Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHHT NING MINTAQAVIY XAVF-XATAR VA TAHDIDLARNI NEYTRALLASHDAGI O‘RNI
TAHDIDLARNI NEYTRALLASHDAGI O‘RNI · Nizom Xakimov
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2021
Аннотация
Ushbu maqolada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Yevroosiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. ShHT o‘z faoliyati davomida xalqaro siyosatda nufuzga ega bo‘lib, mintaqaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish uchun samarali mexanizmlar va mustahkam qonunchilik bazasini shakllantirgan. Ayniqsa, 2021-yilda AQSh qurolli kuchlari Afg‘onistondan olib chiqilgach va “Tolibon” hokimiyatni egallagach, yuzaga kelgan xavf-xatarlar, jumladan, terrorizm, narkotik moddalar savdosi, noqonuniy migratsiya va gumanitar inqirozlar, ShHT uchun muhim muammolar sifatida qayd etiladi. Maqolada tashkilotga a’zo davlatlarning milliy manfaatlari va xavfsizligi afg‘on masalasiga bevosita bog‘liq ekani ta’kidlanadi. ShHTning 2021-yil sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan yubiley sammitida tashkilotga a’zo davlatlar afg‘on masalasini siyosiy-diplomatik yo‘llar orqali hal qilish va Afg‘onistonda barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlar ishtirokida inklyuziv hukumat tuzish zarurligi bo‘yicha umumiy pozitsiya qabul qilishgani yoritilgan. Shuningdek, to‘liq ishtirokchi sifatida Eron mintaqaviy muammolarni hal qilishda tashkilot uchun qo'shimcha ustunlikka aylandi. Eronning Afg‘oniston rivojlanishiga ta’sir qilish imkoniyati yangi afg‘on hukumati bilan muloqot o‘rnatishda asosiy omillardan biri sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, ShHTning xavfsizlik sohasidagi integratsion imkoniyatlari va uning afg‘on masalasidagi ijobiy roli ham yoritilgan. Mazkur maqola tashkilotning mintaqaviy tahdidlarga qarshi kurashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: “uch yovuz kuch”, terrorizm, ShHT, RATS, Tinchlik missiyasi, Tolibon Kirish: ShHT (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) hududiy integratsiya tashkiloti sifatida tashkil etilganligi haqida 2001-yil 15-iyun kuni Shanxayda o‘tgan sammitda e’lon qilingan. “Shanxay beshligi” tarkibiga O‘zbekiston ham to‘la huquqli a’zo sifatida qo‘shildi. O‘sha paytda ikkita muhim hujjat — ShHTni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiya va Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiya imzolangan. Tashkilotning asosiy vazifalari sifatida ShHT hududida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash belgilangan. Bunga terrorizm, ekstremizm, separatizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, iqtisodiyot, energetika va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 17 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari kiradi. “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiya” da terrorizm, separatizm va ekstremizm tushunchalarining kelishilgan ta’riflari keltirilgan, bu esa ushbu “uch yovuz kuch”ga qarshi samarali kurashishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bunday muvaffaqiyatni hech bir xalqaro tashkilot, jumladan, BMT ham qo‘lga kirita olmagan[1]. Biroq, G‘arb mamlakatlarining akademik va ekspertlar jamoasi darhol ShHTni AQSh va Yevropaning Yevroosiyo mintaqasidagi strategik manfaatlariga tahdid sifatida ko‘ra boshladi. ShHTni “autokratlar klubi” deb atashgan, uning asosiy maqsadi “rangli inqiloblar”ni jilovlash va G‘arb davlatlarining demokratiyani ilgari surishga qaratilgan harakatlarini kamaytirish ekani aytilgan[2]. Ammo ShHT hech qachon harbiy-siyosiy ittifoqga aylanish va biror davlatga qarshi chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan. Birinchidan, bu tashkilotning barcha rasmiy hujjatlariga zid hisoblanadi, ikkinchidan esa, ShHT a’zo davlatlarining G‘arb mamlakatlari bilan hamkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini murakkablashishiga olib keladi[3]. Postbipolyar davrda ShHT ishtirokchi davlatlari yangi hamkorlik formatini ko‘proq o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish imkoniyati sifatida ko‘rgan[4]. Ochiqlik va qarama- qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik tamoyillari “Shanxay ruhi” deb nomlangan konsepsiyaga asos bo‘lgan. Ushbu birlashtiruvchi konsepsiya asosida teng huquqlilik, o‘zaro hurmat, bir-birining qarash va yondashuvlarini qadrlash, madaniyatlar, urf-odatlar va turmush tarzlar xilma-xilligi tamoyillari doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash nazarda tutilgan[5]. Ushbu xususiyatlar tashkilotning ijobiy imidjini shakllantirdi va uni jahon arenasida jozibador qildi. Asosiy qsim: Hozirgi bosqichda tashkilot tarkibiga Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo davlatlari (Turkmanistondan tashqari), Hindiston, Pokiston va Eron (uning qo‘shilish jarayoni 2021-yil sentabrdan boshlangan) kiradi. ShHT tarkibiga, shuningdek, kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar — Afg‘oniston, Belarus, Mongoliya kiradi. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Shri-Lanka kabi davlatlar esa ShHTning muloqot bo‘yicha hamkorlari hisoblanadi. 2021-yil sentabr oyida Turkmaniston tashkilot sammitida tashkilotning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etdi. ShHTning umumiy salohiyatini baholash anchayin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Yevroosiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Yevroosiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ShHT, Tolibon, Tinchlik missiyasi, Kalit so‘zlar: “uch yovuz kuch”, terrorizm, RATS
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025