К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LUG‘AT BIRLIKLARINING TURKUMLANISH MASALALARI

TURKUMLANISH MASALALARI · Ergasheva Aziza Abduhalim qizi · Durmatova Nilufar Shuxratovna (Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi)

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunosligimizda mavjud muammolardan biri so‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari va shu tamoyillar asnosida yuzaga kelgan tasnif turlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: strukturalizm, leksik ma’no, distributsiya, semantik tasnif, sintaktik tasnif. Annotation: In this article one of the existing problems in our modern linguistics is the principles of classifying words into categories and the types of classification that have arisen based on these principles. Key words: structuralism, lexical meaning, distribution, semantic classification, syntactic classification. Inson zotining o‘ziga xosliklaridan biri shundaki, u hamisha ko‘rgan, bilgan narsalarini turlarga, guruhlarga ajratishga moyil bo‘ladi. Bu insonning xotirasi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, unda ma’lum guruhlarga birlashgan birliklarni eslab qolish imkoni yuqori bo‘ladi. U bu kabi tasniflarni qiyoslash yoki zidlash orqali amalga oshiradi. Demak, e’tibor qaratilayotgan obyektlar soni ikkitadan ko‘pmi, ular orasida guruhlanish yuzaga keladi. Ma’lumki, tilda rang-barang son-sanoqsiz so‘zlar bor. Shu bois ham tilshunoslik tarixida olimlar so‘zlarni turkumlarga ajratishni diqqat markazida ushlaganlar. Tilshunoslik fanining rivojlanib, mukammallashib borishi bilan so‘zlarni turkumlash ishlari ham takomillashib bordi. Lekin hali hamon bu borada olimlar yakdil qarorga kelishgani yo‘q. Quyida bu masala yuzasidan bildirilgan o‘zbek tilshunos olimlarining nazariy qarashlari bilan tanishib chiqamiz. “So‘zlarni turkumlarga ajratuvchi mezonlar, belgilar to‘g‘risida ko‘p bosh qotirilgan. Bu muammoning yechilish tarixi hozirgi kunda uchta asosiy bosqich: strukturalizmgacha bo‘lgan davr; strukturalizm davri; strukturalizmdan keyingi davr, ya’ni hozirgi davrga ajratiladi” [Irisqulov,2008:90]. Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, strukturalizm oqimi paydo bo‘lgunigacha, ya’ni XX asrning 30- yillarigacha bo‘lgan davrda so‘zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, uch o‘lchov: so‘zlarning lekisik-grammatik ma’nosidan, so‘zlarning grammatik shaklidan, so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasidan foydalanilgan. www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 10 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Strukturalistlar esa faqat birgina belgi, ya’ni so‘zlarning distributsiyasidan foydalanishadi. So‘zlarning distributsiyasi deganda ularning boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyatlari tushuniladi. Hozirgi kun grammatikalarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda asosan besh belgi: –so‘zning leksik-grammatik ma’nosi; –so‘zning grammatik shakli; –so‘zning sintaktik vazifalari; –so‘z yasovchi morflar; –so‘zning distributsiyasidan foydalaniladi. [Irisqulov, 2008:91] Ushbu fikrlarga hamohang tarzda tilshunos olim H.Jamolxonov ot, sifat, son, fe’l, ravish turkumlari nominativ va signifikativ vazifa bajarishini, bu turkumlar asli birikma va gapning bo‘lagi vazifasida kelishiga ko‘ra mustaqil turkumlar deb nomlanganligini aytadi. “Lekin,– deydi olim,– ushbu turkumlarni mustaqil deb nomlashda leksik ma’no ham inobatga olingan. Ammo olmosh mustaqil ma’no anglatmaydi, shunga qaramay mustaqil turkumlar qatoriga kiritiladi. Ko‘rinadiki, hal qiluvchi belgi – birikmaning gapning bo‘lagi vazifasida kelishi” [Jamolxonov, 2005:128]. Shuningdek, olim o‘z kitobida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamani “yordamchi so‘z turkumlari”, modal, taqlid, undov so‘zlarni “alohida olingan turkumlar” nomi ostida izoh beradi. Yana bir guruh G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q. Mahmudov kabi olimlar hammuallifligida nashr etilgan “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” darsligida adabiy tilimiz tarixida ham so‘z turkumlari dastavval ikkita katta guruhga: mustaqil va yordamchi so‘zlarga bo‘linganligi keltirilgan[Abdurahmonov, 2008:71]. Darslikda shuningdek mustaqil so‘z turkumlari 3 guruhga ajratilgan: ism, fe’l, ravish. Ism guruhidagi fe’llar o‘z navbatida quyidagi turkumlarga bo‘linadi: ot, sifat, son, olmosh [Abdurahmonov, 2008:71]. Tilshunoslar bu turkumlar uchun so‘z o‘zgartiruvchi kategoriyalar(kelishik, egalik va shu kabilar) umumiy ekanini inobatga olib, bu jihatdan ularni bir guruhga – ism guruhiga birlashtirishgan. Lekin ularning har biri uchun maxsus so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lishi va ma’nosi jihatdan har qaysisi mustaqillik da’vo qilishi tabiiy. Yordamchi so‘z turkumlari masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular sintaktik vazifalariga ko‘ra 3 turkumga ajratilgan holda keltiriladi:ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Darslik mualliflari undovlarni ham shartli ravishda yordamchi so‘zlar guruhiga kiritish mumkin degan nazariyani ilgari surishgan[Abdurahmonov, 2008:71]. Nisbatan yangi darslik hisoblangan hozirda ko‘plab filologiya fakultetlari talabalariga asosiy darslik sifatida o‘qitilayotgan R. Sayfullayeva boshliq bir guruh taniqli tilshunoslar hammuallifligida yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida esa so‘z turkumlar tasnifi mutlaqo o‘zgachalikka yuz tutadi. Bunda so‘zlar semantik, morfologik, sin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy tilshunosligimizda mavjud muammolardan biri so‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari va shu tamoyillar asnosida yuzaga kelgan tasnif turlari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunosligimizda mavjud muammolardan biri so‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari va shu tamoyillar asnosida yuzaga kelgan tasnif turlari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
structuralism, lexical meaning, distribution, semantic classification, sintaktik tasnif., distributsiya, Kalit so‘zlar: strukturalizm, semantik tasnif, leksik ma’no
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники