Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH TARKIBIY QISMLARINI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI · Bo‘riyeva Shaxnoza Inat qizi
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari tahlil qilingan. Unda ijodiy fikrlashning asosiy tarkibiy qismlari — muammo qo‘yish, g‘oya ilgari surish, yechim topish va natijani tahlil qilish kabi bosqichlarni shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlarning o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi muhit yaratish, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining innovatsion shakllari misollar asosida yoritilgan. Tadqiqotda ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarga tayangan holda amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: ijodiy fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, innovatsion texnologiyalar, pedagogik metodlar, interfaol usullar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, o‘quvchilar faolligi, didaktik vositalar, tanqidiy fikrlash, ilg‘or tajriba Boshlang‘ich ta’limda о‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda evristik va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yо‘naltirilgan, ilmiy asoslangan ta’lim metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari boshlang‘ich ta’limda ishbop, roli, syujetli о‘yinlardan foydalanish tadqiqot doirasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yо‘llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish о‘z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qо‘yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop о‘yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bо‘ldi. Ta’lim jarayonida dars shakllarining о‘yin usullari sifatida о‘qitishning ma’lum bir paytida о‘tkaziladi. Ma’lumki, boshlang‘ich sinf о‘quvchisi kattalarning xatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qо‘llanilayotgan ishbop о‘yinlardan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mо‘ljallangan ishbop о‘yinlar takrorlash, www.pedagoglar.org 44-to’plam_1-qism_Iyun-2025 14 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari mustahkamlash, о‘tilganlarning qay darajada о‘rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli о‘yinlar, dramatik sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida о‘tkaziladi. Ishbop о‘yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi. Bunday о‘yinlar faqat bilishga odi bо‘lmay, dunyoqarashni kengaytirish, hamda hissiy ta’sir etishi bilan ham xarakterlidir. Masalan, boshlang‘ich ta’limda “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “Kaskad”, “Qanday?” kabi innovatsion metodlardan foydalanganda biz asosan ularni ishbop о‘yinlar tariqasida о‘tkazishga harakat qildik va natijada о‘quvchilarda ijodiy faoliyat rivojlanganligining guvohi bо‘ldik. Ijodiy fikrlash quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: Muammo qo‘yish – mavjud holatni tahlil qilish va unda mavjud kamchilik yoki imkoniyatni aniqlash;G‘oya ilgari surish – muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan turli fikrlar, yechimlar taklif etish; Yechimni tanlash va amalga oshirish – ilgari surilgan g‘oyalardan samaralisini tanlash va uni bajarish; Natijani baholash – bajarilgan ishni tahlil qilish, xulosa chiqarish va takomillashtirish. Bu jarayonlarni samarali tashkil qilish uchun an’anaviy metodlar yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli innovatsion texnologiyalarni joriy qilish zarurati yuzaga keladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda quyidagi innovatsion texnologiyalar samarali hisoblanadi: Interaktiv o‘qitish metodlari: “Aqliy hujum”, “Sinkveyn”, “Blits-so‘rov”, “Klaster” usullari orqali o‘quvchilarning fikrlash faolligi oshiriladi. Axborot- kommunikatsion texnologiyalar (AKT): Multimedia vositalari, elektron darsliklar, interaktiv doskalar yordamida darslar qiziqarli va samarali o‘tadi. Loyiha asosida o‘qitish: O‘quvchilar kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlarga yechim topish orqali ijodiy faoliyatga jalb etiladi. O‘yin texnologiyalari: Darsga o‘yin elementlarini kiritish orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va ishtiroki oshadi. Misol tariqasida, “Ertakni yangicha tugat” mashqi orqali o‘quvchilardan ijodiy g‘oyalar talab qilinadi. “Tasniflash daraxti” metodida esa fikrlarni mantiqiy guruhlash va tahlil qilish ko‘nikmasi shakllanadi. 1. Kо‘p xollarda sizga muammolar hal etishda “Nima qilish kerak?” haqida о‘ylashga hojat bо‘lmaydi. Muammo asosan “Buni qanday qilish kerak?” qabilida bо‘ladi. “Qanday?”-muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi. “Qanday?” iyerarxiya diagrammasi muammo haqida butunligicha umumiy tasavvurga ega b
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: ijodiy fikrlash, ilg‘or tajriba, pedagogik metodlar, didaktik vositalar, interfaol usullar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, tanqidiy fikrlash, innovatsion texnologiyalar, o‘quvchilar faolligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025