К содержанию
РецензированоUZ2026

ANTON PAVLOVICH CHEXOV – JAMIYAT DARDI SHIFOKORI. “GAROV” HIKOYASIDA INDIVIDUALLIK VA IJTIMOIY TO‘SIQLAR

IJTIMOIY ZINAPOYA FOJIASI · Raimberdiyeva Gulnora Husan qizi · Ilmiy maslahatchi: A. To‘xtanazarov

Для учителей · 1033-1037 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz adabiyotining yorqin namoyondasi, jamiyatdagi mavjud muammolarni asarlarida o‘ziga xos tarzda tasvirlay olgan adib Jek London hayoti va ijod yo‘li haqida so‘z boradi. Shuningdek, yozuvchiga katta shuhrat keltirgan “Martin Iden” romani mazmun-mohiyati hamda yozilish uslubi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: fantaziya, janr, individual xislatlar, pafos, biografiya, ijtimoiy pillapoya, proza, ekzistensiyalizm. Adabiyot har doim inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib kelgan. Xususan, shaxsning o‘zligini anglash, ijtimoiy zinapoyalarda ko‘tarilish istagi va bu yo‘ldagi ichki kurashlar muammosi barcha davrlarda dolzarb bo‘lib qolgan. Bu jihatdan amerikalik yozuvchi Jek Londonning “Martin Iden” romani adabiyot tarixida alohida o‘rin egallaydi. Asarda ko‘tarilgan mavzular — kambag‘allikdan yuqori jamiyat qatlamiga intilgan ijodkor taqdiri, jamiyatning ikkiyuzlamachiligi, muvaffaqiyat va tan olinishga bo‘lgan sog‘lom va nosog‘lom ishtiyoq — bugungi zamonaviy insonning hayotida ham o‘z aksini topmoqda. Shuningdek, asarda kapitalistik jamiyatning muqarrar illatlari — sinfiy tafovutlar, boylik va obro‘ga asoslangan ijtimoiy baholash mezonlari tanqid ostiga olinadi. Jek London Martin obrazida g‘ayratli, o‘z-o‘zini tarbiya qilgan, ammo jamiyatning riyo va ziddiyatlariga dosh bera olmagan ijodkor timsolini yaratgan. Shu nuqtai nazardan, roman nafaqat adabiy, balki psixologik, sotsiologik va falsafiy qimmatga ham ega bo‘lib, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun muhim materialdir. Jek London — XX asr boshlarining eng mashhur amerikalik yozuvchilaridan biri bo‘lib, o‘zining hayotiy kurashi, betakror badiiy uslubi va insoniy ruhiyatga chuqur nazari bilan dunyo adabiyoti xazinasida o‘chmas iz qoldirgan ijodkordir. Jek London 1876-yil 12-yanvarda San-Fransiskoda tug‘ilgan[2;41]. Bolalik yillari og‘ir mehnat, yo‘qsillik va ijtimoiy tengsizlik og‘ushida kechgan. Aynan shu hayotiy sinovlar uning ruhiyatida mustahkam xarakter, shiddatli erkinlikka intilish va “hayot uchun kurash” falsafasini shakllantirdi. Jek London o‘z asarlarida insonni tabiat bilan, jamiyat bilan, eng muhimi — o‘zi bilan kurashayotgan holatda tasvirlashni maqsad qilgan. U Mark https://scientific-jl.com 3 1 0 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Tven, Dreyzer, Tolstoy kabi yozuvchilardan ilhom olgan bo‘lsa-da, o‘z uslubini topa olgan va “Londoncha realizm” maktabini yaratgan ijodkordir[5;81]. Chegarasiz tundralar, muzli okeanlar, hayvonlar instinkti va inson aqlining ziddiyati — bu obrazlar Londonning asarlarida hayot va o‘lim oralig‘idagi doimiy drama sifatida gavdalanadi. “Oq so‘yloq”, “Hayotga muhabbat”, “Chaqiriqqa javob”, “Dengiz bo‘risi” kabi hikoya va romanlarida u tabiatning yovvoyi qonunlariga qarshi kurashayotgan, biroq or-nomusini yo‘qotmagan inson qiyofasini yaratadi[3;74]. Aynan shuning uchun ham London ijodi zamonaviy inson uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Eng chuqur falsafiy va psixologik asarlaridan biri — “Martin Iden” romanidir. Bu asar Londonning shaxsiy hayotidagi ruhiy iztiroblari, adabiy muhitdagi yolg‘izligi va sinfiy ijtimoiy tizimga bo‘lgan ishonchsizligining o‘ziga xos mahsulidir. Martin Iden obrazi orqali Jek London o‘zining “yozuvchi sifatida jamiyat tomonidan tan olinishi” bilan “odam sifatida yolg‘izlanishi” o‘rtasidagi ziddiyatni muhrlagan. Bu roman — buzg‘unchi kuchlar bilan to‘qnashgan insoniy orzularning fojeasidir[4;69]. “Martin Iden” – Jek Londonning shaxsiy hayotidan ilhomlanib yozilgan romanlaridan biri bo‘lib, unda yozuvchi o‘z boshidan kechirgan voqealarni badiiy obraz orqali tasvirlaydi. Jek London kambag‘al hayotdan boshlab, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilgan va nihoyat taniqli adib darajasiga yetgan inson edi. U ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi farq, san’atkor insonning jamiyatga moslasha olmasligi hamda kapitalizmning ruhiy inqirozga olib kelishi haqida ko‘p fikr yuritgan. Ushbu asarda Martin Iden timsolida London o‘z hayot yo‘lini aks ettiradi. Martin ham xuddi muallif kabi bilim va iste’dod orqali yuqori tabaqaga ko‘tarilishga harakat qiladi, biroq oxir-oqibat o‘z joyini topa olmaydi. Yozuvchi o‘zi yoshligida ko‘plab og‘ir mehnat turlarida ishlagan – dengizchi, zavod xodimi, kir yuvish korxonasida oddiy ishchi bo‘lgan. Aynan shu tajribalari asosida u chuqur hayotiy manbalardan ilhom olib, asarlarini yaratgan. Ruf obrazining asosida esa Londonning ilk muhabbati bo‘lgan Meybl Epplgart yotadi[1;98]. Asarda ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi keskin tafovut aniq yoritilgan. Martin mehnatkashlar qatlamiga mansub bo‘lib, boy oilaning vakilasi Ruf Morsega oshiq bo‘ladi. Biroq Ruf va uning yaqinlari Martinning ijtimoiy kelib chiqishini kamchilik deb hisoblashadi. Bu esa jamiyatda insonning qobiliyati emas, balki uning moddiy va ijtimoiy mavqei ko‘proq qadrlanishini ko‘rsatadi. Asarning syujetiga qisqacha to‘xtalsak, bir kuni Martin Iden ismli yosh dengizchi ko‘chadagi bezorilardan Arturni himoya qiladi. Arturning oilasi badavlat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz adabiyotining yorqin namoyondasi, jamiyatdagi mavjud muammolarni asarlarida o‘ziga xos tarzda tasvirlay olgan adib Jek London hayoti va ijod yo‘li haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz adabiyotining yorqin namoyondasi, jamiyatdagi mavjud muammolarni asarlarida o‘ziga xos tarzda tasvirlay olgan adib Jek London hayoti va ijod yo‘li haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
proza, pafos, ijtimoiy pillapoya, Kalit so‘zlar: janr, fantaziya, individual xislatlar, hikoyanavislik, biografiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники