К содержанию
РецензированоUZ2026

SAYLOV JARAYONIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O‘RNI

MADANIYATNING O‘RNI · Tojiboyeva Zohidaxon Yuldashboy qizi · Saylov Jarayonida Huquqiy Ongning Roli (Andijon davlat pedagogika Instituti magistranti)

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu tezizda saylov jarayonlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanishidagi o‘rni tahlil etiladi. Saylovlar fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyatda ijtimoiy faollikni rivojlantirish omili sifatida qaraladi. Shuningdek, saylov jarayonining shaffofligi [ochiqligi] va adolatliligi huquqiy madaniyatni shakllantirishga ta’siriini ko‘rsatishi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Saylov, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, demokratiya, fuqarolik jamiyati, siyosiy ishtirok, saylov huquqi, shaffoflik, adolatlilik. Demokratik jamiyatda saylov jarayonida fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Saylovlar erkin, shaffof va tog’ridan to’g’ri o‘tishi uchun fuqarolar o‘z huquqlarini to‘liq tushunishi, qonunlarni hurmat qilishi va o‘z burchi bilan mas’uliyatini anglab yetishi lozim. Buning uchun esa huquqiy ong va huquqiy madaniyat kerakli miqdorda rivojlangan bo‘lishi kerak. Huquqiy ong – bu fuqarolarning ya’ni aholining saylov jarayoniga oid bilim va tushunchalari, qonunlarga bo‘lgan xurmati. Huquqiy madaniyat esa – fuqaroning huquqlarini bilish, qonuniy yo‘llar bilan ularni amalda qo’llay olishi, boshqalarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish qobiliyatidir. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida saylov jarayonining shaffofligini ta’minlashda yoshlar va xotin qizlarni huquqiy savodxonligini oshirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Jumladan yoshlar va xotin qizlarni ijtimoiy- siyosiy faolligini yuksaltirish, saylovdagi savodxonligini oshirish bo’yicha o’quv qo’llanmalar bilan birga media-ta’lim reuslarini tayyotlash, yanada qiziqarli bo’lishi uchun zamonaviy texnalogiyalarda ko’zgazmali materiallar tayyorlash muhum o’rin tutadi. Saylov Jarayonida Huquqiy Ongning Roli Huquqiy ongi yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov jarayonida. Saylovlarda faol ishtirok etadi – Har bir fuqaro o‘z ovozi orqali davlat boshqaruvida ishtirok etishi mumkinligini tushunadi. Nomzodlarni tanlashda ongli qaror qabul qiladi – Huquqiy ongli fuqaro manipulyatsiya yoki noto‘g‘ri axborot ta’siriga tushib qolmaydi. Saylov jarayoni qonuniyligini nazorat qiladi – Fuqarolar saylov qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishi, huquqbuzarliklarni aniqlashi va bu haqida tegishli organlarga murojaat qilishi mumkin. Saylov natijalariga nisbatan ongli munosabat www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 199 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari bildiradi – Natijalardan norozi bo‘lsa, qonuniy vositalar orqali o‘z fikrini bildiradi. Agar huquqiy ong past bo‘lsa, fuqarolar saylovlarda ishtirok etishning muhimligini tushunmaydi, saylov jarayonida noqonuniy harakatlarga duch kelgan taqdirda ham bu haqda xabar bermaydi. Saylov Jarayonida Huquqiy Madaniyatning O‘rni Huquqiy madaniyat – bu insonning huquqiy ongining hayotdagi amaliy ifodasidir. Ya’ni, qonunlarga hurmat bilan yondashish, ularni ongli ravishda bajarish va boshqalarning huquqlarini hurmat qilish huquqiy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridir. Saylov jarayonida huquqiy madaniyat shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni his qilish, boshqalarning tanloviga hurmat bilan yondashish, qonuniy tartibga rioya qilish orqali namoyon bo‘ladi. Saylov Jarayonida Huquqiy Madaniyatning Ta’siri: Huquqiy madaniyat saylov jarayonining quydagi jihatlarida muhim rol o‘ynaydi. Saylov jarayonining qonuniyligini ta’minlash – Huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan fuqarolar saylov qonunchiligiga amal qiladi va uni boshqalarga ham tushuntiradi. Saylov axloqini shakllantirish – Nomzodlar va saylovchilarning bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, haqiqatga asoslangan siyosiy tashviqot olib borishi saylov jarayonining madaniy jihatlarini mustahkamlaydi. Saylovoldi tashviqoti madaniyatini rivojlantirish – Nomzodlar o‘z dasturlarini targ‘ib qilishda hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, fuqarolar esa o‘z tanlovini ongli ravishda amalga oshirishi saylov madaniyatining yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi. Saylov natijalarini hurmat qilish – Saylov natijalari e’lon qilingach, ularni hurmat bilan qabul qilish yoki qonuniy asosda norozilik bildirish madaniyati rivojlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, 2019 y. (oxirgi o‘zgarishlar bilan 2023 y.). Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi – 2030. – T.: O‘zbekiston, 2022. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi materiallari, 2023. Huquqiy madaniyat asoslari. – T.: Adolat nashriyoti, 2023. Karimov N. “Fuqarolik jamiyatida saylov madaniyatining o‘rni”. – Adolat, №1, 2024. OSCE/ODIHR Final Report on Uzbekistan Parliamentary Elections, 2024. Mamatov A. “Yoshlarning huquqiy ongi va saylov madaniyati”. – Yosh huquqshunos jurnali, 2023. Saylov va demokratiya: xalqaro tajribalar. – T.: Oliy Majlis nashriyoti, 2022. Andijon viloyati Saylov komissiyasi statistik byulleteni, 2024. www.elections.uz – O‘zbekiston Respub

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezizda saylov jarayonlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanishidagi o‘rni tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezizda saylov jarayonlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanishidagi o‘rni tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaffoflik, huquqiy ong, adolatlilik., huquqiy madaniyat, Kalit so‘zlar: Saylov, siyosiy ishtirok, demokratiya, fuqarolik jamiyati, saylov huquqi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники