Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADID SHEʼRIYATIDA ANʼANAVIY RAMZLAR
Ismatova Mohigul To‘yevna
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
O‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan. Jadid she’riyatida mazkur obrazga yuklangan ma’no yanada kengayganligini ko‘rishimiz mumkin. Cho‘lpon , Fitrat , Avloniy, Siddiqiy Ajziy, So’fizoda o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega ijodkorlar. Ularning she’rlarida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarning ramziylashtirilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur maqolada jadid she’riyatida ramziy obrazlar orqali badiiy talqin qilingan ijtimoiy-siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan. Kalit so‘zlar. Ramz, folklor, mifologiya, mumtoz , Navoiy , farishta gul, istiqlol, mustamlaka, tong. Ramzlar - sheriyatda fikrni badiiy va obrazli talqin etish vositasi. Mumtoz adabiyot namoyondalari soʼzlarni faqat toʼgʼridan toʼgʼri maʼnosi bilan ishlatibgina qolmay, soʼz va maʼnoga asoslangan badiiy sanʼatlar – ramzlardan unumli foydalanib, soʼzlarning barcha uchun maʼlum maʼnolaridan tashqari yangi maʼnolarda ham qo’llaganlar. Shu orqali oʼziga xos estetik ta’sir etuvchi yangi tasvir yaratganlar. Аyniqsa, kundalik hayot hodisalari hamda diniy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy tushunchalarlar borki, ijodkorlar bunday tushunchalarni oʼziga xos ramzlar bilan ta’riflab , gʼayrioddiy assotsiatsiyalar yaratish orqali tilning estetik qadriyatga ega boʼlishini taʼminlaganlar . Bu esa soʼzlarning maʼno chegaralarini kengaytirish orqali sheʼr tilini boyitishga xizmat qilgan. Eʼtibor bersak, har bir davr sheʼriyatining o’sha zamon aksi yanglig’ oʼziga xos ramzlari vujudga kelgan. Shu nuqtayi nazardan bunday tasvirlash orqali badiiy soʼz sanʼatida ularning qoʼllanishi ham bevosita davrning ijtimoiy-siyosiy, diniy – axloqiy qarashlari bilan bogʼliqligini ko’rish mumkin. Masalan, xalq ogʼzaki ijodi namunalarida ramziylik haqida gap ketganda, birinchi navbatda gul – maʼshuqa, bulbul – oshiq, raqib – tikan ramzlarida berilishi xotiramizga keladi. Bu timsollarda vaqt o’tishi bilan maʼnoning kengayib borishi esa ular orqali boshqa maʼnoni tashishiga olib keladi. Jumladan, folklorda “gul” maʼshuqa ramzi sifatida talqin etilgan boʼlsa, “gul” orqali ifodalangan mazkur maʼno mumtoz sheʼriyatda saqlanibgina qolmay, u boshqa maʼnolarda ham qoʼllanganligi kuzatish mumkin. Masalan, oʼzbek mumtoz sheʼriyatida “gul-vard” (atirgul) paygʼambarimiz Muhammad (s.a.v)ning timsoli boʼlib kelganligi fikrimizning yorqin misolidir. www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 34 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari "Sheʼr - bu til ichida boshqa tilni yaratishdir" - deydi simvolist shoirlar. Аlbatta, kundalik hayotda aytmoqchi boʼlgan fikrlarni oddiy jumlalarda ifodalash mumkin, lekin taʼriflamoqchi boʼlgan “voqeligimiz” boshqa odamda biz foydalangan va ifodalagan ta’rif ,tavsif soʼz yoki timsolimizga qarab oʼzgaradi. Аdabiyot tarixiga nazar tashlasak, har bir davr oʼzining ramzlarini yaratadi. Demakki, badiiy adabiyotda yaratilgan barcha ramzlar o’z zamonasining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy, maʼnaviy – axloqiy va shu kabi turli muamolari bilan bogʼliq. Eng qadimgi yodgorliklarda ham majoziy tasvir, ramz-u oʼxshatishlar orqali ijtimoiy–siyosiy masalar talqin qilingan. Buni quyida “Kul tegin” yodgorligidan keltirilgan parcha misolida ham koʼrishimiz mumkin. Qoning suvdek yugurdi, Soʼngaking togʼdek yotdi. Qattiq oʼgʼil bolang qul boʼldi, Sulu qiz bolang choʼri boʼldi. Bilmaganing uchun, tubanliging uchun Togʼam qogʼon ucha ketdi, Boshiga qirgʼiz qogʼoning balbalin tikdim. Parchadagi “suvdek yugurdi”, “togʼdek yotdi”, “ qul boʼldi”, “choʼri boʼldi”, “ucha ketdi” “balbalin tikdim” kabi birikmalarda tarixiy voqelikning badiiy talqini sifatida o’z davrning ijtimoiy – siyosiy hayotini jonlantirgan. Ijtimoiy – siyosiy muammolar hamma zamonlarda asosiy masala boʼlgan. Biroq davr oʼtishi bilan faqat bu mammolar oʼzgaribgina qolmay, balki ularni ifodalash tarzi ham oʼzgarib borgan. Jahon adabiyotida XIX asrning oxirlari XX asr boshlarida shakllangan simvolizm adabiyot sahniga oʼziga xos ifoda tarziga ega boʼlgan oqim sifatida kirib keldi. Simvolizmning asosiy xususiyati soʼz va belgilar yordamida his-tuygʼularning nozik qirralarini sheʼr qatiga singdirishdan iboratdir. Shuniing uchun simvolistlar sheʼriyatni “sokin qoʼshiq” deb taʼriflaydilar. Simvolistlar aniq bir obraz oʼrnida uning sifati yoki ramziga urgʼu berishni oʼz ijodiy uslublarining muhim elementlaridan biri sifatida qabul qilganlar. Bunday yondashuv esa ularning asarlarida his -tuygʼularni taʼsirchan ifodalash uchun samarali vosita boʼlib xizmat qilgan. Oʼzbek sheʼriyatida simvolizm XX asrning boshlarida rus va Yevropa simvolizmi taʼsirida kirib kelgan. Bu harakatlar oʼzbek adabiyotida yangi uslub va obrazlarni shakllanishiga sabab boʼldi. XX asrning boshlarida shakllangan “jadid adabiyoti” oʼzbek adabiyotining tarkibiy qismi sifatida shakllandi. Jadid adabiyoti oʼzbek adabiyoti tarixida yangi davrni boshlab berganligi koʼp
Доказательный фрагмент
«O‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- istiqlol, Navoiy, Kalit so‘zlar. Ramz, folklor, mustamlaka, mifologiya, mumtoz, farishta gul, tong.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025