К содержанию
РецензированоUZ2026

MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISHDA ISHTIROK ETUVCHI SUBYEKTLAR: ISH BERUVCHI VA XODIMNING HUQUQIY MAQOMI

Sultonov Jasur Rustam o‘g‘li

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mehnat shartnomasini tuzishda ishtirok etuvchi asosiy subyektlar — ish beruvchi va xodimning huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Shuningdek, mehnat huquqiy munosabatlarining shakllanishida ushbu ikki tomonning roli, majburiyatlari va huquqlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: ish beruvchi, xodim, shartnoma, subyekt Mehnat shartnomasi bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan, ma’lum bir ishni bajarish, mehnat sharoitlari, ish haqi va boshqa muhim jihatlarni belgilab beruvchi huquqiy hujjatdir. Tabiiyki bu hujjatni tuzish shartnomaning subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladi. Mehnat huquqining subyektlari deganda mehnat qonunchiligiga ko‘ra, ijtimoiy mehnat munosabatlarida ishtirok eta oladigan hamda bu sohada subyektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladigan yuridik hamda jismoniy shaxslar nazarda tutiladi. Amaldagi Mehnat kodeksining 19-moddasiga muvofiq, xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlaridir. Shuningdek, mehnat huquqi subyektlari bo‘lib ish beruvchi va xodimlarning vakillik organlari ham qatnasha oladilar. Mehnat bozorining zaruriy ishtirokchilaridan biri ish beruvchidir. Ish beruvchi mavjudligi tufayligina mehnat bozori mavjud bo‘ladi va faoliyat yurita oladi. Ish beruvchi mehnat bozorining iste’molchisi bo‘lib, bozorga taklif etilayotgan ish kuchining tovar sifatidagi bahosi uning tomonidan bildiriladigan talabga bog‘liq bo‘ladi1. Qonunchilikda, ish beruvchining huquqiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, ish beruvchi — bu xodim bilan mehnat shartnomasini tuzuvchi va unga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq ish joyini tashkil etish, ish haqi to‘lash, xavfsizlik va boshqa sharoitlarni yaratish majburiyatini oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Ish beruvchi sifatida qonunda belgilangan tartibda ta’sis etilgan va davlat ro‘yxatiga olingan yuridik shaxslar mehnat munosabatlarida qatnashishlari mumkin. Ish beruvchi sifatida mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar mulkchilik shakli, oldiga qo‘yilgan maqsadi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishlari mumkin. Ular davlat mulkiga asoslangan xo‘jalik tashkilotlari va davlat korxonalaridan, nodavlat 1 Муаллифлар жамоаси. Меҳнат ҳуқуқи. Дарслик. –Т.: ТДЮУ нашриёти, 2018. – 62 бет. www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 16 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari mulkchilik shaklidagi tadbirkorlik subyektlaridan (tijoratchi tashkilotlar), notijorat tashkilotlardan, davlatning markaziy va mahalliy idoralaridan, tijorat va notijorat tashkilotlarining birlashmalari (korporatsiyalar)dan, xorijiy sarmoya asosida tashkil etilgan chet el korxonalari hamda chet el investitsiyasi ishtirokidagi qo‘shma korxonalardan, tegishli hollarda vakolatnoma asosida ish yurituvchi korxona va tashkilotlarning filiallaridan iborat bo‘lishi mumkin2. Ish beruvchilar xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish, jamoa muzokaralari tashabbusi bilan chiqish va jamoa shartnomalarini tuzish, xodimlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish; ichki hujjatlarni qabul qilish kabi huquqlarga ega hisoblanadi. Xodim esa bu ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzib, belgilangan ishni bajarishga va mehnat intizomiga rioya qilishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxsdir. Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Bunda shaxslar mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lishi lozim. Albatta, yosh masalasida qonunchilikkda turli mustasno holatlar ham mavju. Jumladan, yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining o‘qitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga — ular o‘n besh yoshga to‘lishi bilan ota-onadan birining yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 15 yoshga to‘lmagan shaxslar bilanota-onasining har ikkisi rozilik bildirgan va vasiylik hamda homiylik organi ruxsat bergan taqdirda mehnat shartnomasi tuzishga ruxsat beriladi. Tabiiyki, bu ularning sog‘lig‘iga va ma’naviy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa va bunda shartnoma tuzish madaniy-tomosha muassasalari, televideniye, radioeshittirishlar hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida yoki professional sport sohasida ijodiy ishlar yaratish va ijro etishda ishtirok etish uchungina tuzilishi mumkin. Bunday kasblarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 2. Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексига шарҳ (илмий-амалий, моддалар бўйича шарҳлар). – Т.: «Адолат», 2018 й. – 864 б. 3. Муаллифлар жамоаси. Меҳнат ҳуқуқи. Дарслик. –Т.: ТДЮУ нашриёти, 2018. – 505 бет. 2 Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексига шарҳ (илмий-амалий, моддалар бўйича шарҳлар). – Т.: «Адолат», 2018 й. – 66 б. www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 17

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mehnat shartnomasini tuzishda ishtirok etuvchi asosiy subyektlar — ish beruvchi va xodimning huquqiy maqomi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mehnat shartnomasini tuzishda ishtirok etuvchi asosiy subyektlar — ish beruvchi va xodimning huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xodim, Kalit so‘zlar: ish beruvchi, shartnoma, subyekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники