Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SALIM ASHUR SHE’RIYATIDA LINGVOKULTUREMALAR POETIK IFODA UYG‘UNLIGI
POETIK IFODA UYG‘UNLIGI · Mustafаyeva Saodat Burxanovna
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Salim Ashur ijodida lingvokulturemalarning estetik va semantik yuki tahlil qilinadi. Xususan, shakldosh so‘zlar orqali ma’no qatlamlarining chuqurlashuvi, tasavvufiy obrazlarning ramziy ifodasi va xalq og‘zaki nutqiga xos til birliklarining poetik funksiyasi o‘rganiladi. Shoir she’rlarida fonetik, leksik, morfologik va stilistik darajalarda namoyon bo‘ladigan lingvokulturemalar milliy ong, tarixiy xotira va axloqiy-estetik qadriyatlarni yuksak badiiy saviyada ifoda etishga xizmat qilmoqda. “Tandir”, “esang”, “turpoq” kabi so‘zlar tahlili orqali Salim Ashurning milliylik va estetik did uyg‘unligiga asoslangan poetik uslubi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Salim Ashur, lingvokulturema, shakldosh so‘zlar, tasavvufiy poeziya, fonetik variant, morfologik birlik, metatiza, xalq og‘zaki nutqi, milliy ong, stilistik yuklama Salim Ashur o‘zining she’riy ijodida lingvokulturemalarni faqat badiiy bezak vositasi sifatida emas, balki xalqning madaniy xotirasini, tarixiy-estetik anglashini aks ettiruvchi asosiy vosita sifatida qo‘llaydi. Uning she’rlarida fonetik, leksik, morfologik va stilistik darajalarda ifodalanadigan til birliklari – xususan, shakldosh so‘zlar, dialektal variantlar, metaforik obrazlar – o‘zbek milliy ongining timsoliga aylanadi. Mazkur maqolada shoir ijodining lingvokulturologik tahlili orqali uning poetik tafakkuridagi milliylik, tasavvufiy obrazlar va til boyligining uyg‘unligi yoritiladi. Shuningdek, “tandir”, “og‘irmas – og‘rimas”, “esang”, “turpoq” kabi so‘zlar misolida shakldosh so‘zlarning poetik ifodadagi roli, stilistik yuklamasi va fonetik xususiyatlari o‘rganiladi.Salim Ashur o‘z she’riyatida lingvokulturemalarni faqat estetik bezak sifatida emas, balki chuqur ma’no yuklovchi badiiy vosita sifatida ishlatgan. U o‘zbek xalqining qadriyatlarini, tarixiy xotirasini, diniy va axloqiy qarashlarini she’riy til orqali aks ettiradi. Bu jihat, ayniqsa, tasavvufiy ruhdagi she’rlarida kuchli ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, lingvokulturemalar poetik nutqning milliy ruhini oshiradi, o‘quvchida o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy ildizlarni eslash kabi hissiyotlarni uyg‘otadi. Bu esa Salim Ashur poetikasining asosiy estetik omillaridan biri hisoblanadi. Lingvokulturemalar shakli jihatidan turli darajadagi til birliklarini o‘z ichiga oladi. Ular fonetik, leksik, frazeologik va sintaktik darajalarda namoyon bo‘ladi. Salim Ashur she’riyatida bu birliklar o‘ziga xos badiiy shaklda berilgan bo‘lib, ular shoirning estetik didi va milliy madaniyatga bo‘lgan chuqur e’tiborini ko‘rsatadi. Shoirning quyidagi she’ri orqali fikrimizni ifoda etamiz: Olovga tushgan tandir, www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 49 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Toledan shishgan tandir, Yuragim pishgan tandir, Taft tutgan kengliklarim, Birodar tengliklarim. She’rda qo‘llanilgan “tandir” so‘zi shakldosh so‘zlarga xos holatdir. She’riy kontekstda shakldoshlik orqali bir so‘zning turli qirralari yoritiladi, bu esa she’rning ma’no qatlamlarini chuqurlashtiradi. Birinchi misradagi “Olovga tushgan tandir”, ya’ni o‘zbek xalqiga xos taom “tandir”(go‘shtni) olovga tushishi, ikkinchi misradagi “Toledan shishgan tandir, ya’ni haqiqiy tandir ma’nosi, ammo shishgan so‘zi bilan qizib, jonlangan, tiriklashgan holat obraz hosil qilinmoqda. Tandir hayotga o‘xshatilmoqda – kuchga to‘lgan, tole bilan (baxt bilan) shishgan. Bu yerda “tandir” endi faqat non pishirish emas, balki ichki kuch, harorat, hayotiylik timsoli. “Yuragim pishgan tandir” misrasida “tandir” yurak ramzi sifatida ishlatilgan. Shoir yuragini issiqlik, iztirob, his-tuyg‘u pishirgan tandirga qiyoslaydi. Bu – inson ichki olamining issiqligini ko‘rsatadi. Ya’ni, yurak tandir – metafora, majoziy-obrazli o‘xshatish. Toshni yordi tar chechak, Suvga bordi har chechak, Sirlar gullar bu kecha. Birinchi misrada chechak, qadimda qo‘llanilgan kasallik nomi (vabo); obrazli ifoda etilgan. Ikkinchi misrada gul, o‘simlik, tabiatdagi chechak (suv tomon yo‘nalgan har bir jonli narsa); chechaklar haqiqiy gul sifatida tasvirlangan. — ular suvga boradi, ya’ni hayot manbaiga intiladi. Shoirning “Qo‘llarimdan tutmang ketaman” misrali she’rida so‘zlarning shakldoshlik hodisasi qo‘llanilgan, bo‘lib, bu she’rning ifodaviyligini oshirishga xizmat qilgan. Qo‘llarimdan tutmang ketaman, Ko‘nikkanman, ketmoq og‘irmas. Har qadamda xiyonat ko‘rgan, Qalb endi og‘rimas. Mazkur misralardagi “og‘irmas” va “og‘rimas” so‘zlari shakldosh fe’llar bo‘lib, ular fonetik jihatdan o‘xshash, ammo etimologik manbasi, semantik ma’nosi va stilistik yuklamasi jihatdan farqlanadi. Har ikkisi ham inkor shaklidagi istak yoki shart maylida bo‘lsa-da, biri og‘irlik bilan bog‘liq harakatni, ikkinchisi esa ruhiy yoki jismoniy og‘riq holatini ifodalaydi. Bu holat shakldoshlikning tipik misoli bo‘lib, ayniqsa fonetik yaqinlik orqali adashtirilishi mumkin bo‘lgan birliklar qatoriga kiradi. O‘zbek tilining morfologik tizimida ayrim fe’llar fonetik jihatdan o‘zaro ju
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Salim Ashur ijodida lingvokulturemalarning estetik va semantik yuki tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Salim Ashur ijodida lingvokulturemalarning estetik va semantik yuki tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fonetik variant, morfologik birlik, milliy ong, metatiza, tasavvufiy poeziya, xalq og‘zaki nutqi, shakldosh so‘zlar, lingvokulturema, Kalit so‘zlar: Salim Ashur, stilistik yuklama
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025