К содержанию
РецензированоUZ2026

XUSUSIY TADBIRKORLIKNI MOLIYAVIY QO‘LLAB -QUVVATLASHNING SAMARALI YO‘LLARI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

QUVVATLASHNING SAMARALI YO‘LLARI: · O‘ZBEKISTON TAJRIBASI · Baxromov Baxodir Otabek o‘g‘li

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, imtiyozli kreditlar, grantlar, soliq yengilliklari hamda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar bilan taqqoslash asosida O‘zbekiston modeli baholanadi va mavjud muammolar hamda istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tiladi. Aннотация: В данной статье рассматриваются эффективные пути финансовой поддержки частного предпринимательства в Узбекистане. Анализируется государственная политика по развитию малого бизнеса и частного сектора, включая предоставление льготных кредитов, грантов, налоговых послаблений, а также меры по улучшению инвестиционного климата. Кроме того, на основе сопоставления с международным опытом оценивается узбекская модель и обозначаются существующие проблемы и перспективные направления развития. Annotation: This article explores effective ways of financially supporting private entrepreneurship in Uzbekistan. It analyzes government policies aimed at developing small businesses and the private sector, including preferential loans, grants, tax incentives, and measures to improve the investment climate. The study also evaluates Uzbekistan’s model by comparing it with international practices and highlights existing challenges as well as promising areas for further development. Kirish: O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy tadbirkorlik va kichik biznes muhim o‘rin egallaydi. Bugungi kunda ushbu sektor yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 50% dan ortig‘ini, band bo‘lgan aholining esa 75% dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Davlat bu sohani rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berib, moliyaviy rag‘batlantirish choralarini kuchaytirmoqda. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘llari: Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2% stavkada tomorqa egalariga kredit ajratilishi. “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” doirasida kam ta’minlangan fuqarolar uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 14 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari “O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kafillik va kompensatsiyalar beriladi. Tijorat banklari orqali yillik 14-17% stavkada imtiyozli kreditlar ajratilmoqda (ba’zida subsidiya hisobiga stavka yanada pasaytiriladi). O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda davlat subsidiyalari va grantlar muhim moliyaviy mexanizmlardan biridir. Ular tadbirkorlik faoliyatini boshlash, rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun bevosita yoki bilvosita ko‘mak sifatida taqdim etiladi. Subsidiyalar-bu tadbirkorga qaytarilmaydigan moliyaviy yordam bo‘lib, asosan kredit foizlarini qoplash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki eksport faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jaligi, IT, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida startap loyihalarga subsidiya va grantlar ajratilmoqda. “Biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” orqali yangi loyihalarni moliyalashtirish ko‘lami kengaytirilmoqda. Soliq imtiyozlari — bu tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan beriladigan soliqdan vaqtincha ozod etish yoki kamaytirilgan stavkada soliq to‘lash imkoniyati bo‘lib, biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga 2-3 yilgacha bo‘lgan muddatda soddalashtirilgan soliq tartiblari qo‘llaniladi. Ayrim sohalarda QQSdan vaqtincha ozod etish, mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda. Raqamli moliyalashtirish va onlayn platformalar: Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi sharoitda xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab- quvvatlashda raqamli moliyalashtirish va onlayn platformalarning roli tobora kuchaymoqda. Bu yangi yondashuvlar nafaqat jarayonlarni tezlashtiradi, balki moliyaviy xizmatlarga kirishni soddalashtiradi, shaffoflikni oshiradi va samaradorlikni ta’minlaydi. O‘zbekiston tajribasining xususiyatlari: Hududiy yondashuv: Har bir viloyatda mahalliy xususiyatlarga mos dasturlar mavjud (masalan, turizm rivojlangan joylarda xizmat ko‘rsatish sohasiga ko‘proq e’tibor qaratiladi). Ijtimoiy himoya bilan integratsiya: Tadbirkorlik orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan loyihalar moliyalashtirilmoqda. Startap ekotizimining rivojlanishi: “IT Park”, “Startup Uzbekistan”, “InnoWeek” kabi tashabbuslar moliyaviy imkoniyatlar bilan birga qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xulosa: O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishida www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 15 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari muhim om

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xususiy tadbirkorlikni, zbekistonda xususiy, tadbirkorlikni moliyaviy, imtiyozli kreditlar, jamg armasi, tadbirkorlik subyektlariga, moliyaviy llab-quvvatlashning
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники