Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA‘LIMDA INNOVATSION METODLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
MAKTABGACHA TA‘LIMDA INNOVATSION · Inomjonova Dildora Rustam qizi
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodlarning ahamiyati va ularni amaliyotga tadbiq etishning dolzarbligi yoritilgan. Bugungi kunda bolalarning intellektual, ijtimoiy-psixologik va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi innovatsion yondashuvlar – interaktiv o‘yinlar, zamonaviy texnologiyalar, STEAM yondashuvi, Montessori, Reggio Emilia kabi pedagogik tizimlarning qo‘llanishi muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, innovatsion metodlar, pedagogik yondashuv, o‘yinli ta’lim, Montessori, STEAM, Reggio Emilia, bolalar rivojlanishi, interaktiv usullar, zamonaviy texnologiyalar, ijodkorlik, mustaqil fikrlash, ta’lim sifati. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yangicha, samarali va zamonaviy yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichi bolaning shaxsiyati shakllanishida muhim poydevor bo‘lib, bu jarayonda zamonaviy, innovatsion pedagogik metodlardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkuri, nutqi, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini rag‘batlantirish, ularni mustaqil fikrlashga, muammolarni hal eta olishga o‘rgatish — faqatgina an’anaviy uslublar bilan emas, balki innovatsion metodlar vositasida amalga oshirilgandagina yuqori natijaga olib keladi. Innovatsion metodlar — bu zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslangan, o‘quv jarayonini jonlantirishga, bolalarning qiziqishini uyg‘otishga va ularni faol ishtirok etishga undaydigan uslublar majmuasidir. Masalan, Montessori metodikasi, Reggio Emilia yondashuvi, STEAM ta’limi, interaktiv o‘yinlar, AKTdan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) foydalanish kabi yondashuvlar orqali bolalar ta’lim jarayonida faollashadi, ijodiy va tanqidiy fikrlashlari rivojlanadi.Shu nuqtai nazardan, ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion metodlarni keng qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlariga mos o‘quv muhiti yaratish, shuningdek, pedagoglarning malaka va salohiyatini zamon talablari darajasida shakllantirish mumkin bo‘ladi. Mavzuni o‘rganish jarayonida innovatsion metodlarning nazariy asoslari, ularning amaliyotda 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 136 Ustozlar uchun pedagoglar.org qo‘llanishi, samaradorligi va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’limga integratsiyalashgan holatda milliy qadriyatlar va innovatsiyani uyg‘unlashtirish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. XXI asrda ta’lim sohasida yuz berayotgan tub islohotlar va yangilanishlar natijasida pedagogik jarayonga zamonaviy, innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurati kundan- kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, inson shaxsini shakllantirishning ilk bosqichi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodlarning qo‘llanilishi alohida ahamiyatga ega. Bolalarning aqliy, ijtimoiy, ruhiy va jismoniy rivojlanishi aynan shu bosqichda asos solinadi. Shu sababli ham, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va individual xususiyatlariga mos ta’lim metodlarini tanlash – zamon talabi hisoblanadi.Bugungi kunda dunyo bo‘ylab tan olingan ta’lim tizimlarida — xususan, Montessori, Reggio Emilia, Waldorf va STEAM yondashuvlari asosida bola shaxsiga yo‘naltirilgan, interaktiv, erkin fikrlashga asoslangan ta’lim shakllari keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimi ham bosqichma-bosqich ushbu ilg‘or tajribalarni milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirgan holda joriy etmoqda. Shu jihatdan, maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion metodlar orqali ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilarning ijodkorligini, mustaqil fikrlashini va faol ishtirokini ta’minlash dolzarb vazifalardan biridir. Mamlakatimizda Prezident qarorlari asosida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy dasturlar va metodikalarni ishlab chiqish, tarbiyachilar malakasini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu esa mavzuning nafaqat nazariy, balki amaliy dolzarbligini ham yanada oshiradi. Shu boisdan ham, maktabgacha ta’limda innovatsion metodlarning o‘rni va ularni to‘g‘ri qo‘llash yo‘llarini o‘rganish — kelajak avlodni har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. 2017-yilga qadar respublikada maktabgacha ta’lim qamrovi atigi 27% atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 70% dan oshdi. Bu esa davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarining soni, sifati va imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolat beradi.2023-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yuz minglab tarbiyalanuvchi ishtirok etayotgan 24 mingdan ortiq maktabgacha ta
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodlarning ahamiyati va ularni amaliyotga tadbiq etishning dolzarbligi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodlarning ahamiyati va ularni amaliyotga tadbiq etishning dolzarbligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodkorlik, bolalar rivojlanishi, pedagogik yondashuv, ta’lim sifati., Montessori, innovatsion metodlar, Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, mustaqil fikrlash, Reggio Emilia, zamonaviy texnologiyalar, STEAM, interaktiv usullar, o‘yinli ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014