К содержанию
РецензированоUZ2026

MAXSUS KIYIMLARNI ISHLAB CHIQARISHDA MANZILLI LOYIHALASH TAMOYILLARI ASOSIDA AVTOMOBIL SANOATI XIZMATCHILARNI MAXSUS KIYIMLARINI TADQIQI

Nuriddinova Rohila Pazlitdin qizi

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 5 · 2026

Аннотация

Bugungi kunda tikuvchilik korxonalari uchun buyurtmasining ishlab chiqarish kiyimlari segmenti eng katta ulushini egallaydi. Endilikda maxsus kiyim nafaqat himoya funksiyalariga, balki estetik talablarga ham javob beradigan, shuningdek, korxonaning korporativ identifikatorining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, hozirda jozibali imidjni yaratish har bir korxona rahbarining maqsadi hisoblanmoqda. Annotatsiya: Today, the production clothing segment occupies the largest share of orders for sewing enterprises. Now special clothing meets not only protective functions, but also aesthetic requirements, and is also one of the components of the corporate identity of the enterprise, and now creating an attractive image is considered the goal of every business leader. Аннотатция: Сегодня сегмент производственной одежды занимает наибольшую долю заказов швейных предприятий. Сейчас специальная одежда отвечает не только защитным функциям, но и эстетическим требованиям, а также является одной из составляющих фирменного стиля предприятия, а создание привлекательного имиджа считается целью каждого руководителя предприятия. Endilikda maxsus kiyim nafaqat himoya funksiyalariga, balki estetik talablarga ham javob beradigan, shuningdek, korxonaning korporativ identifikatorining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, hozirda jozibali imidjni yaratish har bir korxona rahbarining maqsadi hisoblanmoqda. Voropoeva N.K. [1] tomonidan yuqori estetik, ergonomik, himoya xususiyatlarga ega bo'lgan konkret ekspluatatsiya sharoitlarini va korxona imidjini inobatga olgan holda firmali kiyimlarni manzilli loyihalash tamoyillari asosida ishlab chiqarish metodologiyasi, maxsus kiyimlar assortimentining ratsional tarkibini ishlab chiqish uchun asosli maqsadli funksiyasiga ko‘ra firmali ishlab chiqarish kiyimlarining o‘xshash guruhlarini aniqlash usuli taklif qilingan. Alyumin korxonasi ishchilari maxsus kiyimlari sifati tanlangan material xususiyatlariga bog‘liqligi matematik modeli ishlab chiqilgan, universal invariant konstruksiya asosida erkaklar maxsus kiyimlar kolleksiyasi yaratilgan, kiyim orqasida yorqin rangdagi firmali ishchi belgisi bosma usulda tayyorlangan. Biroq, erkaklar maxsus kiyimlari bazaviy asoslari ЕМКО СЭВ konstruksiyalash uslubi asosida AvtoCAD avtomatlashtirilgan dasturda ishlab chiqilgan. [2] ishlarda ЕМКО СЭВ uslubidagi konstruksiya elementlarini aniqlashdagi www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 3 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari noaniqliklar va avtomatlashtirilgan tizimlarda egri chiziqlarni loyihalash to‘liq formallashtirilmaganligi kiyim o‘rnashuv sifatiga ta’siri asoslangan. N.V.Afinogenteva [3] tomonidan shuningdek, manzilli loyihalash tamoyillari asosida avtomobil sanoati xizmatchilari uchun konkret ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olgan yuqori ergonomik, estetik, himoya xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus kiyimlarni ishlab chiqilgan. Ayollar kurtkasi va kombinezoni yangi modellari AvtoCAD avtomatlashtirilgan dasturda SNIIShP uslubi asosida rubashkabop yeng o‘miz-yeng parametrlarini optimizatsiyasi asosida konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Yangi poliefir tarkibli matolardan himoya elementlarini qo‘llash orqali bir yil ekspluatatsiya davomidagi kuzatishlarida maxsus kiyimning himoya funksiyalarining oshirilganligi, kiyimning yemirilish uchastkalarining kamayganligi va yuqori mehnat unumdorligiga erishilganligi asoslangan. Biroq, SNIIShP uslubidagi tavsiya qilinadigan qo‘shimchalar qiymatining konstruktiv elementlar o‘zgarishiga bog‘liqligi tadqiq qilinmagan, [4] ishdagi kabi maxsus kiyimlar konstruksiyalarini AvtoCAD avtomatlashtirilgan dasturlarida ishlab chiqish mehnat unumdorligiga ta’sir qiladi. Maxsus kiyimlarni loyihalashga ilmiy yondashuvning asosiy tamoyillari mahalliy mutaxassislar tomonidan 1926-1928 yillarda, Mehnat Xalq Komissarligining taklifiga binoan mamlakat ilmiy muassasalarida maxsus kiyimlarni o'rganish boshlandi. 1932- yilda “Ish kiyimlari” birinchi kolleksiya-katalogi nashr etildi, unda birinchi marta mahalliy sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat kiyimlari tizimlashtirilgan. Mamasolieva tadqiqot ishida [5] avtoservis korxonasi ishchilari yangi tolaviy tarkibli gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim mikroiqlimining ko‘rsatkichlarini an ajralib turadigan paxta va poliefir, poliester aralash tolali matolar o‘rniga maxsus kiyimlar uchun yangi gigienik xususiyati oshirilgan paxta+modal tarkibli to‘qima buyumlarning kam kirishuvchanligini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan, kiyim detallari ipli birikmalarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari asoslangan. Biroq, maxsus kiyim gigienik sifat ko‘rsatkichlariga tanlangan materiallarining xususiyatlari bilan bir qatorda muhim - kiyim osti mikroiqlimi parametrlarining konstruksiya parametrlariga bog‘liqligi ta’sirini o‘rganilmagan, avtomobil sanoatining agressiv omillarga bardoshligini tadqiq qilinmagan. D. Xakimova tomonidan avtomobil yo‘llarini ta’mirlovchi ishchilari maxsus kiyimlari

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda tikuvchilik korxonalari uchun buyurtmasining ishlab chiqarish kiyimlari segmenti eng katta ulushini egallaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda tikuvchilik korxonalari uchun buyurtmasining ishlab chiqarish kiyimlari segmenti eng katta ulushini egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ishlab chiqilgan, maxsus kiyim, maxsus kiyimlar, ishlab chiqarish, maxsus kiyimlari, bog liqligi, avtocad avtomatlashtirilgan
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники