К содержанию
РецензированоRU2026

IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

OSHIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI · Xudoyberdiyev Shuhrat Ramazonovich

Академические исследования в современной науке · 920-923 · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются психологические аспекты работы с одаренными учащимися в образовательном процессе, развитие их интеллектуального и творческого потенциала. В статье также описываются способы раннего выявления талантов и способностей одаренных детей, механизмы повышения эффективности работы с ними, вопросы совершенствования. Kalit so‘zlar: iqtidor, intellekt, aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi, iste’dod, qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual ijodiy salohiyat, iqtidorli o‘quvchilar, individual yondashuv, ta’lim sifati, motivatsiya o‘quv faolligi. Ключевые слова: талант, интеллект, умственное развитие, самосознание, одаренность, проявление способностей, интеллектуальный творческий потенциал, одаренные учащиеся, индивидуальный подход, качество образования, мотивация, учебная деятельность. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarda ta’lim-tarbiya sifatini mazmunan yangi bosqichga ko’tarishni talab etmoqda. Bu esa yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ta’sirchanligini oshishiga xizmat qiladi. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, muammolariga mas’uliyat bilan yondashish iqtidorli bolalar orqali komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish bugungi kun talabiga aylanmoqda. Hozigi kunda bolalar intellektini rivojlantirish muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan e’tibor va iqtidorli, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari davlat siyosatining 26 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference asosiy omillaridan biridir. Mamlakat kelajagi bo‘lmish yosh avlodning tarbiyasini eng asosiy vazifalarimiz ekanligini yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev aytganidek, “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan muhim masala – bu yoshlarimizning odob axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq his etadigan, kim – yoshlar. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vatning doimo aks sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va tarbiya hisobidan” deb ta`kidlaydi [1]. Iqtidor - bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi. Ushbu tavsifdan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi. Umumiy qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lib, muammoning yoki biron-bir masalaning yesimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy yondashishi bilan ajralib turadi. Maxsus qobiliyat egalari esa - biron-bir aniq (masalan, matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat o‘ynash, sport) faoliyat turiga qobiliyati bo‘lgan va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radilar. Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir [2]. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar: - qiziquvchanligi; - doimo turli savollarga javob ahtarishligi; - nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi; -tafakkurning unumdorliligi; Psixologik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrlarini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar - maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida ko‘rilishi va rivojlanishi mumkin. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bo‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak. Shuning uchun biz bolalardagi qobiliyatni, iqtidor va iste`dodlarni erta aniqlay olishimiz va bola 27 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference rivojlanishidagi ontogenetik va biologik o‘zgarish qonuniyatlarini bilishimiz lozim. Rivojlanish jarayonining har bir o’tish davri quyidagicha uch qonuniy almashuvlar asosida kechadi: Faoliyat olib borayotgan mazkur tipning o’z kuchini maksimal darajada sarflashi va eng yuqori darajaga ko’tarilishi. Faoliyatning to’yinishi va uning boshqa jihatlarining (ashyoviy va kommunikativ) faollashuvi. Har bir rivojlanishdagi davrdagi bolaga to‘gri tarbiya berish shaxsdagi umumiy va maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday bolada ma`lum qobiliyat va iste`dod bo‘ladi. Kimdir og‘zaki tushunish, kimdir ijodiy va kimdir hisob kitobda, kimdir kashfiyotchilik qobiliyati va hokazo. Iqtidorli yoshlar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Ular maqsadga int

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются психологические аспекты работы с одаренными учащимися в образовательном процессе, развитие их интеллектуального и творческого потенциала.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются психологические аспекты работы с одаренными учащимися в образовательном процессе, развитие их интеллектуального и творческого потенциала. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
талант, интеллект, умственное развитие, aqliy rivojlanishi, motivatsiya o‘quv faolligi., iste’dod, iqtidor, qobiliyatlarini namoyon etish, ta’lim sifati, individual yondashuv, intellektual ijodiy salohiyat, iqtidorli o‘quvchilar, intellekt, o‘zligini anglashi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники