Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA CHET TILLARINI VIZUAL O’RGATISH
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA · Mirzaolimova Farangiz Farhodjon qizi
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается вопрос обучения иностранным языкам детей дошкольного возраста с использованием наглядных средств, а также современных и эффективных методов. Также подчеркиваются преимущества, педагогические достоинства и возможности практического применения этих инновационных подходов. Отмечается, что такие методы играют важную роль в повышении интереса детей к изучению языков и развитии их коммуникативных навыков. Ключевые слова: метод, интерактивный, кинестетический, визуальный, дошкольное образование Hozirgi kunda chet tillarini o’rganishga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda.Mamlakatimizda maktab va oliy ta’lim bosqichidagi ko’plab yoshlarga xorijiy tillarni o'rganishga zaruriy sharoitlar yaratilgan.Shuningdek, bolalarga bilim berishning ilk bosqichini qamrab olgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham bundan mustasno emas. 5-7 yosh oralig’i bolalarda so’z boyligi o’sishining eng cho’qqisiga to’g’ri keladi. Bu davrda bolalarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish, atrofdagi insonlar bilan erkin muloqot qilish, taqlid qilish va so’zlarni tezda eslab qolish qobiliyatlari yuqori darajada rivojlanadi. Kichik yoshdagi bolalar uchun murakkab grammatik qoidalar, formulalar orqali tilni o’rgatishdan ko’ra ularga qiziqarli, interaktiv va vizual metodlardan foydalanib bilim berish ancha samara beradi.Sababi, ular uchun hikoyalarni tushunish, o’yinlarda g’alaba qozonish qiziqarliroq. Yangi so’zlarni esa o’z ko’zi bilan ko’rib, www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 53 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari eshitib yoki his qilib yodlaganda xotirasida uzoq vaqt saqlanishi ham ko’zda tutiladi.Bunda bola o’zini qandaydir murakkab tilni o’rganayotgandek his qilmaydi, aksincha ushbu usullar uning nafaqat til o’rganishiga katta hissa qo'shadi balki, o’zini erkin his qilishi va o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Tillarni vizual o’rgatish metodi o’z ichiga o’quvchiga diagrammalar, xaritalar va rasmlar orqali tildagi yangi so’z va qoidalarni, tilning umumiy mohiyatini yetkazib berishni oladi.Misol uchun: boshlang’ich yangi so’zlarni o’rgatish jarayonida bir mavzu doirasidagi lug’atlarni surat ko’rinishida, maket o’yinchoq ko’rinishida yoki iloji bo’lsa haqiqiy holatida bolalarga ko’rsatish nafaqat ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi balki, dars jarayoni bolalar uchun zerikarli majburiyatdek emas, qiziqarli va esda qolarli bo’ladi. Shu bilan birgalikda ularda kichik va katta motorikaning rivojlanishiga hissa qo’shadi.Yana bir usullardan biri surat chizdirish orqali kichik yoshdagi o’quvchilarga tilni o’rgatish.Bu holatda ustoz ham, o’quvchi ham professional rassom bo’lishi shart emas.O’quvchi o’z qobiliyatidan kelib chiqib suratni chizishi, rang berishi va uni tasvirlab berishi, surat nomini, ranglarini o’rganayotgan tilida aytishi kerak bo’ldi.Ushbu usul bolalarda ijodkorlik qobiliyatini yanada yaxshilaydi, o’z fikrini mustaqil tarzda bildirish mobaynida bolada tanqidiy fikrlash bilan birgalikda yangi til ham rivojlanadi. Bu turdagi o’rganishda dars o’tilish muhiti va atmosferasi ham muhim ahamiyatga ega.Xona yetarli darajada ko’rgazmalar bilan to’ldirilganligi, shuningdek qiziqarli dars mashg’ulotlari olib borish uchun yetarli shart-sharoitlarning borligi ham ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki: 65 foiz insonlar vizual o’rganuvchilar, ya’ni ularda ko’rish va bajarish orqali o’rganish ehtimoli yuqoriroq.30 foiz insonlar esa eshitib ma’lumotni qabul qilishlari osonroq va qolgan 5 foizini esa kinestetik insonlar tashkil qilar ekan.Bundan ko’rinib turibdiki, aynan vizual o'rgatish samaraliroq ekan. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun xorijiy til o’rganishda vizual, interaktiv va ijodiy metodlardan foydalanish nafaqat bilimni mustahkamlashga, balki ularning tafakkuri, muloqot ko’nikmalari va o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.Shu bois, zamonaviy ta’lim tizimida aynan mana shunday yondashuvlarni keng qo’llash til o’rgatish samaradorligini oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Splashlearn. How to teach Visual learners- 10 effective ways 2. Teacherblog.ef.com 3. The Montessori Method by Maria Montessori www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 54
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается вопрос обучения иностранным языкам детей дошкольного возраста с использованием наглядных средств, а также современных и эффективных методов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается вопрос обучения иностранным языкам детей дошкольного возраста с использованием наглядных средств, а также современных и эффективных методов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- method, interactive, kinesthetic, visual, preschool, kinestetik, interaktiv, Kalit so’zlar: metod, vizual, maktabgacha ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025