К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA ORIPOV POETIKASIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI

Ravshonbekova Gulmira

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mahoratli shoir Abdulla Oripov she’riyatidagi tarixiy shaxslar obrazi xususida so‘z boradi. Tarixiy siymolarni yoritishdagi ijodkor mahorati aniq misollar va namunalar yordamida ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, tarixiy shaxslar, vatanparvarlik, “Qodiriy”, “Alisher”, “Temur bog‘lari”, “Bilol Habash”, “Qirg‘iz diyori”, “Maxtumquli” she’rlari. KIRISH. O‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri bo‘lmish Abdulla Oripov ijodi o‘zbek xalqining ruhiy olami, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligining badiiy ifodasidir. A. Oripov she’rlarining mazmuni boyligi va rang-barangligi bilan ahamiyatlidir. Ijodkorning asarlarida ko‘pincha vatan, millat, til, mustaqillik kabi mavzular uchraydi. U o‘z xalqining milliy o‘zligini shakilantirishni ta’minlash, tarixiy shaxslar haqida kitobxonlarga yetkazishni maqsad qilgan. Ko‘pgina she’rlarida nafaqat bugungi zamon, balki o‘tgan tarix sahifalari, ulug‘ ajdodlar siymosi ham o‘z aksini topgan. TAHLIL VA NATIJALAR. Shoir o‘z poetikasida tarixiy shaxslar obrazini yaratish orqali xalqning tarixiy ongini uyg‘otish, milliy g‘ururni mustahkamlash kabi ezgu maqsadlarni ko‘zlagan. Shoir o‘z asarlarida xalqining o‘tmishi bilan faxrlanishini tez-tez ta’kidlaydi. U she’rlarida Beruniy, Ulug'bek, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Zulfiya, Asqad Muxtor, G‘afur G‘ulom, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Maxtumquli kabi tarixiy shaxslar nomini tilga oladi. Ijodkor “Qodiriy” nomli she’rida A.Qodiriyga yuz ming jannat ravo bo‘lishini va Xudo bu yozuvchi uchun bundan ko‘pini berishini, chunki u shuncha yil do‘zaxiy kimsalar bilan yashab, ularga chidab kelganini ta’kidlaydi. Sizga yuz ming jannat bo‘lgaydir ravo, Balki bundan ko‘pin bergaydir Xudo. Shuncha yil do‘zaxi kimsalar bilan Chidab yashadingiz, Qodiriy bobo!” [7] Shoir “Alisher” nomli she’rida esa dunyoda nom qoldirish uchun vatanni buzish shart emas, degan naql haqiqat deydi. Ba’zilar nayzaning kuchi bilan maqtansa-da, Alisher Navoiy faqat qalamini ko‘rsatganligini yozadi: www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 97 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost. Kimdur pesh qilganda nayzaning kuchin, Alisher qalamni ko‘rsatgan xolos. [2] Bu misralar orqali “So‘z mulkining sultoni” bo‘lmish Alisher Navoiyning qalami o‘tkir va butun bir ijodi va yaxshi amallari orqali bu dunyo tarixida o‘zidan buyuk nom qoldirib ketganiga amin bo‘lamiz. A.Oripovning “Haj daftari” to‘plamiga kiritilgan “Bilol Habash” she’rida esa Bilol roziyollohu anhu haqida so‘z boradi. Payg‘ambar ummati — qora tan Bilol hamisha Rasulga kamarbasta bo‘lganligini, rost yo‘ldan hech qachon qaytmaganligini, azonni yakka bo‘lib aytgani va sadoqatli inson bo‘lganini yozadi shoir. Va she’r ushbu voqea bilan yakunlanadi: Rasuldan so‘rashdi: Bu qora habash, Jannat chehrasiga yarashgay qandoq? Javob shunday bo‘ldi:— So‘ylangiz bilib, Uning oq dilida iymon ohangi. Jannat hurlariga qora xol qilib, Bo‘lib berilgandir Bilolning rangi. [6] “Temur bog‘lari” she’rida shoir: Amir Temurni mag‘lub bo‘lsa ham g‘alaba qozonsa bo‘lsa ham uning mutlaq tarixda qayd etilishini bildiradi. Samarqand shahrini me’morga qiyoslaydi va uning ijodi Registon va Shohizinda ekanligini yozadi. Shu bilan birga, bobokolonimiz qurdirgan “Bog‘i behisht” va “Bog‘i shamol” obidalari ham shu yerda ekanligi va bu yodgorliklar ulug‘ moziydan ekanligini ta’kidlaydi. Mag‘lub bo‘lasanmi va yoki g‘olib, Tarixda qolgaydir oyog‘ing gardi. Temurning bog‘lari goho yo‘qolib, Gohida: - Men bor, deb zimdan ko‘kardi. Garchi Samarqand bu - aslida me’mor. Ijodi - Registon, Shohizindadir. Lekin, ahli jahon, aylang e’tibor: Temur bog‘ari ham axir, bundadir! U — Bog‘i behishtdir, u — Bog‘i shamol, Barchasi yodgordir ulug‘ moziydan. [3] A.Oripovning Chingiz Aytmatovga atalgan “Qirg‘iz diyori” she’rida: azamat Manas yurtiga, To‘qtag‘ulning vataniga, Alpomish va Navoiy yurtidan salom yo‘llaydi. U o‘zbeklarning nomidan qig‘izlar yurtiga mehr-muhabbatini yetkazadi, uni o‘z yurtini baland tog‘lar diyori, moviy ko‘llar maskani deb ta’riflaydi. Olatovning www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 98 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari qirg’izlar boshidagi oq qalpoqdek qor bilan jimirlab turganini, yam-yashil tekisliklarida behisob oppoq yaylovlar borligini, havosi qirg’iz xalqining qalbidek musaffoligini, noyob asarlari bilan Chingiz nomining dunyoga ma’lum ekanini ta’- kidlaydi: Azamat Manas yurti, To‘qtag‘ulning vatani, Alpomish va Navoiy yurtidan senga salom. Yuksak tog’lar o‘lkasi, moviy ko‘llar maskani - Qirg‘izlar diyoriga o‘zbeklardan ehtirom. Mangu oppoq qor bilan yaltiraydi Olatov, Bamisoli qirg‘izning boshidagi oq qalpoq. Yam-yashil yaylovlarda son-sanoqsiz oq o‘tov Qirg‘iz xal

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mahoratli shoir Abdulla Oripov she’riyatidagi tarixiy shaxslar obrazi xususida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mahoratli shoir Abdulla Oripov she’riyatidagi tarixiy shaxslar obrazi xususida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Bilol Habash”, Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, “Maxtumquli” she’rlari., tarixiy shaxslar, “Temur bog‘lari”, “Qodiriy”, vatanparvarlik, “Alisher”, “Qirg‘iz diyori”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники