Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Негативные последствия неправильного питания
NOTO‘G‘RI OVQATLANISHNING SALBIY OQIBATLARI
in Library · 3 · 141-142 · 2026
Аннотация
i Ayniqsa, bu holat mono-parhezni sevuvchilar orasida tez-tez uchraydi, ammo bu och qolib vazn kamaytiradiganlarda ham keng tarqalgan muammo. Buni tashqi tomondan qanday aks ettirish mumkinligini ko‘rsatish uchun shuni misol qilish mumkin. Sut yoki sut mahsulotlarini rad etish tish emalini yo‘qolishga olib keladi, ya'ni tishlar harorat, kimyoviy va mexanik ta'sirdan himoyasiz qoladi. Yana bir yorqin misol-soch to‘kilishi. Oziqlanishning yetishmasligi sochlarning tuzilishiga ham, o‘sishiga ham ta'sir qilishi mumkin. Bu vazn yo‘qotish yoki protein iste'molini kamaytirishning asosiy ko‘rinishlaridan biridir. Kalit so'zlar: salomatlik qotillari, och qolish, vazn yo‘qotish, stress, soch to‘kilishi, gastrit, uglevod, individual, oqsil, iste'mol. Yaqinda xalqaro olimlar jamoasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda butun jahonda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha rasmiy maslahatlar nafaqat odamlar salomatligini, shuningdek atrof-muhit holatini ham xavf ostida qoldirishi haqida ma’lum qilishdi. Ma'lumki, jahon bo‘ylab ajralib chiqayotgan issiqxona gazlarining chorak qismi oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi, noto‘g‘ri ovqatlanish esa yiliga millionlab bevaqt o‘lim sababchisi bo‘lmoqda. Olimlar milliy parhez tavsiyalarining naq 98 foizi sog‘liqni saqlash va atrof-muhit sohasidagi global maqsadlarning kamida bittasiga mos kelmaydi, degan xulosaga kelishdi. 126 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Umuman olganda, u qizil go‘sht, sut va shakar iste'molini kamaytirish, ratsionda sabzavotlar, mevalar, donli mahsulotlar va yong‘oqlar miqdorini ikki barobar oshirishga qaratilgan. Komissiya hisob-kitoblarga ko‘ra, parhez yiliga 11 million kishini nosog‘lom ovqatlanish tufayli o‘limdan saqlab qolishga qodir, shuningdek biz yashayotgan muhitni kollapsdan ham asrab qoladi. «Butun jahonda oziqlanishni tubdan o‘zgartirish kerak», deydi-Harvard universitetidan Uolter Uillet. Uning ta'kidlashicha, «sog‘lom sayyoraviy parhez» deganda gap qandaydir och qolish haqida emas, «oziq-ovqat sog‘lom va foydali bo‘lishi» haqida takidlab o‘tgan. Lekin, eng yaxshi tavsiyalar ham, sog‘lom turmush tarziga amal qilinmas ekan, u hech qanday, ma'noga ega bo‘lmay qolishligi haqida ham olimlarimiz aytib o‘tishgan. Eskirgan maslahatlar: vazn yo‘qotish uchun shirin, yog‘li, sho‘r, go‘sht, soya iste'mol qilmaslik yoki umuman ovqatlanmaslik kerak: ba'zi odamlar shunday xulosaga kelgan, ammo bu umuman to‘g‘ri emas. Ozish uchun ovqatlanish kerak, faqat oqilona yondashuv va sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilgan holda. Ammo och qolish orqali vazn kamaytirishga qaror qilinganda, organizm stressga duchor bo‘ladi, chunki kutilmagan holat yuzaga keladi. Odatda ma'lum vaqt oralig‘ida keladigan oziq-ovqat endi kelmaydi. Natijada organizmda jiddiy o‘zgarishlar kuzatila boshlaydi. Kognitiv qobiliyatning pasayishi: ochlik tufayli nafaqat oqsil va yog‘lar, balki uglevodlarni ham rad etiladi. Uglevodlar esa miya uchun asosiy energiya substratini tashkil qiladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, ertalab, tushdan keyin va kechqurun uglevodlarsiz miya to‘qimalarida ochlik boshlanadi. Natijada xotira yomonlashadi, biror narsa haqida o‘ylash yoki muammolarni hal qilish qiyinlashadi. Bundan tashqari, tez-tez charchash kuzatiladi. 127 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Vitamin va minerallar almashinuvining buzilishi: ayniqsa, bu holat mono- parhezni sevuvchilar orasida tez-tez uchraydi, ammo bu och qolib vazn kamaytiradiganlarda ham keng tarqalgan muammo. Buni tashqi tomondan qanday aks ettirish mumkinligini ko‘rsatish uchun shuni misol qilish mumkin. Sut yoki sut mahsulotlarini rad etish tish emalini yo‘qolishga olib keladi, ya'ni tishlar harorat, kimyoviy va mexanik ta'sirdan himoyasiz qoladi. Yana bir yorqin misol-soch to‘kilishi. Oziqlanishning yetishmasligi sochlarning tuzilishiga ham, o‘sishiga ham ta'sir qilishi mumkin. Bu vazn yo‘qotish yoki protein iste'molini kamaytirishning asosiy ko‘rinishlaridan biridir. Metabolik kasalliklar ochlik bilan vazn tashlash nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya'ni ko‘plab ichki organlar ochlikdan aziyat chekadi: jigar, yurak va buyraklar. Oqsil, yog‘ va minerallarning yetishmasligi tufayli metabolik kasalliklar yuzaga keladi. Misol uchun, tuz ratsiondan butunlay chiqarib tashlansa, uning muvozanati buziladi. Organizmdagi hamma narsa o‘zaro bog‘liqdir. Shuningdek, uzoq muddatli och yurish gastritga olib kelishi mumkin. Buning sababi shundaki, oshqozonga ovqat kirmaydi, lekin uni ko‘rish va hidlash — bularning barchasi oshqozonda me'da shirasining ajralib chiqishini rag‘batlantiradi. Oshqozon oziq-ovqat ta'minlanmaganligi sababli, bu shira oshqozon devorlarini korroziyaga olib keladi, ya'ni o‘z-o‘zidan hazm qilish sodir bo‘ladi. Bu keyinchalik Barrett sindromi, asta-sekin onkologik kasallikni keltirib chiqaradi. Agressivlik yoki tushkun kayfiyat ochlik -ayniqsa, atrofdagi hamma narsaga ruxsat berilganda o‘zni cheklas
Доказательный фрагмент
«i Ayniqsa, bu holat mono-parhezni sevuvchilar orasida tez-tez uchraydi, ammo bu och qolib vazn kamaytiradiganlarda ham keng tarqalgan muammo.»
Образец извлечения
Демо-превьюi Ayniqsa, bu holat mono-parhezni sevuvchilar orasida tez-tez uchraydi, ammo bu och qolib vazn kamaytiradiganlarda ham keng tarqalgan muammo. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- salomatlik qotillari, och qolish, vazn yo‘qotish, stress, soch, weight loss, выпадение волос, стресс, consumption, oqsil, белок, hair loss, потеря веса, gastritis, soch to'kilishi, carbohydrate, индивидуальный, individual, углеводы, gastrit, iste'mol, голодание, protein, убийцы здоровья, hunger, uglevod, потребление, health killers, гастрит
Смежные источники
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Журнал прикладных и социальных наукДилдора Хаитова2025
in LibraryХамраев А.Ж., Эминов Р.И.2026