К содержанию
РецензированоUZ2026

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING KONSTRUKTORLIKKA OID BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH

Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 296-300 · 2026

Аннотация

Talabalarning kasbiy xatti-harakati, faoliyatida innovatsionlik mavjudligini bir qator holatlar namoyon etadi. Bo‘lajak muhandislar muammolarni yangicha yondashuv asosida, nostandart shaklda yechishga harakat qiladilar. Innovatsionlik o‘ziga xos qobiliyat tarzidagi ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladilar. Innovatsionlik bir qator omillar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi yoki yashirin ko‘rinish kasb etishi ham mumkin. Ta'lim oluvchilarda innovatsionlikning namoyon bo‘lishida o‘quv jarayoni, unda qo‘llaniladigan metod va texnalogiyalar muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak muhandislar turli yangi g‘oyalar va integratsiyalashgan bilimlarga asoslangan holda kasbiy faoliyat tajribasini egallashlari lozim. Professor- muhandislar muayyan ijodiy vaziyatlarni yaratish orqali bo‘lajak muhandislarda kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Talabalar an'anaviy tafakkur tarzidan voz kechib yangi g‘oyalarni ilgari surish layoqatini egallaydilar. Bo‘lajak muhandislarning innovatsionlik imkoniyatiga egaliklari ularni bilish faolligiga undaydi. O‘z-o‘zini ijodiy jihatdan namoyon etish muayyan bilimlar doirasida amalga oshadi. Kalit so‘zlar: innovatsionlik, konstruktor, integrativ, loyiha, ob'ekt, an'anaviy, milliy, strategiya, integratsiya, nostandart, innovatsion yondashuv, verbal. Bo‘lajak muhandislarda konstruktorlik sohasidagi innovatsionlik ularning ijodiy faoliyatlari natijasi orqali baholanadi. Konstruktorning faoliyat natijalari verballigi, moslashuvchan obrazli xarakterga egaligi va betakrorligida namoyon bo’ladi. Konstruktorlik faoliyati natijalarining moslashuvchanligi strategiyalar, g‘oyalar, qarashlarning rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak konstruktorning yo‘nalishlar orasidagi mantiqiy aloqadorlikni anglashi muhim ahamiyatga ega. Konstruktorlik faoliyatidagi betakrorlik yangi g‘oyalarni ilgari sura olishida o‘z ifodasini topadi. Pedagogika entsiklopediyasida innovatsionlik (ijodiylik) (lot. innovation – yaratuvchanlik, ijodkorlik) – 1) qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon. 2) shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy qobiliyati ekanligi ko‘rsatilgan. Bo‘lajak muhandisning kasbiy xatti-harakati, faoliyatida innovatsionlik mavjudligini bir qator holatlar namoyon etadi. Bo‘lajak konstruktorlar muammolarni www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 112 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari yangicha yondashuv asosida, nostandart shaklda yechishga harakat qiladilar. Innovatsionlik o‘ziga xos qobiliyat tarzidagi ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladilar. Innovatsionlik bir qator omillar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi yoki yashirin ko‘rinish kasb etishi ham mumkin. Ta'lim oluvchilarda innovatsionlikning namoyon bo‘lishida o‘quv jarayoni, unda qo‘llaniladigan metod va texnalogiyalar muhim ahamiyatga ega. Talabalarda konstruktorlikka nisbatan qiziqishni shakllantirish muhandisning kasbiy kompetentsiyalariga bevosita bog‘liq. Bo‘lajak konstruktorlar turli yangi g‘oyalar va integratsiyalashgan bilimlarga asoslangan holda kasbiy faoliyat tajribasini egallashlari lozim. Muhandislar muayyan ijodiy vaziyatlarni yaratish orqali bo‘lajak konstruktorlarda kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Bo‘lajak muhandislar an'anaviy tafakkur tarzidan voz kechib yangi g‘oyalarni ilgari surish layoqatini egallaydilar. Bo‘lajak muhandislarning innovatsionlik imkoniyatiga egaliklari ularni bilish faolligiga undaydi. Bo‘lajak muhandislarda ijodkorlik sohasida katta tajriba to‘planishiga qaramasdan yangidan-yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj sezadilar. Mazkur bilimlar bo‘lajak muhandislar ham amaliy ham muayyan natijalarga erishishlarini ta'minlaydi. Konstruktorlikka oid aniq bilimlar zahirasi darsliklalr va o‘quv adabiyotlarda to‘laligicha o‘z ifodasini topmagan. Qolaversa bo‘lajak konstruktorning innovatsionligiga oid yagona yondashuv mavjud emas. Shuningdek konstruktorning innovatsionligini baholovchi yagona metodikani ishlab chiqish ehtiyoji mavjud. Mazkur metodika bo‘lajak muhandislarning konstruktor ijodkorligini baholash imkoniyatini berishi lozim. K.Rodjers ta'kidlashicha innovatsionlik tushunchasi doirasida muammo yechishning yangi usullarini hamda innovatsionlikni ifodalashning yangi yo‘llari tushuniladi. Shuningdek taniqli mutaxasis K.Teylor innovatsionlik muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘rtta muhim yo‘nalishni ajratgan. Ular: - innovatsion jarayonni amalga oshiruvchi ijodkor shaxs; - ijodkorlikka nisbatan ehtiyojning shakllanishi; - innovatsion jarayon; - innovatsion faoliyat natijasi; Turli ilmiy manbalarni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijodkor shaxs bir qator sifatlar va layoqatlarga ega bo‘ladi. Mazkur sifat va layoqatlar integrativ xarakterga ega. Bo‘lajak muhandislarda ijodkorlikning rivojlanishi barobarida shaxsiy sifatlari ham takomillashadi. Bunday sifatlar ijodkor shaxsning haqiqatlarni bili

Доказательный фрагмент

«Talabalarning kasbiy xatti-harakati, faoliyatida innovatsionlik mavjudligini bir qator holatlar namoyon etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Talabalarning kasbiy xatti-harakati, faoliyatida innovatsionlik mavjudligini bir qator holatlar namoyon etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, milliy, strategiya, integrativ, Kalit so‘zlar: innovatsionlik, nostandart, konstruktor, an'anaviy, ob'ekt, loyiha, verbal., integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники