Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR – SAMARALI INVESTITSION QARORLARINI QABUL QILISH VOSITASI SIFATIDA
Dilshodjon O‘rinov · Rahmonberdi Abduvohidov
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning (fintech) investitsiya sohasidagi roli va ahamiyati o‘rganilib, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, blokcheyn, robot-maslahatchilar kabi fintech yechimlar investorlarning qaror qabul qilish jarayoniga qanday ta’sir qilayotgani yoritiladi hamda investitsion risklarrni kamaytirish, real vaqt rejimida ma’lumot olish, avtomatlashtirilgan tahlil imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Moliyaviy texnologiyalar, investitsiya, fintech, sun’iy intellekt, blokcheyn, risk tahlili, robot-maslahatchilar, avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar moliyaviy xizmatlar sohasiga keng kirib keldi. Bu o‘zgarishlar natijasida "fintech" deb ataluvchi moliyaviy texnologiyalar platformalari paydo bo‘lib, investorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Xususan, moliyaviy texnologiyalar investitsiya faoliyatida ma’lumotlarni tez va aniq tahlil qilish, qarorlarni avtomatlashtirish, real vaqt rejimida monitoring qilish, turli manbalardan ma’lumotlar yig‘ish va ularni foydali qarorlarga aylantirishda katta yordam bermoqda. An’anaviy investitsiya yondashuvida investorlar ko‘pincha tajriba, instinkt yoki cheklangan statistikaga asoslanib qaror qabul qilishgan. Biroq bugungi raqamli asrda bu usullar tobora o‘z dolzarbligini yo‘qotmoqda. Investitsiya muhitining tobora murakkablashayotgani, global bozorlardagi o‘zgaruvchanlik, iqtisodiy va siyosiy omillar moliyaviy qarorlarni yanada puxta va aniq asosda qabul qilishni talab qilmoqda. Aynan shunday sharoitda fintech texnologiyalar investorlar uchun dolzarb vositaga aylangan. Bugungi zamonaviy investitsiya muhitida qaror qabul qilish jarayoni an’anaviy tajriba va insoniy intuitsiyaga asoslangan yondashuvdan raqamli, avtomatlashtirilgan, tahlilga asoslangan yondashuvga o‘tmoqda. Bunga sabab, bozorning murakkablashuvi, ma’lumotlar hajmining ortishi va risklarning ko‘payishidir. Moliyaviy texnologiyalar (fintech) investorlarning bu yangi sharoitlarga moslashishiga imkon yaratadi. Fintech yordamida investitsiya qarorlari real vaqt rejimida tahlil qilinadi, xatoliklar kamayadi va samaradorlik oshadi. www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 80 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Investitsiya qarorlarini qabul qilishda ilg’or qo’llanilayotgan asosiy moliyaviy texnologiyalar - Sun’iy intellekt (AI) va mashinaviy o‘rganish (ML): Sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlar bozordagi katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘rganib, tahlil qiladi, ssenariylar yaratadi va tavsiyalar beradi. Masalan, AI asosida aktivlar baholanadi, portfel xatarlari tahlil qilinadi va investitsiya uchun eng samarali vaqti aniqlanadi. - Big Data (katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili): Big Data texnologiyalari orqali ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar, moliyaviy hisobotlar kabi turli manbalardan real vaqt rejimida ma’lumot yig‘iladi. Bu ma’lumotlar AI yordamida saralanib, qaror qabul qilishga tayyor holga keltiriladi. - Robo-maslahatchilar (robo-advisors): Bu avtomatlashtirilgan investitsiya maslahat tizimlari foydalanuvchining moliyaviy maqsadlari va xatarlarga munosabatiga qarab sarmoya portfeli tuzadi va uni boshqarib boradi. Ular odatda kichik investorlar uchun qulay yechim bo‘lib xizmat qiladi. - Algoritmik treyding(Algo-trading): Bu usul oldindan belgilangan algoritmlar asosida avtomatik savdolarni amalga oshiradi. Emotsiyalardan xoli bo‘lgan bu tizimlar tezkor bozor o‘zgarishlariga zudlik bilan moslashadi va xatoliklar ehtimolini kamaytiradi. - Blokcheyn texnologiyasi va smart-kontraktlar: Blokcheyn investorlar uchun shaffoflik, xavfsizlik va ishonch muhitini ta’minlaydi. Smart-kontraktlar esa aniq shartlar asosida avtomatik ravishda bajariladigan investitsion bitimlar tuzishga imkon beradi. - Kraudinvestitsiya platformalari; Bu platformalar orqali oddiy investorlar start- up va kichik bizneslarga sarmoya kiritishi mumkin. Bu esa diversifikatsiya imkoniyatini oshiradi. - DeFi (Decentralized Finance): DeFi — markazlashmagan moliyaviy xizmatlar bo‘lib, ular orqali foydalanuvchilar vositachilarsiz kredit, depozit yoki sarmoya operatsiyalarini amalga oshirishadi. Bu esa investitsiya xarajatlarini kamaytiradi va nazoratni foydalanuvchining o‘ziga beradi. - Vizual tahlil vositalari (Power BI, Tableau): Ushbu dasturlar katta ma’lumotlarni grafikalar orqali ko‘rsatib, qaror qabul qilish jarayonini soddalashtiradi. Investorlar murakkab ma’lumotlarni tez tushunadi va oqilona harakat qiladi O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi sharoitida moliyaviy texnologiyalar (fintech) investitsion faoliyatni yanada samarali tashkil etish va boshqarishda muhim omilga aylanmoqda. Mamlakatda raqamli moliyaviy xizmatlar infratuzilmasi rivojlanib borayotgani, investitsion qarorlarni qabul qilishda moliyaviy texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu texnologiyalar yordamida investorlar moliyaviy axborotlarni tezkor tahlil qilish, risklarni oldi
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning (fintech) investitsiya sohasidagi roli va ahamiyati o‘rganilib, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, blokcheyn, robot-maslahatchilar kabi fintech yechimlar inv…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning (fintech) investitsiya sohasidagi roli va ahamiyati o‘rganilib, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, blokcheyn, robot-maslahatchilar kabi fintech yechimlar inv… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish., risk tahlili, robot-maslahatchilar, fintech, Kalit so’zlar: Moliyaviy texnologiyalar, blokcheyn, sun’iy intellekt, investitsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026