Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ELEKTR ENERGIYANI REALIZATSIYA HARAJATLARI VA YOʻQOTISHLARI KOʻRSATKICHLARINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH
YOʻQOTISHLARI KOʻRSATKICHLARINI EKONOMETRIK · MODELLASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH
Для учителей · 1995
Аннотация
Maqolada elektr energiya yoʻqotishlarini amaldagi holati va 2030 yillarga borib qanday ko’rsatkichlarga ega bo’lishi xususida so’z yuritilgan. Elektr yoʻqotishlarining kelib chiqish xususiyatlariga koʻra “Elektr energiyasini yetkazib berishdagi zararlar” termini asoslangan. Elektr yoʻqotishlarini tannarx usulidagi hisobidan voz kechish hamda baholashda sotish narxi boʻyicha baholash taklif etilgan. Elektr energiyasi yoʻqotishlarini buxgalteriya hisobida hisobga olish boʻyicha namunaviy buxgalterlik oʻtkazmalari keltirilgan. Kalit soʻzlar: Elektr energiyasini sotish boʻyicha zararlar, elektr energiyasi yoʻqotishlari, standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan yoʻqotishlar, yoʻqotishlar summalarini hisobdan chiqarish, yoʻqotishlarning sintetik va analitik hisobi, sotish xarajatlarini turkumlash, elektr energiyasi yoʻqotishlarini sotish baxosida aks ettirish, texnologik yoʻqotishlar, tabiiy yoʻqotishlar, texnik yoʻqotishlar. Kirish. 2015-yildan 2024-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi barqaror oʻsib borgan (2.3.1-rasm). 2015-yilda 55,5 mlrd kWt/soat boʻlgan ishlab chiqarish hajmi, 2024-yilga kelib 82,4 mlrd kWt/soatga yetib, 48,5% ga oshgan. Bu esa mamlakatda sanoat, aholi va xizmatlar sohasida elektr energiyaga boʻlgan talabning ortib borayotgani, shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 128 Ustozlar uchun pedagoglar.org tushirilgani va mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari natijasida yuzaga kelgan. Ayniqsa, 2020-yildan keyingi yillarda oʻsish surʻati yanada jadallashgani kuzatiladi, bu esa iqtisodiyotning tiklanish va rivojlanish bosqichiga kirganligini koʻrsatadi. Mazkur davrda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi ortgani kabi, yoʻqotishlar hajmi ham oshib borgan (2.3.1-rasm). 2015-yilda 8,1 mlrd kWt/soatni tashkil etgan yoʻqotishlar, 2024-yilda 13,8 mlrd kWt/soatga yetgan, yaʻni 70% ga yaqin oʻsish qayd etilgan. Yoʻqotishlar hajmidagi bu oshish, asosan, elektr tarmoqlarining eskirganligi, uzatish tizimlaridagi samarasizlik va energiya oqimlarini boshqarishdagi muammolar bilan izohlanadi. Shu bilan birga, isteʻmolchilarning soni va umumiy yuklamaning ortishi ham bu koʻrsatkichga bevosita taʻsir koʻrsatgan. Tahlil va natijalar. Yoʻqotishlar hajmi ortgan boʻlsa-da, ishlab chiqarish hajmi ham oshgani tufayli yoʻqotishlarning umumiy ishlab chiqarishga nisbatan foizi nisbatan barqaror holatda saqlanib qolgan. 2015-yilda bu koʻrsatkich 14,6% atrofida boʻlsa, 2021- yilda maksimal daraja – 17,95% ga yetgan. Soʻnggi yillarda esa ushbu foizda biroz pasayish kuzatilgan boʻlib, 2024-yilga kelib yoʻqotishlar 16,7% ni tashkil qilgan. Bu esa elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, hisobga olish tizimlarini takomillashtirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasi sifatida baholanishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu foizning hali ham yuqoriligi tizimda hal etilishi lozim boʻlgan muammolar mavjudligini anglatadi. 100 82,4 78 74,3 80 71,3 59 60,7 62,8 63,6 66,4 55,5 60 40 20 8,1 9,4 8,8 9,6 10,1 11,2 12,8 13,1 13,2 13,8 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Elektr energiya ishlab chiqarish (mlrd kWt/soat) Elektr energiyasi yoʻqotishlari hajmi (mlrd kWt/soat) 1-rasm. 2015-2024 yillarda ishlab chiqarilgan elektr energiya hamda yoʻqotishlari hajmi (mlrd kWt/soat)1 Elektr energiya ishlab chiqarish hajmi va elektr energiya yoʻqotishlari hajmini modellashtirish — energetika tizimining samarali boshqaruvi va strategik rejalashtirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon orqali mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining optimal ishlatilishi, energetika resurslarining tejamkor sarflanishi hamda tarmoqda yuzaga 1 Muallif ishlanmasi 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 129 Ustozlar uchun pedagoglar.org keladigan yoʻqotishlarning oldini olish imkoniyati yaratiladi. Ayniqsa, energiya yoʻqotishlarni aniqlash va kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda energiya taʼminotining ishonchliligini mustahkamlash mumkin. Shuningdek, bunday modellashtirish energetika sohasida uzoq muddatli prognozlar tuzish va investitsion qarorlar qabul qilishda ham katta ahamiyatga ega. Mazkur modellashtirish jarayonida ARIMA (Autoregressive Integrated Moving Average) modellaridan foydalanish ayniqsa samarali boʻlib, ular vaqt qatorlari asosida elektr energiya ishlab chiqarish va yoʻqotishlarning kelajakdagi oʻzgarishlarini yuqori aniqlikda bashorat qilish imkonini beradi. ARIMA modellarining afzalligi shundaki, ular statistik xatoliklarni kamaytirish bilan birga, mavsumiylik va tendensiyalarni hisobga olgan holda aniqlikni oshiradi. Bu esa energetika tizimida yuzaga keladigan kutilmagan holatlarning oldini olish, ishlab chiqarish rejalashtirishini takomillashtirish va yoʻqotishlarni minimallashtirish imkonini beradi. Shu bois, ARIMA modellarini qoʻllash energiya tarmoqlari samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuv sifatida tobora koʻproq qoʻllanilmoqda. ARIMA modeli (Autoregressive Integ
Доказательный фрагмент
«Maqolada elektr energiya yoʻqotishlarini amaldagi holati va 2030 yillarga borib qanday ko’rsatkichlarga ega bo’lishi xususida so’z yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada elektr energiya yoʻqotishlarini amaldagi holati va 2030 yillarga borib qanday ko’rsatkichlarga ega bo’lishi xususida so’z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- texnik yoʻqotishlar., tabiiy yoʻqotishlar, elektr energiyasi yoʻqotishlari, sotish xarajatlarini turkumlash, elektr energiyasi yoʻqotishlarini sotish baxosida aks ettirish, yoʻqotishlarning sintetik va analitik hisobi, texnologik yoʻqotishlar, Kalit soʻzlar: Elektr energiyasini sotish boʻyicha zararlar, yoʻqotishlar summalarini hisobdan chiqarish, standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan yoʻqotishlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014