Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY TARBIYA ASOSIDA EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI · Sadriddinova Zulfiya Mirzaliyevna
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
This article explores the interrelation between environmental education and national upbringing. It highlights the role of all stages of education — from preschool to higher education — in shaping ecological awareness. Special emphasis is placed on the integration of ecological values with moral principles, cultural approaches, and civic responsibility. Based on international experience, state programs, and methodological guidelines, the article analyzes effective ways to incorporate environmental education into the educational process. The study www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 352 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari emphasizes the strategic importance of the education system in addressing environmental challenges. Keywords: Environmental education, national upbringing, ecological awareness, education system, cultural values, civic responsibility, sustainable development Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ekologik muammolar global tus olmoqda. Iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning chegaralanganligi, atrof-muhitning ifloslanishi — bularning barchasi nafaqat texnologik yondashuv, balki tarbiyaviy- madaniy nuqtai nazardan ham chuqur tahlil va harakatni talab qilmoqda. Aynan shunday sharoitda milliy tarbiya va ekologik madaniyatni o‘zaro integratsiya qilish masalasi kun tartibiga chiqmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida: “Yashil iqtisodiyot, ekologik tarbiya va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan ta’lim — bizning kelajagimizga sarmoyadir”, — deya alohida urg‘u bergan edi. Bu fikr jamiyatda ekologik mas’uliyat va madaniyatni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi yetakchi rol o‘ynashi lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ammo ekologik ongning mustahkam va ijobiy shakllanishi uchun u faqat darslik va fanga emas, balki milliy qadriyatlar asosida shakllangan tarbiyaviy modelga tayanmog‘i zarur. O‘zbek xalqining asriy an’analarida tabiatga ehtirom, yer va suvga munosabat, hayvonot va o‘simlik dunyosiga g‘amxo‘rlik — tarbiya tizimining ajralmas qismi sifatida qaralgan. “Tabiatni asra — Vatanga xizmat qil” degan xalqona qarash zamirida ekologik ongning chuqur ildizlari mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunida (2020-yil) ham ta’limning asosiy vazifalari qatorida shaxsda atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirish nazarda tutilgan. Biroq, bu munosabat, ayniqsa yosh avlod ongiga singdirilishi uchun u milliy tarbiya asosida — axloqiy, estetik, ijtimoiy va ma’naviy mezonlar bilan uyg‘unlikda amalga oshirilishi lozim. Zamonaviy yondashuvlar ham bu g‘oyani tasdiqlaydi. Pedagogika fanida shakllangan “ekologik tarbiya” tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra:”Tabiatni asrashga yo‘naltirilgan shaxsiy ichki mas’uliyat, ekologik qadriyatlar tizimi va barqaror hayot tarziga intilish kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi”1. Demak, milliy tarbiya orqali ekologik ongni shakllantirish — bu oddiygina ekologik darslar emas, balki yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashning zamonaviy yo‘lidir. Bu yo‘nalishda barcha ta’lim bosqichlari uzviy tizimga aylanishi, o‘quvchilar va talabalar ongida tabiatni qadrlash — insoniylik mezoni sifatida shakllanishi zarur. 1 K. Sh. Tojiboev, 2021; UNESCO, 2022 www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 353 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Bugungi kunda ekologik muammolar global miqyosda insoniyat hayoti va kelajagiga tahdid solmoqda. Bu muammolar texnologik, iqtisodiy va siyosiy omillargina emas, balki madaniy-ma’naviy va tarbiyaviy omillar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Aynan shu nuqtai nazardan, ekologik muammolarni hal qilishda ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirish muhim yo‘nalish sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ekologik tarbiyani milliy qadriyatlar asosidagi tarbiya tizimi bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida tarbiya har doim yetakchi o‘rinda bo‘lib kelgan. Yangi bosqichda esa bu yondashuv yanada takomillashmoqda. Chunki milliy tarbiya faqat axloqiy odob-axloq emas, balki shaxsni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash, uni Vatanga, atrof-muhitga, jamiyatga nisbatan mas’uliyatli inson sifatida shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ekologik tarbiya masalasini jiddiy yondashuv bilan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u barcha ta’lim bosqichlarida izchil va tizimli tarzda olib borilishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola dunyoni ilk bor anglay boshlaydi. Aynan shu davrda unda tozalik, tabiatni asrash, o‘simlik va hayvonotga mehr bilan qarash kabi amaliy ko‘nikmalar shakllanishi mumkin. “Ilk qadam” dasturida atrof-muhit bilan tanishuv, estetik tarbiya, toza muhitni qadrlash kabi tamoyillar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu yoshdagi bolalar uchun ekologik tarbiyaning poydevoridir. Boshlang‘ich ta’limda esa bu ko‘nikmalar yanad
Доказательный фрагмент
«This article explores the interrelation between environmental education and national upbringing.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the interrelation between environmental education and national upbringing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Environmental education, national upbringing, ecological awareness, ekologik ong, madaniy qadriyatlar, milliy tarbiya, fuqarolik mas’uliyati, Kalit so‘zlar: Ekologik tarbiya, ta’lim tizimi, barqaror rivojlanish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025