К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY O‘QUVCHIDA METAKOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM VA TARBIYA INTEGRATSIYASI: NAZARIYA VA AMALIYOT

ZAMONAVIY O‘QUVCHIDA METAKOMPETENSIYALARNI · NAZARIYA VA AMALIYOT · Jumayeva Mukarrama Bekzod qizi · UNESCO Global Citizenship Education (Guliston davlat pedagogika instituti magistranti) · P), bu kompetensiyalar markaziy (Guliston davlat pedagogika instituti magistranti)

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Maqolada XXI asrda o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishida metakompetensiyalarning – ya’ni tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik, o‘zini boshqarish, jamoaviy ishlash va axloqiy tanlov ko‘nikmalarining ahamiyati yoritiladi. Ta’lim va tarbiya jarayonining integratsiyalashuvi asosida ushbu metakompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar, xalqaro va milliy tajribalar asosida tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: metakompetensiyalar, integratsiyalashgan ta’lim, tanqidiy fikrlash, ijtimoiy-emotsional tarbiya, axloqiy qaror, kompetensiyaviy yondashuv, milliy qadriyatlar Bugungi ta’lim shunchaki fanga oid bilimlarni egallash emas, balki o‘quvchini shaxs sifatida mustahkamlash, uni jamiyatdagi murakkab, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvchan, ongli qaror qabul qiluvchi va ijtimoiy faol fuqaroga aylantirishni ko‘zda tutadi. Shu munosabat bilan zamonaviy pedagogikada “metakompetensiyalar” atamasi keng qo‘llanilmoqda. Metakompetensiyalar – bu o‘quvchining mustaqil fikrlashi, o‘zini anglash va boshqarish, ijtimoiy vaziyatlarda ijobiy muloqotga kirishish, emotsiyalarni boshqarish, turli madaniyatlarni tushunish kabi yuqori darajadagi kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalar majmuasidir. Dunyo ta’lim konsepsiyalarida (masalan, OECD Learning Compass 2030, UNESCO Global Citizenship Education, P21), bu kompetensiyalar markaziy o‘rinda turadi. O‘zbekistonning Milliy tarbiya konsepsiyasida esa bunday ko‘nikmalarni shakllantirish axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar va ijtimoiy faol fuqarolik mezonlariga asoslangan. Ushbu maqolada metakompetensiyalarni rivojlantirish uchun ta’lim (bilim va ko‘nikmalar) hamda tarbiya (qadriyat va xulq)ning integratsiyalashgan metodikasi ishlab chiqiladi. Tadqiqot quyidagi metodlar asosida olib borildi: Nazariy tahlil: xalqaro (OECD, UNESCO, P21) va milliy (Milliy tarbiya konsepsiyasi, DARS, DTS) hujjatlar solishtirildi. Pedagogik kuzatuv: 6–9-sinflarda tashkil etilgan dars va tarbiya mashg‘ulotlari tahlil qilindi. www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 27 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari So‘rovnoma: 85 nafar o‘qituvchi va 140 nafar o‘quvchidan metakompetensiyalarga oid ko‘nikmalar bo‘yicha fikrlar olindi. Diagnostika vositalari: O‘quvchilarning muammoli vaziyatlarga bo‘lgan qarashlari, ijtimoiy-axloqiy tanlovi, emotsional barqarorlik darajasi baholandi. O‘quvchilar metakompetensiyalarning quyidagi turlarida sezilarli o‘sishga erishdi: jamoada ishlash (28% o‘sish), emosional boshqaruv (22%), tanqidiy fikrlash (26%). Eng samarali metodlar qatorida: rol o‘ynash, CASE-metod, loyiha ishlari, bahs-munozaralar, empatiya mashqlari aniqlangan. Tarbiya mashg‘ulotlariga zamonaviy metodikalar integratsiya qilinishi o‘quvchilarda axloqiy qaror qabul qilish qobiliyatini oshirdi. Raqamli texnologiyalar, xususan, padlet, flipgrid, kahoot, emotsional holatni ifoda etuvchi vizual vositalar metakompetensiyalarni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Metakompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim va tarbiya alohida emas, balki bir butun integratsiyalashgan pedagogik tizimda ishlashi kerak. O‘quvchi darsda tanqidiy fikrlashni o‘rganar ekan, shu bilan birga axloqiy mezonlar asosida ijtimoiy tanlov qilishga ham o‘rgatilmog‘i lozim. Milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya – bu o‘quvchining shaxsiy e’tiqodi, ijtimoiy mas’uliyati, madaniy ongini mustahkamlovchi resursdir. Xalqaro konsepsiyalardagi “ijtimoiy-emotsional o‘rganish” (SEL) tamoyillari bilan bu yondashuv uyg‘unlashganda, real hayotga tayyor bo‘lgan, ma’naviy barkamol shaxs shakllanishiga erishiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metakompetensiyalarni shakllantirishda o‘quvchining shaxsiy tajribasini muhokama qilishga yo‘naltirilgan yondashuvlar ayniqsa samaralidir. Bunda o‘quvchilar hayotiy vaziyatlarga nisbatan axloqiy, ijtimoiy va emotsional javob qaytarishga o‘rganadilar. Bu esa ularning o‘z fikrini erkin bildirish, boshqalarning nuqtai nazarini tushunish va hurmat qilish kabi ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, darslarda faqatgina faktlarni yod olishga emas, balki savol berishga, izlanishga, muqobil yechimlarni topishga undovchi metodlar (masalan, debatlar, “fikrlar ko‘prigi”, SWOT-tahlil) metakompetensiyalar rivojida muhim o‘rin egallaydi. Bu metodlar o‘quvchini passiv bilim oluvchidan faol fikrlovchiga aylantiradi. Milliy tarbiya konsepsiyasidagi “avlodlar uzviyligi, tarixiy xotira, axloqiy me’yorlar” kabi tushunchalarni dars jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat hissi kuchayadi. Masalan, tarix fanida mustaqillik yo‘lidagi fidokorlar faoliyati haqida bahs olib borish, adabiyotda qahramonlar axloqiy tanlovini muhokama qilish orqali o‘quvchilarning axloqiy fikrlashi faol rivojlanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bu jarayonda qo‘shimcha quvvat vazifasini bajaradi. Xususan, o‘quvchilar padlet, Google Forms, Canva, Jamboard kabi www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 28 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

Доказательный фрагмент

«Maqolada XXI asrda o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishida metakompetensiyalarning – ya’ni tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik, o‘zini boshqarish, jamoaviy ishlash va axloqiy tanlov ko‘nikmalarining ahamiyati yorit…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada XXI asrda o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishida metakompetensiyalarning – ya’ni tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik, o‘zini boshqarish, jamoaviy ishlash va axloqiy tanlov ko‘nikmalarining ahamiyati yorit… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: metakompetensiyalar, integratsiyalashgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, axloqiy qaror, milliy qadriyatlar, tanqidiy fikrlash, ijtimoiy-emotsional tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники