К содержанию
РецензированоUZ2025

HAR BIR BEMOR OG'ZIDAGI INFEKSIYA MANBAI STAMATALOGNING JAMOAT SALOMATLIGIDAGI ROLI QAYTA QARALMOQDA

Allamurodova Baxtigul Boymurodovna · Ilmiy rahbar: Saidov Jasur Baxtiyorovich

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan yashirin kariyes holatlari, uning asosiy sabablari sifatida shirinlik iste’moli emas, balki toza ichimlik suvi tanqisligi va suvsizlantirilgan hayot tarzi tahlil qilinadi. Maqolada gigiyena, ichimlik suvining sifati, florid yetishmovchiligi va og‘iz salomatligining bog‘liqligi bo‘yicha zamonaviy ilmiy yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari bolalar tish sog‘lig‘ini saqlashda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish zarurligini ko‘rsatmoqda. Kalit so’zlar: Kariyes, tish, sog’lom turmush tarzi, gigiyena, suv tanqisligi, og’iz gigiyenasi. So‘nggi yillarda bolalar o‘rtasida tish kariyesi, xususan, yashirin shakllari (yuzasida sezilmaydigan, ammo tish ichida chuqurlashib boradigan kariyes) sezilarli darajada oshib bormoqda. Ko‘plab stomatologlar buni ko‘proq shirinliklar iste’moli bilan bog‘lashsa-da, zamonaviy tadqiqotlar ichimlik suvi yetishmovchiligi va og‘iz gigiyenasiga e’tiborning pasayishi kabi omillarni asosiy sabab sifatida ko‘rsatmoqda. 1. Yashirin kariyes nima va nima uchun u xavfli? Yashirin kariyes – bu dastlab tashqi belgilar sezilmaydigan, biroq tish ichki qatlamlarida rivojlanadigan kariyes turi bo‘lib, u og‘riq bermaguncha yoki tish Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 324 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT buzilmaguncha aniqlanmasligi mumkin. Bu holat asosan doimiy gigiyenaning yetarli emasligi, so‘lak tarkibining o‘zgarishi va florid moddasining tanqisligi bilan bog‘liq. 2. Ichimlik suvi tanqisligi va tish salomatligi Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ichimlik suvi tarkibidagi florid moddasining etarli darajada bo‘lmasligi tish emalini kuchsizlantiradi. Bu holat qishloq joylarda, yer osti suvlari chuqurlikda joylashgan hududlarda ayniqsa dolzarb. Shuningdek, suv yetishmovchiligi natijasida bolalar ichimlik sifatida shirin gazli ichimliklarga murojaat qilishadi, bu esa kariyes xavfini yanada kuchaytiradi. 3. Gigiyena va resurs yetishmovchiligi Suvning cheklanganligi shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanishni ham qiyinlashtiradi. Tish yuvish tez-tez amalga oshirilmaydi, yoki bu jarayon faqat ertalabki oddiy yuvinish bilan cheklanadi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘ida bakteriyalarning ko‘payishiga, tish emalining yemirilishiga olib keladi. 4. Profilaktika va yechimlar Fluorli tish pastalaridan foydalanishni keng targ‘ib qilish Maktablarda stomatologik skrining dasturlarini joriy etish Ichimlik suvini markazlashtirilgan dezinfeksiyalash va floridlash tizimlarini takomillashtirish Ota-onalar va bolalar o‘rtasida og‘iz gigiyenasi bo‘yicha ma’rifiy ishlarni kuchaytirish Tadqiqot davomida aniqlanishicha, bolalarda uchrayotgan yashirin kariyes holatlari ko‘pincha noto‘g‘ri oziqlanish yoki shirinlik iste’molidan ko‘ra, ichimlik suvi sifatining pastligi, organizmda florid yetishmovchiligi va og‘iz gigiyenasiga e’tiborning sustligi bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘plab hududlarda suv ta’minoti markazlashmagan, mavjud suv manbalari esa sanitariya-me’yorlarga javob bermaydi. Bu holat nafaqat suvsizlanishga, balki og‘iz bo‘shlig‘ida tabiiy himoya qatlamining zaiflashishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, yosh bolalarda tish shifokoriga borish madaniyatining pastligi, stomatologik skrining va profilaktika choralari yetarli darajada yo‘lga Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 325 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qo‘yilmaganligi muammoning chuqurlashuviga sabab bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda kariyes tashqi belgilarsiz kechadi va ota-onalar tishdagi buzilishlarni kechikkan bosqichda payqaydi. Shuningdek, bolalar orasida shirin gazli ichimliklar va sun’iy sharbatlarga bo‘lgan talabning ortishi ham gigiyena yetishmovchiligi bilan birgalikda kariyes rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Lekin asosiy xavf omili sifatida organizmning suvsizlanishi va sifatsiz ichimlik suvidan foydalanish alohida ajralib turadi. Yashirin kariyesning bolalar orasida keng tarqalishi faqatgina ovqatlanish muammosi emas, balki ekologik va ijtimoiy-sanitariya muammosidir. Suv sifati, gigiyena madaniyati, stomatologik xizmatlarning mavjudligi va ota-onalar ongining pastligi bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Muammoni hal qilish uchun quyidagi chora-tadbirlar zarur: 1. Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va florid moddasining normativ darajada bo‘lishini nazorat qilish. 2. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida og‘iz gigiyenasi bo‘yicha muntazam ma’rifiy ishlarni tashkil qilish. 3. Bolalarda stomatologik ko‘rik va profilaktika ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish. 4. Ota-onalar bilan doimiy muloqot orqali ularni bolalar tish salomatligi mas’uliyatiga jalb etish. Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, yashirin kariyes epidemiyasining oldini olish mumkin. Sog‘lom tishlar – bu sog‘lom avlod garovidir. Yashirin kariyes epidemiyasi bilan kurashish uchun shirinlik iste’molini cheklash yetarli emas. Ichimlik suvi sifatini yaxshilash, bolalarda gigiyenani oshirish va profilaktik stomatologik xizmatlarni kengaytirish orqali bu muammoni hal qilish mumkin. Aks holda, yashirin kariyes u

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan yashirin kariyes holatlari, uning asosiy sabablari sifatida shirinlik iste’moli emas, balki toza ichimlik suvi tanqisligi va suvsizlantirilgan hayot tarzi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan yashirin kariyes holatlari, uning asosiy sabablari sifatida shirinlik iste’moli emas, balki toza ichimlik suvi tanqisligi va suvsizlantirilgan hayot tarzi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
periodontal kasalliklar, halitoz, infeksion nazorat, og‘iz gigiyenasi, infeksiya manbai, og‘iz mikroflorasi, jamoat salomatligi, sog‘lom turmush tarzi, Kalit so‘zlar: og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, stomatologik profilaktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники