К содержанию
РецензированоUZ1980

WINDOWS TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

WINDOWS TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH · VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI · Jabborova E’zoza Erkin qizi · Ilmiy rahbar- Bobir Maxammadov

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 1980

Аннотация

Ushbu ilmiy ishda Microsoft Windows operatsion tizimi doirasida shakllangan va keng qo‘llanilayotgan terminologiyaning bosqichma-bosqich rivojlanishi, shakllanish manbalari va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Windows tizimi 1980- yillardan buyon dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan operatsion tizimlardan biri bo‘lib, unga oid terminlar nafaqat ingliz tilida, balki boshqa tillarda, jumladan o‘zbek tilida ham faol o‘zlashtirilmoqda. Tadqiqotda Windows terminlari birinchi versiyalardan boshlab hozirgi zamonaviy versiyalarga qadar qanday rivojlanib borganligi, texnologik taraqqiyot bilan qanday yangiliklar kiritilgani, terminlar tizimi qanday kengaygani, qanday terminlar saqlanib qolib, qay biri eskirganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz tilidan kirib kelgan terminlarning o‘zbek tilida qanday tarjima qilinishi, ularning normativligiga oid muammolar, semantik mosligi, leksik va morfologik shakllanish xususiyatlari o‘rganiladi. Ish davomida Windows terminlari tarixiy-lingvistik, texnik- semantik, pragmatik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilib, ularning shakllanishida muhim bosqichlar — Windows 1.0 (1985), Windows 95, Windows XP, Windows 7, Windows 10 va Windows 11 kabi versiyalarning roli alohida ta’kidlanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi interfeysi, tizim fayllari, sozlamalar va xavfsizlikka oid terminlar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar ham yoritiladi. Mazkur ish o‘zbek tilshunosligida texnologik terminlar tahliliga bag‘ishlangan amaliy va nazariy tadqiqot bo‘lib, terminshunoslik, kompyuter lingvistikasi, tarjimashunoslik va axborot texnologiyalari sohalarining kesishmasida olib borilgan. Tadqiqot natijalari Windows tizimi uchun milliy terminlar bazasini shakllantirish, o‘zbek tilidagi texnik tarjimalar sifatini oshirish va AKT tilini boyitishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: windows operatsion tizimi, terminologiya, shakllanish bosqichlari, tarjima muammolari, lingvistik tahlil, terminshunoslik, foydalanuvchi interfeysi, kompyuter lingvistikasi. Kirish: Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti til tizimiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, kompyuter texnologiyalari va axborot tizimlarining keng www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 150 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari qo‘llanishi natijasida yuzlab yangi terminlar paydo bo‘lmoqda va ular faol ravishda turli tillarga o‘zlashtirilmoqda. Ayniqsa, Microsoft Windows operatsion tizimi butun dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan platformalardan biri sifatida tilshunoslar, tarjimashunoslar va terminshunoslar e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Windows operatsion tizimi dastlab 1985-yilda paydo bo‘lganidan buyon bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi va har bir yangi versiya bilan birga yuzlab yangi terminlar, texnologik atamalar, interfeys komponentlari va foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan funksional birliklar paydo bo‘ldi. Shu bois, Windows tizimi bilan bog‘liq terminologiyaning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, o‘zgaruvchanligi, va tilga o‘zlashtirilishi tilshunoslik uchun dolzarb ilmiy mavzudir. Mazkur maqolada Windows tizimi doirasidagi terminlarning leksik, semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima jarayoni, tarjimada yuzaga keladigan lingvistik va uslubiy muammolar, va ayrim terminlarning milliy tilga moslashtirish imkoniyatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — Windows tizimi terminlarini rivojlanish davrlari asosida o‘rganish, ularning qanday shakllanganini aniqlash va o‘zbek tilidagi muqobillarini izohlashdir. Bundan tashqari, maqolada normativ terminologik yondashuv, texnik tarjima sifati, va til madaniyatining texnologiyaga moslashuvi masalalari ham yoritiladi.mUshbu tadqiqot terminshunoslik, tarjimashunoslik, kompyuter lingvistikasi va sotsiolingvistika fanlari kesishmasida olib borilib, ilmiy- amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Xususan, u AKT sohasida milliy til asosidagi til siyosatini shakllantirish, texnik sohalarda terminlar standartlashtirish, hamda o‘zbek tilidagi IT-terminlar bazasini rivojlantirish yo‘nalishlarida foydali bo‘lishi mumkin. ASOSIY QISM 1. Windows terminologiyasining shakllanishi: tarixiy bosqichlar Windows tizimi bilan bog‘liq terminologiya uning ilk versiyalari bilan bir vaqtda shakllana boshlagan. Har bir yangi versiya — yangi funksiyalar, texnologiyalar va ularga mos terminlarni paydo qilgan. Bosqichlar: Windows 1.0–3.1 (1985–1992): Asosiy interfeys elementlari, fayl va dastur bilan ishlashga oid terminlar paydo bo‘ldi. File, Program, Menu, Window, Save, Exit. Windows 95–98 (1995–1998): “Start” tugmasi, “Taskbar”, “My Computer” kabi foydalanuvchi interfeysi elementlari joriy qilindi. Start Menu, Recycle Bin, Control Panel, Shutdown, Desktop. Windows XP–7 (2001–2012): www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 151 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Internet, xavfsiz

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy ishda Microsoft Windows operatsion tizimi doirasida shakllangan va keng qo‘llanilayotgan terminologiyaning bosqichma-bosqich rivojlanishi, shakllanish manbalari va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy ishda Microsoft Windows operatsion tizimi doirasida shakllangan va keng qo‘llanilayotgan terminologiyaning bosqichma-bosqich rivojlanishi, shakllanish manbalari va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foydalanuvchi interfeysi, terminologiya, terminshunoslik, Kalit so‘zlar: windows operatsion tizimi, lingvistik tahlil, tarjima muammolari, kompyuter lingvistikasi., shakllanish bosqichlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники