Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI TARTIBGA SOLISHNING DOLZARBLIGI
SOLISHNING DOLZARBLIGI · Abbosov Mirsulton Mirsharof o‘g‘li
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 1–13 · 2020
Аннотация
Mazkur maqolada sun’iy intellektning huquqiy maqomini belgilash masalalari, afzalliklari va ijtimoiy xavflilik masalalari tahlil qilinadi. Sun’iy intellektni Jinoiy-huquqiy munosabatlarga sun’iy intellektni kiritish masalalari haqida mulohazalar qilinadi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, afzalliklar, xavf-xatar, xalqaro standartlar, konsepsiyalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-son Farmonida “iqtisodiyot tarmoqlarida virtual va to‘ldirilgan reallik, sun’iy intellekt, kriptografiya, mashina o‘rganishi, katta ma’lumotlarni tahlil qilish va “bulutli” hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish”1 kabi har sohada sun’iy intellekt (keyingi o‘rinlarda SI deb yuritiladi) texnologiyalarini tatbiq etish vazifasi qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmonining 65-, 84-maqsadlarida “Ijro ishini yuritish tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish”, “Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot, shu jumladan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish”2 kabi maqsadlar belgilab berilgan. SI, uni tartibga solishga ehtiyoj, uning o‘zi va u tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy xavfli qilmishiga baho berish, u tomonidan yoki uning yordamida yaratilgan ixtirolarni patentlash masalasi, SIni huquq subyekti sifatida e’tirof etish masalalari kundan-kunga dolzarb masalaga aylanib bormoqda. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–6079- son Farmoni // https://www.lex.uz/docs/5030957#5031885 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni // https://lex.uz/uz/docs/5841063 www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 195 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 4-iyulda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisida a’zo davlatlar rahbarlariga: “Hukumatlarimiz va mutasaddi idoralarimizga ShHTning innovatsion taraqqiyot, raqamlashtirish va robotlashtirish, sun’iy intellekt, biotexnologiya, farmatsevtika va sanoatning boshqa istiqbolli tarmoqlarini qamrab oluvchi Yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berishni taklif qilaman”3 degan edi. Shundan so‘ng SI 2024-yil 18-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida so‘zlagan nutqida, “... sun’iy intellekt kabi masalalarda qonunlar qabul qilishga zarurat bor”ligini, jahonda har bir sohaga sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar kirib kelayotganiga e’tibor qaratishimiz kerakligini ta’kidladi4. Ma’lumki, yaqin-yaqingacha, kundalik hayotimizda va ishlab chiqarishda robotlar, nobiologik neyron tarmoqlari va SIdan foydalanishni faqat fantastik va erishib bo‘lmaydigan hodisa sifatida qaralar edi. Biroq inson faoliyatiga yildan-yilga axborotlashuv va avtomatlashuv bu boradagi tasavvurlarni haqiqatga aylantirmoqda. Shu bilan birga, fan-texnika taraqqiyotining mazkur jarayonlari insoniyatga nafaqat foyda, balki shu bilan birga muayyan xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarishi mumkinligini inobatga olishimiz lozim. Guvohi bo‘layotganimizdek, so‘nggi paytlarda SI qarorlarining noadekvatligi va xavfli oqibatlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet tarmoqlarida tobora ko‘proq yoritilib, bu bilan bog‘liq bo‘lgan jamoatchilik munozaralari shiddatli tus olmoqda. Bu esa, aybdorlarni jazolash va boshqa masalalar yuzasidan qator savollarga yechim izlashimiz kerakligini anglatadi. SI mustaqil harakatlari orqali jinoyat sodir etishi, undan jinoyat quroli sifatida ishlatish, jinoyat qonunchiligi muhofaza qiluvchi obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan SI texnologiyalarini ishlab chiqarish uchun javobgarlik masalasi fuqarolik-huquqiy, balki jinoiy-huquqiy jihatdan tartibga solinishi kerak. Xalqaro normativ-huquqiy aktlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Mazkur qadriyatni muhofaza qilish uchun turli huquqiy munosabatlar o‘rtaga chiqadi. Jumladan O‘zbekiston jinoyat qonunchiligi vazifasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida belgilangan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashki
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sun’iy intellektning huquqiy maqomini belgilash masalalari, afzalliklari va ijtimoiy xavflilik masalalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sun’iy intellektning huquqiy maqomini belgilash masalalari, afzalliklari va ijtimoiy xavflilik masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, xalqaro standartlar, xavf-xatar, afzalliklar, konsepsiyalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025