К содержанию
РецензированоUZ2026

QANDLI DIABETDA PARHEZ VA OVQATLANISH TARTIBI: MUVOZANATLI MENYU ASOSLARI

MUVOZANATLI MENYU ASOSLARI · Berdiyorova Gulziyra Ziyomiddinovna

Для учителей · 2026

Аннотация

This article highlights the importance of diet in diabetes management, emphasizing balanced meal planning, glycemic index, portion control, and individualized nutrition strategies. Practical models such as the plate method and digital tracking tools are proposed to improve long-term metabolic control. The study suggests pathways for implementing culturally adapted meal plans in Uzbekistan. Keywords: diabetes mellitus, diet, balanced menu, glycemic index, portion control, eating pattern, healthy lifestyle Qandli diabet va ovqatlanishning ahamiyati. Qandli diabet (Diabetes Mellitus) – bu organizmda glyukoza metabolizmining buzilishi bilan kechadigan surunkali endokrin kasallik bo‘lib, insulin ishlab chiqarilishining yetishmovchiligi yoki ta’sirchanligining pasayishi tufayli rivojlanadi. Kasallikning I turi odatda bolalik yoki o‘smirlik davrida aniqlanadi, II turi esa ko‘pincha kattalarda, ayniqsa ortiqcha vaznli yoki semizlikka moyil kishilarda uchraydi. Oxirgi yillarda dunyo bo‘yicha qandli diabet bilan kasallanish holatlari keskin oshib bormoqda [1]. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda 537 million odam ushbu kasallikdan aziyat chekkan. Diabetda ovqatlanish tartibi kasallikni nazorat qilishning asosiy ustunlaridan biridir. To‘g‘ri parhez bemorning qon glyukozasi, insulinga 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 123 Ustozlar uchun pedagoglar.org ehtiyoj, tana massasi va umumiy metabolik holatini me’yorda ushlab turishga yordam beradi. Biroq parhez bu – faqat shakarni cheklash emas. Bu har bir ovqatlanishni, mahsulot tanlashni va kunlik energiya ehtiyojini individual tarzda muvozanatlashga asoslangan murakkab jarayondir [2]. Bemorlar ko‘pincha “nima mumkin, nima mumkin emas” degan soddalashtirilgan yondashuvga amal qiladilar. Aslida esa muvozanatli ovqatlanish menyusi: uglevodlar, oqsillar, yog‘lar, vitaminlar va minerallarning to‘g‘ri proporsiyasini tashkil etishi kerak. Ayniqsa, glyukemik indeks, porsiya nazorati, ovqatlanish chastotasi va suv ichish tartibi bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli, bu maqolada qandli diabetda ovqatlanishning ilmiy asoslari, muvozanatli menyu tuzish prinsiplari, xavfsiz mahsulotlar va ratsional parhez rejimlarini yoritish muhim deb hisoblanadi [3]. Diabetik ovqatlanishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va salbiy oqibatlar. Qandli diabetda noto‘g‘ri ovqatlanish kasallik kechishining og‘irlashishiga, giperglikemiya, gipoglikemiya, ketoatsidoz, yurak-qon tomir asoratlari, buyrak yetishmovchiligi, ko‘rlik va hatto pastki oyoqlarni kesishga olib keluvchi gangrena kabi xavfli holatlarga sabab bo‘lishi mumkin [4]. Diabetik parhezda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy muammolar quyidagilardan iborat: Qon glyukozasini nazorat qilmasdan ovqatlanish – Ko‘plab bemorlar ovqatdan oldin yoki keyin glyukoza darajasini o‘lchamasdan ovqatlanishni davom ettiradilar. Bu esa parhez samaradorligini baholash imkonini bermaydi. Glyukemik indeks (GI) va glisemik yukni hisobga olmaslik – GI yuqori bo‘lgan mahsulotlar (masalan, oq guruch, non, shirinliklar) qondagi glyukoza darajasining keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Diabetik bemorlar bu omilni inobatga olmasdan parhez tuzishadi. Porsiyalarni nazorat qilmaslik – Hatto foydali mahsulotlar ham haddan tashqari miqdorda iste’mol qilinsa, giperglikemiyaga olib kelishi mumkin. Porsiyalar hajmini nazorat qilish eng muhim omillardan biridir. Shakarli ichimliklar, pishiriqlar va yashirin shakar – Ko‘p mahsulotlarda shakar yashirin shaklda mavjud (masalan: ketchup, yogurt, murabbo). Bu esa “sog‘lom” degan mahsulotni tanlayotgan bemorlar uchun kutilmagan glyukoza ko‘tarilishlariga olib keladi [5]. To‘yib ovqatlanmaslik – Ba’zida bemorlar “kam yeyish” ni parhez deb hisoblaydi. Bu gipoglikemiya xavfini oshiradi, ayniqsa insulin qabul qilayotganlarda. Shifokor maslahatiga amal qilmaslik – Ayrim bemorlar internet yoki tanishlar tavsiyasi asosida parhez qiladi, bu esa mutaxassis yondashuvisiz salbiy oqibatlarga olib keladi. Bunday holatlar nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham ta’sir etadi: xavotir, parhezdan charchash, depressiya, “parhezdan voz kechish” sindromi ko‘rinishida namoyon 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 124 Ustozlar uchun pedagoglar.org bo‘ladi. Shu sababli, parhezni faqat ovqatlanish emas, balki sog‘lom turmush tarzining bir qismi sifatida qabul qilish muhim [6]. Diabetik ovqatlanishda zamonaviy yondashuvlar. So‘nggi yillarda diabetni boshqarishdagi yondashuvlar keskin o‘zgardi. Endilikda universal “barcha uchun bitta parhez” o‘rniga individual yondashuv, glisemik nazorat, energiya muvozanati, va mikronutrientlar balansiga asoslangan parhez strategiyalari tavsiya qilinmoqda. Medical Nutrition Therapy (MNT) – AQShda ADA (American Diabetes Association) tomonidan tavsiya etilgan ovqatlanish terapiyasi modeli bo‘lib, bemorning yoshi, jinsi, tana massasi, jismoniy faolligi, glyukoza darajasi va kasallik bosqichiga asoslangan tarzda menyu tuziladi. Plitalar metodi (Plate Method) – Ovqatni vizual taqsimlash usuli bo‘lib

Доказательный фрагмент

«This article highlights the importance of diet in diabetes management, emphasizing balanced meal planning, glycemic index, portion control, and individualized nutrition strategies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the importance of diet in diabetes management, emphasizing balanced meal planning, glycemic index, portion control, and individualized nutrition strategies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diabetes mellitus, diet, balanced menu, glycemic index, portion control, parhez, muvozanatli menyu, ovqatlanish tartibi, Kalit so‘zlar: qandli diabet, glyukemik indeks, sog‘lom turmush, porsiya nazorati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники