К содержанию
РецензированоRU2026

SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY XULQ ATVOR

Erkinova Barno Aʼzam qizi

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Данная работа посвящена анализу процессов социализации личности и формирования социального поведения с точки зрения социологии и психологии. Социализация рассматривается как непрерывный и многогранный процесс усвоения индивидом норм, ценностей, традиций и правил, необходимых для полноценного участия в жизни общества. В процессе социализации www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 6 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari ключевую роль играют социальные институты — семья, образовательные учреждения, средства массовой информации, религиозные организации и группы сверстников. Ключевые слова. личность, социализация, социальное поведение, социальные нормы,ценности, культура, общество, социальные институты, семья, образование, сверстники, средства массовой информации, религиозные организации, социальные роли. Kirish qism. Inson jamiyat mahsuli sifatida doimo ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lib yashaydi. Shaxsning shakllanishi, o‘zligini anglashi va jamiyatda faol ishtirok etishi jarayoni ijtimoiylashuv orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv — bu shaxsning jamiyat hayotiga moslashuvi, undagi ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni o‘zlashtirib borish jarayonidir. Ushbu jarayon orqali inson jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.Shaxsning ijtimoiylashuvi faqat nazariy tushuncha bo‘lib qolmasdan, amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir insonning xulq-atvori, jamiyatdagi tutgan o‘rni, o‘zini qanday tutishi, boshqalar bilan qanday munosabatda bo‘lishi — bularning barchasi ijtimoiylashuv natijasidir. Ayniqsa, bolalik va o‘smirlik davrida bu jarayon kuchliroq kechadi, shaxsga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Adabiyotlar tahlili. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvori masalasi sotsiologiya, psixologiya, pedagogika hamda falsafa fanlarining kesishgan nuqtasida chuqur o‘rganilgan mavzulardan biridir. Bu jarayonning nazariy asoslarini yoritishda bir qator yirik olimlar va mutaxassislarning ishlari asosiy manba sifatida xizmat qiladi.Ijtimoiylashuv tushunchasi sotsiologiyada eng avvalo Emil Durkgeym, Georg Zimmel, va Talcott Parsons kabi klassik sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan. T. Parsons o‘zining “Ijtimoiy tizim” nazariyasida shaxsning jamiyatdagi rollari, ijtimoiy institutlar orqali shaxsga yuklatiladigan vazifalar va me’yorlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, ijtimoiy tizim barqarorligi uchun shaxslar ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishi va shu asosda harakat qilishi kerak.Psixologik yondashuvda esa A. Bandura, E. Erikson, Z. Freyd kabi mutaxassislarning ishlari alohida o‘rin tutadi. Masalan, Bandura o‘zining sotsial-kognitiv nazariyasida insonning ijtimoiy xulq- atvori modellashtirish orqali — ya’ni boshqalarning harakatlarini kuzatish, tahlil qilish va ularni o‘zlashtirish orqali shakllanishini ko‘rsatib beradi. Erikson esa shaxs rivojlanishini bosqichma-bosqich psixososial inqirozlar orqali izohlaydi va ijtimoiy identifikatsiyaning ayni bolalik va o‘smirlik davrida shakllanishini ta’kidlaydi. Tadqiqod metodlari. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvorini o‘rganishda bir qator ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalaniladi. Birinchi navbatda, kuzatish usuli qo‘llanilib, shaxsning tabiiy muhitdagi xatti-harakatlari, ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki, me’yor va qadriyatlarga moslashuvi bevosita kuzatiladi. Bu usul shaxsning www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 7 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari real ijtimoiy muhitdagi harakatlarini tahlil qilish imkonini beradi.Keyingi bosqichda, so‘rovnoma (anketirovka) usuli orqali turli yoshdagi respondentlarning ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar va xulq-atvorga oid qarashlari aniqlanadi. Bu usul ko‘plab insonlardan qisqa vaqt ichida ma’lumot yig‘ish imkonini beradi.Shuningdek, suhbat (intervyu) usuli orqali tadqiqot ishtirokchilari bilan chuqur suhbatlar o‘tkaziladi. Bu metod individual tajriba, ichki qarashlar, ijtimoiy bosim va shaxsiy moslashuv jarayonlarini yanada chuqurroq tahlil qilish imkonini yaratadi.Test sinovlari yordamida shaxsning psixologik holati, ijtimoiy intellekti, konformizmi, empatiyasi va boshqa shaxsiy ijtimoiy xususiyatlari o‘lchanadi. Bu metod orqali har bir ishtirokchining shaxsiy ijtimoiy tayyorgarligi va xulqiy pozitsiyasi aniqlanadi. Natija va muhokamalar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, shaxsning ijtimoiylashuvi murakkab va ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, unda turli ijtimoiy institutlar va omillar o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va ommaviy axborot vositalari shaxsning jamiyatdagi normalar, qadriyatlar va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi ijtimoiylashuv jarayoniga yangi o‘lchamlar qo‘shmoqda, bu esa shaxsning xulq-atvoriga ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatmoqda.Ijtimoiy xulq-atvor turlari orasida kon

Доказательный фрагмент

«Данная работа посвящена анализу процессов социализации личности и формирования социального поведения с точки зрения социологии и психологии.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная работа посвящена анализу процессов социализации личности и формирования социального поведения с точки зрения социологии и психологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
individual, socialization, social behavior, social norms, values, ijtimoiy xulq-atvor, deviant xulq-atvor, norma, jamiyat, madaniyat, ijtimoiy rol, ijtimoiy status, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy nazorat., oila, konformizm, psixologiya, sotsiologiya, sotsializatsiya, Kalit so‘zlar. Shaxs, ta’lim, ijtimoiylashuv, shaxsiy rivojlanish, qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники