К содержанию
РецензированоUZ2026

HUQUQ VA HIMOYA: O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI ZO‘RAVONLIKKA QARSHI

ZO‘RAVONLIKKA QARSHI · Shamsiddinova Yulduz Ulug’bek qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Ushbu tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasida jinsiy zo’ravonlik jinoyatlariga qarshi kurashning huquqiy asoslari va amaliy masalalarini tahlil qilishga bag’ishlangan. Ishda shaxsiy daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarning ijtimoiy-huquqiy tahlili va ularning oldini olish choralari o’rganilgan. Kalit so’zlar: Jinsiy zo’ravonlik, shaxsiy daxlsizlik, jinsiy erkinlik, nomusga tegish jinoyati, konstitutsiyaviy kafolatlar, jinoyat huquqi, huquqiy himoya, oilaviy zo’ravonlik, voyaga yetmaganlar huquqlari, ijtimoiy xavflilik, kriminologiya, jinoyat statistikasi, huquqiy ong, ijtimoiy himoya, xalqaro huquq me’yorlari, Bosh qomusimiz bo‘lgan Respublikamiz Konstitutsiyasining 26-moddasida “har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega bo‘lishi”, “shaxsning o’z sha’ni, obro‘siga qilingan va qilinadigan tajovuzlardan himoyalanish”1 belgilab qo’yilganligi shaxs daxlsizligi davlat tomonidan huquqiy tartibda muhofaza ostiga olinganligidan darak beradi. Ta’kidlash lozimki, yangi qabul qilinganKonstitutsiyamizda shaxsiy huquq va erkinlaklarningdaxlsizligi kafolatlangan. Bundan kelib chiqibaytishimiz mumkinki, shaxslarning jinsiy daxlsizligiga va erkinligi ham, avvalo, Konstitutsiya bilanhimoyalangan. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, jinsiyerkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar insoniyatning ruhiy holati, ichki dunyosi va xulq -atvoriga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Bu esa kundan kunga jinsiyerkinlikka qaratilgan jinoyatlarning soni oshibborishiga sabab bo‘lmoqda. Shaxsiy daxlsizlik tushunchasi ya’ni, insonning jinsiy erkinligi bilan bog‘liq bo‘lganligi, buning natijasida bir vaqtning o‘zida bir necha obyektga tajovuz qaratilgan hisoblanadi, ham shaxsning sog‘lig‘iga, ham sha’ni qadir–qimmatiniga putur yetkizadi. Chunki zo‘rlik bu shaxsning sha’ni qadir-qimmatini qamrab oladi, hamda uning jismoniy daxlsizligini qamrab oladi. Butun dunyo bo‘yicha shaxslarning jinsiy erkinligi va jinsiy daxlsizligiga bo‘lgan huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, jinsiy erkinlikka daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanksiyalar belgilash, xotin-qizlarni shilqimlik va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlarini yaratish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 1 30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (lex.uz) https://scientific-jl.com/wsrj 1 3 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal shaxslarga davlat himoyasini taqdim etishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurati belgilab berilmoqda. Bugungi kunda ham jinoyatchilik, ayniqsa, zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar islohotlar yo‘lida jiddiy g‘ov bo‘lmoqda. Zero, islohotlarning asl maqsadi inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilar ekan, mazkur turkum jinoyatlar inson hayoti, sog‘lig‘i, erkinligiga tajovuz qilishi, shaxsga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilishi bilan ham xavflidir. Har yil 25-noyabr xalqaro zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni keng miqiyosda davlatlar tomonidan nishonlanib kelinmoqda. Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1999-yilda rasmiy ravishda e’lon qilingan va “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish xalqaro kuni” deb ataladi. Bu kun ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro miqyosdagi xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 5 va 7-moddalari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 7 va 9- moddalari, Inson huquqlari va erkinliklari himoyasi to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasining 3 va 5-moddalarida o‘z ifodasini topgan.2 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har uch ayoldan bir nafari hayoti davomida eng kamida bir marotaba jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lib, ularning 7 foiziga nisbatan nomusga tegish yoki nomusiga tegishga suiqasd qilish holatlari kuzatilgan.3 Shu bilan bir qatorda BMTning hisob-kitoblariga ko‘ra, yetmishdan ortiq mamlakatlarda jinsiy zo‘ravonlikka doir munosabatlar qonun normalari bilan to‘liq tartibga solinmagan. Bu esa nomusga tegish jinoyatiga qarshi kurash bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish masalasiga alohida yondashish zarurligini ko‘rsatadi. Har yili butun dunyoda 1,6 mln. odam zo‘ravonlik zulmining jabrini tortib, qurolli nizolarda va jinoyatchilar qo‘lida halok bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning yillik hisobotida ham har yili millionlab odamlar og‘irlik darajasi har xil bo‘lgan tan jarohatlari olishlari tasdiqlangan. JSST ta’kidlashicha, barcha o‘ldirilgan ayollardan yarmining hayotiga ularning tanishlari – eri, sobiq eri, jazmani zomin bo‘lgan. Ba’zi mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 70% ga yetadi. Har to‘rt ayoldan biri umri davomida hech bo‘lmasa bir marta nomusga tegish jinoyatining qurboni bo‘lgan. Qariyalarga qarshi zo‘rlik ishlatilishi ham muammoli masalalardandir. Bular jami zo‘rlik ishlatiladigan jinoyatlarning 6 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda Respublikamizda zo‘rlik ishlatib sodir etil

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasida jinsiy zo’ravonlik jinoyatlariga qarshi kurashning huquqiy asoslari va amaliy masalalarini tahlil qilishga bag’ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasida jinsiy zo’ravonlik jinoyatlariga qarshi kurashning huquqiy asoslari va amaliy masalalarini tahlil qilishga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kriminologiya, jinoyat statistikasi, jinsiy erkinlik, nomusga tegish jinoyati, huquqiy ong, jinoyat huquqi, xalqaro huquq me’yorlari, huquqiy himoya, voyaga yetmaganlar huquqlari, ijtimoiy xavflilik, shaxsiy daxlsizlik, ijtimoiy himoya, Kalit so’zlar: Jinsiy zo’ravonlik, oilaviy zo’ravonlik, konstitutsiyaviy kafolatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники