К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TA’LIM VA KASBIY KOMPETENSIYALAR NAZARIYASI

Abduraxmanov Shavkatjon Ashurovich · Tursunova Zilola Dalijon qizi

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda raqamli ta’limning mazmuni, rivojlanish yo‘nalishlari va kasbiy kompetensiyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar vositasida ta’limning yangi shakllari, raqamli savodxonlik, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari va ularning mehnat bozoriga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, kompetensiya, kasbiy rivojlanish, axborot texnologiyalari, raqamli savodxonlik, o‘qitish metodlari. Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalariga chuqur kirib bordi. Ta’lim tizimi ham bu jarayondan mustasno emas. An’anaviy ta’lim shakllari o‘zgarib, ularning o‘rnini raqamli vositalar bilan boyitilgan, interaktiv va moslashuvchan tizimlar egallamoqda. Bu o‘zgarishlar ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki mutaxassislar uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalar tizimini qayta shakllantirish zaruratini tug‘dirmoqda. Raqamli ta’lim – bu elektron platformalar, mobil qurilmalar, internet va boshqa raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan ta’lim jarayonidir. Uning asosiy xususiyatlari:  Moslashuvchanlik (istalgan joy va vaqtda o‘qish imkoni),  Shaxsga yo‘naltirilganlik (individual o‘quv yo‘llari),  Multimediaviylik (video, audio, animatsiyalar orqali o‘qitish),  Interaktivlik (talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqot). Ushbu shakldagi ta’lim turli yoshdagi o‘quvchilar uchun o‘zlashtirish qulayligini oshiradi hamda o‘quvchilarni raqamli vositalardan oqilona foydalanishga o‘rgatadi. Kasbiy kompetensiyalar – bu biror kasb yoki sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, munosabat va qadriyatlar majmuidir. Ular quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat: Asosiy kompetensiyalar – aloqa qilish, fikrlash, muammo yechish qobiliyatlari; Kasbiy-kommunikativ kompetensiyalar – kasbga oid terminologiyani bilish, o‘z fikrini ifodalash; Axborot-kommunikatsion kompetensiyalar – raqamli texnologiyalar bilan ishlash; www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 349 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalar – jamoada ishlash, mas’uliyat, moslashuvchanlik. Bugungi raqamli jamiyatda aynan raqamli kompetensiyalar kasbiy rivojlanishning ajralmas qismiga aylanmoqda. Raqamli ta’lim kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Jumladan:  Virtual laboratoriyalar yordamida amaliy ko‘nikmalar shakllanadi;  Onlayn kurslar orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi;  Axborot oqimi bilan ishlash ko‘nikmalari ortadi;  Moslashuvchan o‘quv modullari esa shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Raqamli ta’lim shuningdek, uzluksiz ta’lim tamoyiliga mos bo‘lib, inson umr bo‘yi o‘rganishga tayyor bo‘lishini rag‘batlantiradi. Har qanday holatda ham raqamli kompetensiya insonning raqamli texnologiyalar borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalariga asoslangan holda shakllanadigan, turli vaziyatlarda texnologik vositalardan oqilona foydalana olish xatti-harakatlarini anglatadi. Bu kompetensiya nafaqat texnik jihatdan vositalarni ishlata olishni, balki raqamli muhitda ongli, samarali va xavfsiz harakat qila olishni ham o‘z ichiga oladi. Raqamli savodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan insonlar raqamli qurilma yoki texnologiyalardan foydalanganda bu jarayonni ongli ravishda boshqarish zaruratini sezmaydi — ular uchun bu xatti-harakatlar tabiiy bo‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, raqamli texnologiyalar bu shaxslar hayotining ajralmas qismiga aylangan va ularni qachon, qanday holatda ishlatish bo‘yicha alohida qaror qabul qilishga ehtiyoj sezilmaydi. Bu esa raqamli kompetensiyaning ong osti darajasida shakllanganligini anglatadi. Raqamli ko‘nikmalar odatda ikki asosiy guruhga ajratiladi: foydalanuvchi ko‘nikmalari va professional ko‘nikmalar. Foydalanuvchi ko‘nikmalariga oddiy kundalik ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari kiradi: masalan, kompyuter, planshet, smartfon kabi qurilmalardan foydalanish, internetda axborot izlash, elektron pochta bilan ishlash, onlayn xizmatlardan foydalanish va hokazo. Professional raqamli ko‘nikmalar esa ancha murakkab va maxsus bilimga asoslangan bo‘lib, ularning yordamida raqamli muhitda muayyan sohadagi professional muammolarni hal qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, dasturlash, ma’lumotlar tahlili, grafik dizayn, raqamli xavfsizlik, sun’iy intellektdan foydalanish va boshqa yuqori darajadagi raqamli faoliyat turlarini shu toifaga kiritish mumkin. Maxsus raqamli ko‘nikmalar esa, o‘z navbatida, asosiy va murakkab shakllarga tasniflanadi. Asosiy raqamli ko‘nikmalar – bu foydalanuvchining turli texnik www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 350 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari vositalardan foydalanish, fayllarni boshqarish, internet resurslari bilan ishlash, bulutli xizmatlardan foydalanish,

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda raqamli ta’limning mazmuni, rivojlanish yo‘nalishlari va kasbiy kompetensiyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi nazariy jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda raqamli ta’limning mazmuni, rivojlanish yo‘nalishlari va kasbiy kompetensiyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qitish metodlari., axborot texnologiyalari, kompetensiya, Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, kasbiy rivojlanish, raqamli savodxonlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники