Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DISKURS TUSHUNCHASI VA UNING ASOSIY YONDASHUVLARI
Maxmudova Fotima
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 1952
Аннотация
Ushbu tezisda akademik diskursning mazmuni, uning asosiy xususiyatlari va tahlil usullari o‘rganiladi. Asosan nutq aktlari nazariyasi, kommunikativ pragmatika va til birliklarining kontekstda qo‘llanilishi tahlil markazida turadi. Ishda turli adabiy manbalar va ilmiy qarashlardan foydalanilgan. Tezis ilmiy matnlarni tahlil qilishda nazariy va amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: akademik diskurs, pragmatika, nutq aktlari, kontekst, tilshunoslik, kommunikativ strategiyalar, lingvistik tahlil, ilmiy uslub, diskursiv birliklar, interaktivlik Kirish. Zamonaviy tilshunoslikda diskurs tushunchasi o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Diskurs nafaqat til hodisasi, balki ijtimoiy, madaniy va psixologik omillarni o‘zida mujassam etgan murakkab kommunikativ birlikdir. Diskurs turli sohalarda, xususan, siyosat, ta’lim, jurnalistika va ommaviy axborot vositalarida faol qo‘llaniladi. U jamiyatdagi muloqot jarayonlarini tahlil qilish, ularni chuqur anglash va baholashda asosiy vosita hisoblanadi. Z. Harris tomonidan 1952 yilda fan doirasiga kiritilgan “diskurs tahlili” atamasi bugungi kunda turli yondashuvlar asosida rivojlanib kelmoqda. Diskurs – bu nutqiy akt bo‘lib, u muloqot vaqtida yuzaga keladigan kommunikativ voqelikdir. U faqat til vositalarigagina emas, balki muloqot konteksti, nutq ishtirokchilari, ularning ijtimoiy statusi, niyati, maqsadi va muloqot vaziyati bilan bog‘liq. Diskursning tarkibiy elementlariga quyidagilar kiradi: kommunikantlar (status-rol holati), muloqot maydoni (vaqt, joy, kommunikativ vaziyat), muloqot motivlari, nutq strategiyalari, aloqa kanali, uslub va janr. Demak, diskurs bu – muayyan ekstralingvistik omillarni o‘z ichiga olgan, kontekstga bog‘langan nutqiy faoliyatdir. Diskurs tahlili – bu lingvistik hodisalarni muloqot kontekstida, ijtimoiy va madaniy omillar bilan birgalikda o‘rganishdir. Diskurs tahlili uch asosiy komponentga e’tibor qaratadi: 1) diskurs tipologiyasi (diskurs turlarini tasniflash, ularning parametrlarini aniqlash); 2) diskurs tuzilmasi (diskurs qanday komponentlardan tashkil topishi); 3) diskursiv hodisalar (til va muloqotdagi hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik). Mazkur yo‘nalishlar diskursni faqatgina lingvistik jihatdan emas, balki ijtimoiy- www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 178 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari ma’naviy va madaniy kontekstda tahlil qilish imkonini beradi. Diskurs tahlilida E. A. Kojemyakin tomonidan to‘rtta asosiy yondashuv ajratilgan: formal, pragmatik, funksional va tanqidiy. – Formal yondashuv matnning lingvistik xususiyatlari, grammatikasi va tuzilishini o‘rganadi. Bu yondashuvga V. Prop, R. Bart, K. Levi-Stross kabi olimlar vakil hisoblanadi. – Pragmatik yondashuv so‘zlovchining nutqdagi niyati, kommunikativ strategiyalar, muloqot konteksti va maqsadlarini tahlil qiladi. Bu yondashuv doirasida V. Labov, J. Ostin, J. Serl, E. Shegloff, G. Jefferson kabi olimlar ishlagan. – Funktsional yondashuv diskursni ijtimoiy amaliyot sifatida ko‘radi. M. Peshyo, N. Feyrklo, K. Gergen bu yondashuv tarafdorlaridandir. – Tanqidiy yondashuv esa ideologik diskurslarni, hokimiyatga asoslangan nutqlarni tahlil qiladi. E. Laklau, Sh. Muff kabi tadqiqotchilar ushbu yondashuv asoschilaridandir. Diskurs orqali jamiyatdagi ijtimoiy institutlar, munosabatlar va normalar shakllanadi. Shu ma’noda, diskurs faqat aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, balki ijtimoiy tuzilmalarning rivojiga xizmat qiluvchi vosita hamdir. Diskurs ijtimoiy ongni shakllantirish, mafkura singdirish va kommunikatsiyadagi kuch munosabatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tanqidiy yondashuvda aynan shu jihatlar asosiy tahlil obyektiga aylanadi. Xulosa qilib aytganda, diskurs tahlili tilshunoslikning ko‘p qirrali yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu tahlil orqali til hodisalari muloqot jarayoni, ijtimoiy kontekst va madaniy muhit bilan bog‘liq holda chuqur o‘rganiladi. Turli yondashuvlar asosida olib boriladigan diskurs tahlili bugungi kunda siyosiy, ijtimoiy va ommaviy sohalarda samarali qo‘llanmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Harris, Z. (1952). Discourse analysis. Language journal. 2. Kojemyakin, E.A. (2008). Diskurs va uning asosiy yondashuvlari. Moskva. 3. Kibrik, A.E. (2009). Diskursiv hodisalar tahlili. Lingvistika va kommunikatsiya. 4. Laklau, E. & Muff, Sh. (2001). Diskurs nazariyasi va siyosiy tahlil. 5. Peshyo, M. (1997). Funktsional yondashuvlar. Til va jamiyat. 6. Labov, V. (1972). Language in the Inner City: Studies in the Black English Vernacular. 7. Ostin, J.L. (1962). How to Do Things with Words. Oxford University Press. www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 179
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda akademik diskursning mazmuni, uning asosiy xususiyatlari va tahlil usullari o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda akademik diskursning mazmuni, uning asosiy xususiyatlari va tahlil usullari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy uslub, Kalit so‘zlar: akademik diskurs, tilshunoslik, nutq aktlari, lingvistik tahlil, kontekst, kommunikativ strategiyalar, pragmatika, diskursiv birliklar, interaktivlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025