К содержанию
РецензированоUZ2023

KLASTER ASOSIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARI EKSPORT SALOHIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI

Jonibekov Zohirjon Davronbek o`g`li

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2023

Аннотация

Mazkur maqolada mamlaktimizda, shu jumladan Namangan viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etilishi natijasida paxta xom- ashyosini to‘la qayta ishlash yo‘lga qo‘yilayotganligi tufayli qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqilayotganligi va bu mahsulotlar jahon bozorlariga eksport qilinayotganligi yoritib berilgan. Shuningdek, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga ham to‘xtalib o‘tilgan, ya’ni Namangan viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlarida besh bosqichli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligi yoritib berilgan. Tayanch so‘zlar: paxta xom-ashyosi ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi korxonalar, tadbirkorlik, bandlik, texnopolis, texnopark, integratsiya, eksport, klaster, modernizatsiya, diversifikatsiya, kredit, salohiyat, hudud, raqobatbardoshlik. Prezidentimizning parlament va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida 2023 yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga, eksportning umumiy hajmini esa ilk bor 23 milliard dollardan oshirish vazifasini qo‘yildi. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettirilsa, mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobar qisqaradi. Bizga ma’lumki, eksport - har qanday davlat iqtisodiyotini tashqi bozorda nechog‘lik raqobatbardosh ekanligini belgilab beruvchi barometr hisoblanadi. Shu mezon bilan o‘lchaydigan bo‘lsak, O‘zbekiston iqtisodiyotida sifat o‘zgarishlari kuztilayotganligini ko‘rish mumkin. Eksport hajmi oxirgi besh yilda 5 milliard dollarga oshib, 19 milliard dollarga yetdi. Jahonda global inqiroz hali chekinmagan bugungi murakkab sharoitda shunday natijaga erishishda paxta-to‘qimachilik klasterlari muhim o‘rin egallamoqda. Yaqin kelajakda Yevropa bozorlariga to‘qimachilik, elektr texnikasi, charm- poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshirilishi ko‘zda tutilgan. Eksport salohiyatimiz yuksalishida paxta-to‘qimachilik klasterlari drayverga aylanadi. Negaki, davlatimiz rahbari tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari eksportini dastlabki bosqichda 5 milliardga, 2026 yilgacha esa 7 milliardga yetkazish vazifasini qo‘yildi. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan klasterlar va ularning ishlab chiqarish salohiyati buni bemalol uddalash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ya’ni 2022 yil yakunlari bo‘yicha eksport 3,2 milliard dollarga yetkazilmoqda. 2023 yilda esa ushbu https://scientific-jl.com/wsrj 5 5 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal raqamni keskin oshirish chora-tadbirlari hozirdanoq pishiq-puxta ko‘rilyapti. Ya’ni klasterlar tomonidan 225,6 million dollar investisiyalar jalb etilishi, 331 ta yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida 32,1 mingta yangi ish joylari yaratilishi, eksport hajmi 5 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari to‘qimachilik sanoatiga doir chiqishlarida paxtani chuqur qayta ishlashni jadallashtirish va tayer mahsulot ulushini oshirish asosiy maqsad ekanligini bir necha bor ta’kidladi. Jumladan, 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatida ham Davlatimiz rahbari to‘qimachilik sanoatida eksport xajmini 1.5 barobarga oshirish, ya’ni 5 milliard dollarga yetkazish vazifasini ko‘ydi. Bunda mavjud GSP+ preferensiyalaridan foydalanib Yevropa bozoriga 500 million dollar mahsulot eksportini yetkazib berish ustuvor vazifa ekanligi belgilandi. Paxta tolasi eksport qilishni to‘liq to‘xtatilishi tadbirkorlarnimizni mavjud ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishlariga olib keldi va ijobiy natijalarni bera boshladi. Mamlakatimizda paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlanishida agrar tarmoqda faoliyat yuritayotgan 134 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari asosiy hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda paxta xom-ashyosini yetishtirishdan tortib, uni chuqur qayta ishlashda klaster tizimidagi korxonalar yetakchi kuchga aylanganligi tufayli mazkur tizimni rivojlantirishga va uni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Biz uchun strategik tarmoq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi samardorligini tubdan oshirish va uni diversifikatsiya qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, agrar sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini klaster asosida qayta ishlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifamiz bo‘lib qoladi”-dedi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2021 yil 6 noyabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan ma’ruzasida.[1] 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining uchinchi-milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash yo‘nalishida to‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko‘paytirish va mehnat unumdorligini 3 barobarga oshirish nazarda tutilgan. Bularni barchasi paxta-to‘qimachilik sanoatida yetakchi kuchga aylangan klasterlar zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklanayotganligini bildiradi. Shu nuqtai naza

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada mamlaktimizda, shu jumladan Namangan viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etilishi natijasida paxta xom- ashyosini to‘la qayta ishlash yo‘lga qo‘yilayotganligi tufayli qo‘shimcha qiymat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada mamlaktimizda, shu jumladan Namangan viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etilishi natijasida paxta xom- ashyosini to‘la qayta ishlash yo‘lga qo‘yilayotganligi tufayli qo‘shimcha qiymat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diversifikatsiya, Tayanch so‘zlar: paxta xom-ashyosi ishlab chiqaruvchi, klaster, eksport, salohiyat, texnopolis, tadbirkorlik, bandlik, qayta ishlovchi korxonalar, texnopark, kredit, raqobatbardoshlik., modernizatsiya, hudud, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники