Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUVAYDO IJODIDA ROBIYA ADAVIYA OBRAZINING BADIIY TALQINI
Zaripova Dilfuza Baxtiyorovna
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Huvaydo ijodida Robiya Adaviya obrazining badiiy talqini tahlil etiladi. Unda Robiyaning tasavvufiy qarashlari, ma’naviy yetukligi, ruhiy poklik va ilohiy muhabbatga bo‘lgan intilishi Huvaydo asarlarida qanday aks etgani yoritiladi. Maqolada shoirning obraz yaratish mahorati, tasvir vositalaridan foydalanish uslubi va tarixiy shaxs obrazini badiiy timsolga aylantirishdagi yondashuvlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, Robiya Adaviya siymosi orqali ayol zotining ruhiy-axloqiy kamolot sari intilishi va tasavvufda tutgan o‘rni Huvaydo poetikasida qanday ifoda topgani tahliliy jihatdan yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: Robiya Adaviya, tasavvuf, badiiy talqin, ayol obrazi, ma’naviyat, ilohiy muhabbat, o‘zbek adabiyoti, ruhiy kamolot, tarixiy shaxs. Xo‘janazar Huvaydo o‘zining shar’iy-axloqiy mulohazalarini ibratli hayotiy lavhalar bilan dalillash maqsadida musulmon dunyosida dovruqli mutasavvuf Ibrohin Adham haqidagi she’riy hikoyatini keltiradi. Mazkur lavhalarda yana bir taniqli ma’naviy-ruhiy arbob Robiyayi Adviya ham ishtirok etadi. Ibrohim Adham o‘n to‘rt yil sahro kezib Makkayi Mukarramaga yеtib keladi. Ammo Ka’batulloh o‘z o‘rnida yo‘q ekan. O‘sha muqaddas makonda hozir bo‘lganlar muborak sajdagohning Robiyayi Adviya istiqboliga chiqqanligini ma’lum qilishadi. Tabiiyki, bunday kutilmagan hodisa Ibrohim Adham fig‘onini falakka ko‘taradi. Shunday qilib, Ibrohim va Robiya Adviya o‘rtasidagi mashhur savob-javob boshlanadi. Xo‘sh, Robiyayi Adviya kim? Huvaydo bu obrazni nega qissasiga kiritdi? Robiyayi Adviya zohidlikda nom chiqargan mashhur so‘fiy ayol edi. 718- milodiy yilda Basrada tug‘ilib, 801-milodiy yilda vafot etgan. Farididdin Attor o‘z tazkirasida Robiyaning g‘aroyib odatlari, manoqiblari va karomat-u munojotlaridan xiyla naqllar keltiradi. Jumladan, “kunlardan bir kun ikki shayx Robiyani ko‘rgani keladilar va ular och edilar. Robiyaning ikki noni bor edi, ularning oldiga qo‘ydi. Shu topda bir gadoy eshikni taqillatdi va bir nima so‘radi. Robiyaning hech narsasi yo‘q edi. U mehmonlar oldidagi ikki nonni olib, gadoyga berib yubordi. Shayxlar ajablanib qoldilar”1 “Naql qiladilarki, bir kechasi Hasan Basriy shogirdlari bilan Robiyaning oldiga boradilar. Robiyaning chirog‘i yo‘q edi, eranlar esa yorug‘lik xohlardilar. Robiya barmog‘ini 1 Абдуллаев А. Тасаввуф ва унинг намоёндалари. –Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти. 2009. –Б.105. www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 216 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari pilik qilib pufladi, shu zahoti u shamga aylanib, tonggacha yonib turdi”. “Bir kuni Hasan Basriy Robiyaga aytdi: turmushga chiqish niyating bormi?” Dedi: “Nikoh vujud (tirik tana)ga munosibdir. Bu o‘rinda tirik tana (jism) yo‘q, chunki men o‘zimning manim emasman va men Unikiman va Uning soyasi ostidaman. Meni Allohsan so‘rash kerak (mening roziligimni Allohsan so‘rash kerak)”2. Robiya bu yo‘lda tun-u kun tavba-tazarru va ibodat qilishdan tashqari tilda va dilda hamisha Olloh nomini zikr etish, unga mehr-muhabbat bog‘lab, uni butun vujudi bilan sevish ila band bo‘ldi. Shunda jannat va do‘zax, mol-dunyo va o‘zining jism-joni bu yo‘lning qurboni bo‘ldi. U jisman butunlay yo‘qolgan edi, o‘zi o‘ziniki emasdi. Balki u o‘zini Ollohniki deb bilardi va uning soyasida yashardi. Shu bois Robiyaning Ollohga bo‘lgan oshiqona kechinmalari xiyla dardli sado berardi va unda Olloh sevgisi shu qadar kuchli ediki, shoira hayotiy sevgini tamoman yoddan chiqarib yuborgandi. Demak, Robiya uchun hayotiy sevgi va real yor jamoli Olloh sevgisi va uning nuroniy jilvasining in’ikosi emasdi. Olloh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muhabbat bog‘lab, uning diydorini oxiratda ko‘rish zohidona ta’limotning yorqin ko‘rinishi ediki, Robiya shu yo‘lda jonini fido etdi. Tadqiqotchi Abduraimova Gulshoda Abdurashid qizi “Huvaydoning “Rohati dil” dostonida Robiya Adviya obrazi” nomli maqola3 e’lon qilgan. Maqola annotatsiyasida “Tojur rijol” unvoni haqida yozilgan. Ammo maqolada bu unvon haqida annotatsiyada yozilgan bo‘lsa-da, maqolada unvon to‘g‘risida tahlil berilmagan. Biz ushbu unvon haqida ma’lumot berishni joiz deb bildik. “Tojur rijol” (tojur-rijāl / جات لاجرلا) – bu arabcha atama bo‘lib, “erkaklar (yoki odamlarga) bosh bo‘lgan”, “odamlar orasida eng ulug‘i”, “erkaklarning tojidir” degan ma’noni anglatadi. Lug‘aviy tahlil: “Tāj” (جات) – toj, bosh kiyim, ramziy ma’noda ulug‘lik, yuksak martaba. “Rijāl” (لاجرِ ) – erkaklar, kishilar, odamlari degan ko‘plik so‘z (yagona shakli: “rajul”)4. Shunday qilib, “Tājur rijāl” degani “erkaklar tojidir”, ya’ni kishilar orasida eng sharafli, hurmatli, ulug‘ inson degan ma’noni bildiradi. Bu unvon ko‘pincha buyuk avliyolar, so‘fiylar, yetuk allomalar yoki rahbar darajasidagi shaxslarga nisbatan ishlatiladi. U ruhiy va axloqiy yuksaklik darajasiga yetgan shaxsni madh etish uchun qo‘llanadi. Masalan, agar bir so‘fiy shayx yoki olim uchun “Tajur rijol” deyilsa, bu u kishining odamlar ora
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Huvaydo ijodida Robiya Adaviya obrazining badiiy talqini tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Huvaydo ijodida Robiya Adaviya obrazining badiiy talqini tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy talqin, ruhiy kamolot, tasavvuf, ayol obrazi, o‘zbek adabiyoti, ilohiy muhabbat, ma’naviyat, tarixiy shaxs., Kalit so‘zlar: Robiya Adaviya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024