Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLINING HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH – KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA
MUHIM OMILI SIFATIDA · Qurvonaliyev Jasurbek Qodirjon o’g’li
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Mazkur maqola orqali jamiyatdagi korrupsiyaviy omillar, korrupsiyaga qarshi kurashishda mamlakatimiz aholisining ahamiyati, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish chora-tadbirlari haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: korrupsiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat turlari, manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik. Bugungi kunga kelib, xalqaro iqtisodiyotga korrupsiyaga oid jinoyatlarning sodir etilishi oqibatida yetkazilayotgan zararning tobora ortib borayotgani natijasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada keng tadqiq etilishi, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. BMT Bosh kotibi A.Gutterish tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga asosan, jahon hamjamiyatida har yili 1 trillion AQSH dollari hajmida pora berish va olish holatlari sodir etiladi. Dunyo iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion AQSH dollaridan ortiq mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizini tashkil etadi1. B.Xodjayevning fikricha esa, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi2: Birinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashning preventiv choralari samaradorligiga erishish. Mazkur yo‘nalishga ko‘ra, korrupsiyani oldini olishning nazariy poydevori “ta’lim, xabardorlik va targ‘ibot” (Education, Awareness and Advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa “samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada davlat siyosati dunyoda (xususan, Singapurda) “one size fits all” (“barcha uchun bir xil mezon”) modeli asosida ishlab chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy ta’minlab 1 Corruption is costing the global economy $3.6 trillion dollars every year” 2018. [Электрон манба]. URL: https://www.weforum.org/agenda/2018/12/theglobal-economy-loses-3-6-trillion-to-corruption-each-year 2 http://uza.uz/oz/programs/korruptsiya-zhamiyat-kushandasi/zbekiston-korruptsiyaga-arshiandaykurashmo-da-17-01- 2019/168 www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 208 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi ko‘rsatilish lozim. Ikkinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida intergatsiyalashgan yondashuvni qo‘llash. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha institutlari bilan hamjihat faol harakatini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Bu borada O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri – aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan ma’lumotga tayangan holda ish olib borish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi. Uchinchi yo‘nalish – jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, korrupsiya bilan bog‘liq ayrim hattiharakatlarni kriminalizatsiyalash hamda xalqaro standartlarni to‘liq va to‘g‘ri qo‘llash. Bu borada xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab ta’magirlik qilish” kabi hatti-harakatlarni kriminalizatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqish vaqti keldi, deb o‘ylaymiz. To‘rtinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturining bajarilishi. Bu borada monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi kabi masalalar hal qilinishi lozim. Va nihoyat, beshinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashishning amonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish. Zamonaviy tendensiyaga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich – jamiyat a’zolari faolishtirokini kuchaytirish uchun ma’lumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish; ikkinchi bosqich – yangi texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish; uchinchi bosqich – korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoyatchilik ishtirokini ta’minlashning aniq tizimining amalda ishlashi. Huquqiy ong bu – qonunga, davlat organlari faoliyatiga, shuningdek, shaxslarning huquqiy tartibga solish sohasida sodir etilgan harakatlariga munosabatni ifodalovchi g‘oyalar, his-tuyg‘ular yig‘indisidir. Huquqiy ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi o'ziga xosligi uning odamlarning ijtimoiy va individual hayotining intellektual i
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola orqali jamiyatdagi korrupsiyaviy omillar, korrupsiyaga qarshi kurashishda mamlakatimiz aholisining ahamiyati, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksalt…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola orqali jamiyatdagi korrupsiyaviy omillar, korrupsiyaga qarshi kurashishda mamlakatimiz aholisining ahamiyati, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksalt… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquqiy ong, shaxsiy manfaatdorlik., huquqiy madaniyat turlari, Kalit so‘zlar: korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025