К содержанию
РецензированоRU2023

KORXONALARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION MARKETING OMILI

KORXONALARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA · INNOVATSION MARKETING OMILI · Abduraxmonov A.Q. · КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ (Toshkent kimyo texnologiya instituti.)

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

В данной статье приведены информационно-аналитические данные о системе экономической безопасности промышленных предприятий и об обеспечении их экономической безопасности и повышении их конкурентоспособности за счет использования инновационного маркетинга на предприятии. Ключевые слова: понятие экономической безопасности, система экономической безопасности, предприятие, маркетинг, инновации, инновационный маркетинг. INNOVATIVE MARKETING FACTOR IN INCREASING THE COMPETITIVENESS OF ENTERPRISES Annotation. This article provides information and analytical data on the economic security system of industrial enterprises and on ensuring their economic security and increasing their competitiveness through the use of innovative marketing in the enterprise. Key words: concept of economic security, system of economic security, enterprise, marketing, innovation, innovative marketing. Biznes-modellarning va texnologiyaning yuqori sur’atda o‘zgarishi, mahsulotlarning hayotiylik davrining tezlashishi korxona raqobatbardoshligini innovatsiyalardan foydalanmay turib oshirishning imkoni mavjud emasligini isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Korxona raqobatbardoshligi uning faoliyat sohasida boshqa turdosh mahsulot ishlab chiqaruvchi raqib korxonalardan ustunligini ko‘rsatadi. Korxona iqtisodiy xavfsizligini taminlash va raqobatbardoshligini oshirish yo‘llaridan biri innovatsion g‘oyalarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shuningdek, raqobat sharoitlarining doimiy o‘zgarishi marketingda innovatsiyalarni qo‘llash zaruratini oshirmoqda. Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning mijozlari tomonidan belgilanadi. Agar, mijozlar korxona mahsulot va xizmatlarini ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan ko‘proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda unga tashqi yordam zarur bo‘ladi yoki bunday korxona inqirozga yuz tutadi. Bu borada P.Druker quyidagi fikrni bildirgan: “biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo‘lganligi sababli, korxonaning ikkita va faqat ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya”[1]. 1 04 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tadqiqotlarga ko‘ra, innovatsion marketing yangi mahsulotlar, uskunalar, xizmatlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni bozorda realizatsiya qilish uchun yangi marketing usullaridan foydalanish bilan bog‘liq. Korxonalar faoliyatini tahliliga asosan, marketingda innovatsiyalardan foydalanish, iste’molchilar talabini to‘liq qondirish hamda yangi bozorlarni egallash imkoniyatini beradi. Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsiya o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi ikki guruhga ajratiladi[2]: 1. SHakliga ko‘ra innovatsiya: mahsulot innovatsiyasi (innovatsion faoliyatning moddiy natijasi), innovatsion xizmatlar (nomoddiy natija), jarayon va texnologik innovatsiya (texnologiyaning o‘zgarishi), kadrlar innovatsiyasi hamda yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari. 2. Yangilik darajasiga ko‘ra innovatsiya: inkremental (quyi, o‘suvchi), modulli, arxitekturali va radikal (yuqori). Binobarin, innovatsiyalar yangilikni tavsiflovchi hamda samara keltiruvchi mahsulotlarda, xizmatlarda va jarayonlarda turli darajadagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi. O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, texnologiyaning rivojlanishi innovatsion boshqaruv hamda innovatsion marketing bilan birgalikda borishi lozim. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Texnologik innovatsiyalarni yuritish shakllari va yangi bozorlarni egallash; 2. Iste’molchilar faolligini rag‘batlantirishning yangi usullari ishlab chiqish; 3. Kombinatsiyalashgan innovatsion marketing. Innovatsiyalar, o‘z navbatida, bir necha turga bo‘linadi va ularning tizimli klassifikatsiyalanishi T.Robertsonning fikriga ko‘ra, quyidagi turlarga ajratiladi[3]: 1. Uzluksiz innovatsiyalar; 2. Uzluksiz dinamik innovatsiyalar; 3. Uzlukli innovatsiyalar. Uzluksiz innovatsiyalar – mavjud mahsulotlar variatsiyasini o‘zida aks ettiradi. Ushbu innovatsiyalar iste’molchining mavjud shakllanib kelgan an’anaviy xatti-harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Uzluksiz dinamik innovatsiyalar – yangi mahsulot yoki mavjud mahsulotlar modifikatsiyasi bo‘lib, ular iste’molchi xatti-harakatini ifodalamaydi. Uzlukli innovatsiyalar – iste’molchi xatti-harakatini butunlay o‘zgartirib yuboruvchi yangi mahsulotlar bilan bog‘liq jarayondir. Korxona iqtisodiy xavfsizligini taminlash yangi axborot texnologiyalari uzluksiz innovatsiyalar hisoblanadi, iste’molchi xatti-harakatini tubdan o‘zgartiradi. Bunga misol sifatida turli xil tovar va xizmatlarni uydan chiqmasdan turib, internet orqali xarid qilishni keltirish mumkin. Uzluksiz yoki uzluksiz dinamik innovatsiyalar eng samarali innovatsiyalar hisoblanib, bunday mahsulotni joriy qilishda iste’molchi uchun yangi tovar va xizmatning ahamiyati, zaruratini tushuntirish uchun qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishni talab qilinmayd

Доказательный фрагмент

«В данной статье приведены информационно-аналитические данные о системе экономической безопасности промышленных предприятий и об обеспечении их экономической безопасности и повышении их конкурентоспособности за счет ис…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье приведены информационно-аналитические данные о системе экономической безопасности промышленных предприятий и об обеспечении их экономической безопасности и повышении их конкурентоспособности за счет ис… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
concept of economic security, system of economic security, enterprise, korxona, marketing, iqtisodiy xavfsizlik tizimi, innovatsiya, innovatsion marketing., iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники