation of a system of indicators, in particular, the need for widespread use of information technologies, adaptation to international standards and the establishment of independent audit mechanisms is substantiated. The results of the article serve to form new approaches to managing and evaluating investment policy. Keywords: investment programs, system of indicators, monitoring and evaluation, investment projects, financial indicators, economic efficiency, digital monitoring, investment policy, innovative approach, international standards, independent audit, Ministry of Investments, Industry and Trade, control of strategic projects, systematic analysis, sustainable development. Kirish: Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bu – investitsiyalardir. Investitsion faoliyat samaradorligi esa nafaqat kiritilayotgan mablag‘lar hajmiga, balki ularning qanday amalga oshirilayotganiga, ya’ni investitsiya dasturlarining ijrosi ustidan olib borilayotgan tizimli nazorat va baholash jarayonlariga bevosita bog‘liqdir. 2 56 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi yillarda qabul qilgan qaror va farmonlarida investitsiya dasturlarini samarali va shaffof amalga oshirish, ularning monitoringini kuchaytirish alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilgan. Ammo amaliyotda investitsiya loyihalarining ijrosini to‘liq va obyektiv baholash uchun yetarli indikatorlar tizimining shakllanmaganligi, mavjud tahliliy yondashuvlarning esa ko‘p hollarda subyektiv xarakter kasb etishi kuzatilmoqda. Natijada loyihalarning kechikishi, rejalashtirilgan iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirga erishilmasligi holatlari yuzaga kelmoqda. Shundan kelib chiqib, investitsiya dasturlarining samarali ijrosini ta’minlashda indikatorlar tizimini ishlab chiqish, ularni ilmiy asosda tasniflash va amaliyotga joriy etish zarurati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Investitsiya dasturlarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun indikatorlar tizimiga asoslangan baholash metodikasini ishlab chiqish ilmiy doiralar diqqat markazida turibdi. Bu borada bir qator O‘zbekistonlik va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan 2017–2024 yillarda amalga oshirilgan izlanishlar alohida e’tiborga loyiqdir. Xususan, Qodirov B. (2020) o‘zining “Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash mezonlari” nomli tadqiqotida O‘zbekistondagi investitsion loyihalarni baholashda moliyaviy indikatorlarning ahamiyatini tahlil qiladi. Muallif ROI (Return on Investment) va NPV (Net Present Value) kabi xalqaro ko‘rsatkichlarni milliy iqtisodiy sharoitlarga moslashtirib, loyihalarning rentabelligini aniq baholash imkonini beruvchi metodik yondashuvlarni taklif etadi. Qodirovning modeli amaliyotda tezkor va sodda baholash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga, Axmedova D. (2023) o‘zining tadqiqotida davlat investitsiya dasturlarini samarali boshqarishda indikatorlar tizimini joriy etish zarurligiga urg‘u beradi. U Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi misolida monitoring mexanizmlarining amaldagi holatini tahlil qilgan va raqamli platformalar asosida ishlab chiqiladigan yagona indikatorlar tizimi loyihalar samaradorligini oshirishga xizmat qilishini asoslab bergan. Muallifning ishida indikatorlar faqat moliyaviy emas, balki ijtimoiy va hududiy ko‘rsatkichlar bilan ham boyitilgan. Rossiyalik olim Ivanov A.V. (2021) esa “Monitoring investitsionnыx proyektov v gosudarstvennom sektore” nomli asarida Rossiya Federatsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan yirik “milliy loyihalar” doirasida monitoring tizimini chuqur tahlil qiladi. Uning fikricha, davlat investitsiya dasturlari uchun indikatorlar tizimi – bu shunchaki nazorat vositasi emas, balki boshqaruv qarorlarini optimallashtiruvchi strategik instrumentdir. Ivanov, ayniqsa, loyiha boshida shakllantirilgan indikatorlarning oxirgi bosqichgacha yangilanmay qolgani samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlagan. Mazkur yo‘nalishdagi muhim tadqiqotlardan yana biri Kuznetsova E.A. (2019) tomonidan olib borilgan. U indikatorlar asosida investitsion dasturlar samaradorligini baholashda ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik omillar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurligini ilmiy jihatdan asoslagan. Kuznetsova tomoni

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the need and importance of forming a system of indicators in ensuring the effective implementation of investment programs.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the need and importance of forming a system of indicators in ensuring the effective implementation of investment programs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
investment programs, system of indicators, monitoring and evaluation, indikatorlar tizimi, investitsiya siyosati, monitoring va baholash, innovatsion yondashuv, xalqaro standartlar, iqtisodiy samaradorlik, moliyaviy ko‘rsatkichlar, investitsiya dasturlari, sanoat va savdo vazirligi, investitsiya loyihalari, mustaqil audit, raqamli monitoring, Investitsiyalar, barqaror rivojlanish., tizimli tahlil, strategik loyihalar nazorati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники