К содержанию
РецензированоRU2021

Ingliz va o’zbek tillarida noaniqlik kategoriyasining ifodalanish usullari

Mehmonova Yulduz Chorikulovna

Монографии · 2021

Аннотация

Ushbu monografiya ingliz va o`zbek tillarida noaniqlik kategoriyasi ifodalanishining usullarini o`rganishga bag`ishlangan birinchi tadqiqotdir. Tadqiqotda har ikkala tilda tilning tizimliligi va til iyerarхiyasining leksik, morfologik va sintaktik vositalariga tayangan holda noaniqlik ifodalanishi har хil darajadagi vositalarning tizimlarga ajralishi ko`rib chiqiladi, noaniqlik ma`nosini darajali ta`riflash metodikasi ishlab chiqilgan. O`zbek yozuvchilarining har хil janrdagi asarlaridan olingan dalillarga asoslangan ko`p sonli material asosida o`zbek tilida noaniq artiklning mavjud emasligi ushbu tadqiqotda isbotlangan. Ushbu monografiyada qiyosiy lingvistikaning har хil yo`nalishlariga bag`ishlangan tadqiqotlarni ko`rib chiqishning zarurati yo`q. Biz o`zimizning mavzumizga, ya`ni til tizimi har хil bo`lgan ikki (ingliz va o`zbek) tillarida noaniqlik kategoriyasini o`rganish va uning ifodalanish usullariga bevosita aloqador bo`lgan ilmiy ishlarning qisqacha sharhi bilangina cheklanamiz.Til tizimi har хil bo`lgan tillarni, qisman ingliz va o`zbek tillarini chog`ishtirmaqiyosiy o`rganishga yaqinda kirishildi. Til tizimi har хil bo`lgan tillarni taqqoslab o`rganishning alohida tamoyillari mavjud. Bunday yondoshish, shubhasiz, katta nazariy va muhim ahamiyatga ega bo`lgan amaliy ma`noga egadir. Avvalo ingliz va o`zbek tillarida noaniqlikni ifodalovchi asosiy vositalar ko`rib chiqiladi. Bunda asosiy inventarizatsiya ingliz tili tizimi bo`yicha qilinadi, ya`ni u bizning chog`ishtirma tadqiqotimizda boshlang`ich hisoblanadi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu monografiya ingliz va o`zbek tillarida noaniqlik kategoriyasi ifodalanishining usullarini o`rganishga bag`ishlangan birinchi tadqiqotdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu monografiya ingliz va o`zbek tillarida noaniqlik kategoriyasi ifodalanishining usullarini o`rganishga bag`ishlangan birinchi tadqiqotdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники