Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ
PSIXOLOGINING O‘RNI · Sabatayeva Jadira Nurpeisovna · Duysebaeva Aqmaral Nuraliyevna
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab psixologining o‘rni va roli tahlil qilinadi. Bugungi kunda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish muhim pedagogik-psixologik vazifa hisoblanadi. Maktab psixologi o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini aniqlash, kasbiy orientatsiya testlari, suhbatlar, diagnostik metodikalar orqali ularning kelajak kasb tanloviga yordam beradi. Maqolada kasbiy yo‘naltirishning bosqichlari, maktab psixologining hamkorlik tamoyillari, ota-onalar va pedagoglar bilan birgalikdagi ishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy psixologik yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida kasb tanlashga oid qarorlar qabul qilish mexanizmlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: kasb-hunar, yo‘naltirish, maktab psixologi, kasbiy orientatsiya, psixologik maslahat, qiziqish, qobiliyat, shaxsiy rivojlanish, test-diagnostika, kasb tanlash Prezidentimiz tomonidan yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart- sharoitlar yoshlarni ta’lim-tarbiya olishida, kelajakda kasb-hunar egallashiga va yetuk kadr bo‘lib chiqishiga poydevor bo‘lmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni kelajakda o‘z o‘rnini topishi va davlatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi uchun ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, qiziqishlari bo‘yicha kelajakda mutahassis kadr bo‘lib yetishishi uchun ta’lim tizimida bir qator tavsiyalar, qaror va buyruqlar mavjud. Bugungi kunda, mustaqil yurtimizdagi inson ruhiyatini o‘rganish, tadqiq qilish, qiziqishidan kelib chiqibkasb-hunarga yo‘naltirish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunda ta’lim dargohining amaliyotchi psixologlari tomonidan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari keng ko‘lamda tashkil etib kelinmoqda. Misol uchun olib borilayotgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: 1. O‘quvchilarni kasb-hunar kolleji va oliy ta’limga olib borish, ta’lim tizimi bilan tanishtirish; www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 191 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 2. Maktabda “Kasblar guldastasi”, “Kasbim fahrim”, “Men tanlagan kasb”, “Kasb tiplari”, “Odam-tabiat”, “Odam-odam” kabi ko‘plab tadbirlarni tashkil etilishi; 3. Ertalabki saflanishda kasblar to‘g‘risida kichik maruzalarning tashkil etilishi; 4. Maktabning kirish qismida “Kasblar burchagi” ning tashkil etilishi; 5. 6-11-sinflarda kasb tanlash motivini aniqlash, intellekt tiplari, kasb talash kabi ko‘plab metodikalarning o‘tkazilishi va natijalar tahlil etilib tavsiyalar ishlab chiqilishi; 6. Sinflarda trening va davra suhbatlarining tashkil etilishi; 7. O‘quvchilarni to‘garaklarga yo‘naltirilishi va nazorat etilishi; 8. Tashxis markazi tomonidan tashkil etilgan kasbim kelajagim platformasida o‘quvchilar ishtirokini ta’minlanishi, nazorat etilishi; 9. Yuqori sinf o‘quvchilarini “Ustoz-shogird” a’nanasi bo‘yicha ish tashkil etish va nazorat qilish; 10. Oliy ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha maktabda hamkorlikda ish tashkil etish, bitiruvchilarni fan o‘qituvchilariga biriktirish. Yuqoridagi misollarni yana bir nechta sanash mumkin, maktab psixologi bu kabi ishlarni tashkillab olib borishi natijasida maktab o‘quvchilari kelajakda kasb-hunar egallab, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishadi. Mashg‘ulotlarni bolalarni qiziqishlariga qarab tashkillash lozim. Boshlang‘ich sinflardagi bolalarga ertaklarni tinglash va muhokama qilish, unga o‘z fikrini bildirish, rebus, turli boshqotirmalarni yechiush bilan, ularning aqliy-intellektual qobiliyatini rivojlantirish orqali kasbga bo‘lgan ilk qiziqishi rivojlantirib boriladi. 12-13 yoshga kelib esa o‘quvchilarni ko‘plab mashxur insonlar - olimlar, yozuvchilar, bastakorlar, rassomlarning ilm- fanga, adabiyot, musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirib borishi mumkin. 15-16 yoshlarda o‘quvchilarni kasbiy ma’lumotlar, kasblarning insonlarga qo‘yadigan talablari, mehnat jarayonlarining xususiyatlari, mazkur kasblarni egallash borasida o‘quvchilar o‘rtasida har xil so‘rovnomalar, suhbatlar tashkil etish maqsadga muvofiq. Ularni o‘ziga yoqqan kasbga qat’iy qiziqish hosil qilish uchun zarur ma’lumotlar bilan tanishtirish, to‘g‘ri maslahatlar berib boorish, o‘zining individual-psixologik xususiyatlariga mos keladigan kasb-hunarga yo‘naltirish foyda beradi. Mazkur ishlarning dastlabki bosqichi albatta, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi psixologlar tomonidan tashkil etiladi va nazoratga olinadi. Kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida kasbiy o‘zinini o‘zi belgilashda o‘quvchilar orasida ikkita toifadagi o‘quvchilar ajralib turadi. Birinchilari, bu hayotda hali qiziq narsa topa olishmaydi. Shunday bo‘ladiki, o‘qituvchilar ularda biron bir fanga muhabbat uyg‘ota olishmaydi va iste’dodlar hali ham tuproqqa ko‘milgan holda bo‘ladi, yashiringan holatda. Bunday bolalar yaxshi o‘qishlari mumkin, lekin ular
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab psixologining o‘rni va roli tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab psixologining o‘rni va roli tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jismoniy zoʻravonlik, Kalit so‘zlar: zoʻravonlik, ijtimoiy moslashuv, huquqiy ong, fuqarolik jamiyati, empatiya, profilaktika, tolerantlik, psixologik tazyiq, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026