Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY OBRAZ TUSHUNCHASI VA UNING TAHLIL MEZONLARI
Egamberdiyeva Marjona Ziyodullayevna
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada adabiyotshunoslikdagi asosiy tushunchalardan biri — badiiy obrazning mazmun-mohiyati, shakllanish xususiyatlari va ularni tahlil qilish mezonlari nazariy jihatdan yoritiladi. Badiiy asarda obraz qanday vujudga kelishi, u qanday funksiyani bajarishi va uni o‘rganishda qaysi mezonlarga asoslanish lozimligi haqidagi qarashlar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: badiiy obraz, adabiy tahlil, adabiyot nazariyasi, syujet, xarakter, obrazlar tizimi, uslub Kirish: Adabiy asarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri — bu badiiy obrazdir. U orqali yozuvchi hayotiy voqelikni badiiy idrok asosida aks ettiradi. Har qanday adabiy asar obrazlar orqali o‘quvchiga ta’sir qiladi, uning ongida estetik va ma’naviy kechinmalar uyg‘otadi. Shu bois, obraz tushunchasi adabiyotshunoslikda eng muhim nazariy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada badiiy obrazning shakllanishi, turlari hamda uni tahlil qilish mezonlari haqida nazariy yondashuv asosida fikr yuritiladi. “Obraz” (lot. imago) — tasvir, timsol, siymo ma’nolarini anglatadi. Adabiyotshunoslikda esa u — muallif tomonidan hayotiy voqelikdan olingan timsollar, xarakterlar, holatlar orqali san’at asarida badiiy idrok etilgan shaxs yoki hodisadir. Badiiy obraz faqat tashqi shakl emas, balki chuqur ichki mazmunga ega. U inson, tabiat, ijtimoiy muhit, tarixiy davr, g‘oya yoki his-tuyg‘u ifodasi bo‘lishi mumkin. Adabiyotda quyidagi obrazlar uchraydi: Individual obraz – konkret bir shaxsga xos xarakterga ega bo‘lgan obraz. Tipik obraz – muayyan davr, qatlam yoki sinfga xos umumlashma obraz. Ramziy obraz – muayyan g‘oya, tushuncha yoki qadriyatni ifodalovchi obraz. Lirik obraz – muallifning ichki kechinmalari orqali berilgan timsol. Fantastik obraz – tasavvur orqali yaratilgan, real hayotga to‘g‘ri kelmasligi mumkin bo‘lgan obraz. Adabiyotshunoslikda “badiiy obraz” tushunchasi eng markaziy va chuqur tahlilni talab qiladigan nazariy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Har qanday adabiy asarning estetik ta’siri, ideya-badiiy yuklamasi, o‘quvchiga yetkazilmoqchi bo‘lgan ma’no va ruh aynan obraz orqali uzatiladi. Obraz — bu real hayotdagi hodisalarni badiiy tafakkur asosida qayta ifodalovchi timsoldir. U orqali muallif hayotga o‘z munosabatini bildiradi, voqelikni tasvirlaydi, ijtimoiy, ruhiy va ma’naviy holatlarni talqin qiladi. Shu bois, obrazning mohiyatini chuqur tushunish asarning ichki qatlamlarini anglashga yordam beradi. Badiiy obraz — bu nafaqat tasvir obyekti, balki estetik vosita hamdir. Ya’ni u 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 158 Ustozlar uchun pedagoglar.org faqatgina hayotdan olingan bir xarakterning ifodasi emas, balki muallif tafakkurining mahsuli, san’at darajasiga ko‘tarilgan ruhiy voqelikka aylangan timsoldir. Masalan, Cho‘lponning “Kechadir” she’ridagi lirik obraz — bu shunchaki o‘ylovchan inson emas, balki butun bir davr ruhiyatini, xalq taqdiriga befarq bo‘lmagan ziyolining kechinmalarini mujassam etgan badiiy siymodir. Obraz orqali muallif nafaqat voqelikni aks ettiradi, balki uni baholaydi, unga munosabat bildiradi, ba’zida esa uni ideal shaklda ifodalaydi yoki tanqid qiladi. Badiiy obrazlar ko‘pincha ijtimoiy-tarixiy sharoitga, adibning dunyoqarashi va estetik qarashlariga qarab shakllanadi. Obraz — bu adibning tasavvuri orqali hayotiy materialni badiiy umumlashtirish natijasidir. Shu jihatdan, obrazlarning ijtimoiy, psixologik, ramziy, shaxsiy yoki umuminsoniy mazmunlari bo‘lishi mumkin. Adabiyot tarixiga nazar tashlasak, har bir davr o‘ziga xos obrazlarni yaratganini ko‘ramiz. Masalan, romantizm davrida idealistik, orzuga to‘la, haqiqat izlovchi obrazlar yaratilgan bo‘lsa, realizm maktabi hayotdagi real shaxslarni, ularning muammolarini tahlil qiluvchi xarakterlarni yaratishga intilgan. Badiiy obrazlar shakllanishida til vositalarining roli juda katta. Muallif obrazni ifodalashda tashbeh, istiora, kinoya, metonimiya, epitet kabi san’at vositalaridan keng foydalanadi. Shuningdek, obraz harakati, uning monolog va dialoglari, ichki kechinmalari ham obrazning badiiy to‘liqligini ta’minlaydi. Ayniqsa, obrazning psixologik tafakkuri, ichki ziddiyatlari, ruhiy o‘zgarishlari tasvirlanganda u ko‘proq hayotga yaqinlashadi. Bunday obrazlar o‘quvchining qalbiga chuqur ta’sir etadi, u bilan hamdardlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, obraz faqat matn elementi emas, balki hissiy-estetik muloqotning vositasi sifatida ham muhim o‘ringa ega. Badiiy obrazni tahlil qilishda bir qancha nazariy mezonlarga amal qilinadi. Avvalo, obrazning xarakteri, uning asar voqealari ichidagi funksiyasi, rivojlanish dinamikasi va boshqalarga munosabati o‘rganiladi. Shuningdek, muallif obrazga qanday munosabatda bo‘lgani — ya’ni uni ko‘proq ijobiy yoki salbiy nuqtai nazardan tasvirlagani ham tahlil markazida bo‘ladi. Bundan tashqari, obraz qanday badiiy vositalar bilan yaratilgani, uning tili, uslubi, hayotiylik darajasi, ramziy yuklamasi ham obraz tahlilida muhim ahamiyatga ega. .Obrazning muhim belgilaridan biri — uning o‘zgaruvchanligidir. Ba’zi obrazl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada adabiyotshunoslikdagi asosiy tushunchalardan biri — badiiy obrazning mazmun-mohiyati, shakllanish xususiyatlari va ularni tahlil qilish mezonlari nazariy jihatdan yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada adabiyotshunoslikdagi asosiy tushunchalardan biri — badiiy obrazning mazmun-mohiyati, shakllanish xususiyatlari va ularni tahlil qilish mezonlari nazariy jihatdan yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: badiiy obraz, xarakter, uslub, syujet, obrazlar tizimi, adabiy tahlil, adabiyot nazariyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024