К содержанию
РецензированоUZ2026

GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIA ILOVALARIDAN KENGROQ FOYDALANISH XUSUSIDA AYRIM MASALALAR

Mirislomov Mirdavlat

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktab geografiya darslarida multimedia ilovalaridan kengroq foydalanish asnosida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish va mazkur fan xususidagi umumiy tasavvurlarini kengaytirish xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Multimediali texnologiyalar, geografiya ta’limi, elektron xarita, geografik kinofilmlar, slayd-shou, animatsiya Kirish. Zamon shiddat bilan o‘zgarayotgan bir vaqtda,geografiya darslarini hamon ana’naviy usulda o‘tishni davom etish biz kutgan natijani bermasligi mumkin.Shu bois,boshqa fanlar qatorida geografiyada ham multimedia vositalaridan samarali foydalanish talab etiladi.Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish vakadrlami qayta tayorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Uning o‘zi nima degan savol tug‘ladi? K o‘pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib,multimedia bu - informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalariasosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o ’quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlanganholdagi ko‘rinishi deb hisoblash mumkin.Ma’lumki, inson m a’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80% ) vaeshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqdanganva kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi).Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtdaishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou,animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlaminge ’tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimedialitexnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishgaimkon beradi.Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarniboshqarishga imkon beradi, ya’ni interfaol bo‘lishi mumkin.Multimediali taqdimot ma’lumotni to‘g ’ridan to‘g ’ri qabul qilishnita’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha m a’lumotlarniko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. M a’lumotniqabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishdamultimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasmva tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar,animatsiya va uch www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 234 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari o‘lchamli grafikalami o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish(nusxalash) xarajatlarining kamligini va saqlashmuddatining uzoqligini ta’minlaydi [1; 34 ] Asosiy qism. Geografiya darslarida foydalaniladigan o‘qitishning texnik vositalarini quyidagi guruhga bo‘lishimiz mumkin: - o‘qitishni audiovizual vositalari; - o‘qitishda videotexnika vositalaridan foydalanish; - o‘qitishda axborot vositalaridan foydalanish. O‘qitishni audiovizual vositalariga o‘quv kinosi, teleeshittirishlar, diafilmlar, diopozitivlar, transparantlar kiradi. O‘qitishni audiovizual vositalariga o‘quv kinosi, teleeshittirishlar, diafilmlar, diapozitivlar va transparantlar kiradi. Geografiya darslarida kinofilmlardan foydalanish. Kinofilmlardan geografiya darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi, boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Dars jarayonida kinofilmlardan to‘la foydalanish mumkin, uning bo‘limlaridan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofilmni namoish qilishni darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Ayrim kinofilmlardan to‘la, ayrimlaridan qisman foydalanish mumkin. Kinofilmlar dars jarayonida foydalanishga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - maxsus o‘quv maqsadlarida chiqarilgan filmlar; - ilmiy- ommabop kinofilmlar; - tabiat komponentlarining ayrim qismlariga bag‘ishlangan filmlar (tog‘lar,o‘rmonlar, daryolar, ko‘llar, hayvonot dunyosi va h. k.) - badiiy filmlar; -videofilmlar. Maxsus o‘quv filmlari aniq bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi. Masalan, tog‘lar, Sahroi Kabir cho‘li, tundra, o‘rmonlar va h.k. Ilmiy-ommabop kinofilmlar asosan keng halq ommasiga mo‘jallab chiqariladi. Dars jarayonida uning ayrim qismlaridan foydalanish mumkin. Tabiat komponentlarini ayrim qismlariga bag‘ishlangan kinofilmlardan ham dars jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, hayvonlarni ayrim turlariga, okean mavjudotlariga, aholiga va uning turmush tarziga bag‘ishlangan filmlar. Badiiy filmlarni ham ayrim dars mavzusiga oid qismlaridan foydalanish mumkin. Bunday filmlar toifasiga sarguzasht filmlar ko‘proq kiradi. Unda tasvirlangan tabiat manzaralari, o‘simlik va hayvonot dunyosidan dars jarayonida foydalanish mumkin. Turli xil videofilmlardan ham mavzuga mos joylaridan foydalanish mumkin. Yuqorida aytilganidek kinofilmlardan darsning boshida, ya’ni o‘tilgan darslarni takrorlashda, yangi mavzuni o‘tishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Takrorlash darslarida mavzu bo‘yicha kinofilm yoki uning bir qismi namoyish qilinad

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktab geografiya darslarida multimedia ilovalaridan kengroq foydalanish asnosida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish va mazkur fan xususidagi umumiy tasavvurlarini kengaytirish xusus…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktab geografiya darslarida multimedia ilovalaridan kengroq foydalanish asnosida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish va mazkur fan xususidagi umumiy tasavvurlarini kengaytirish xusus… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Multimediali texnologiyalar, elektron xarita, geografiya ta’limi, animatsiya, slayd-shou, geografik kinofilmlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники