К содержанию
РецензированоRU2025

SAVOD O‘RGATISH DAVRIDA TOVUSH VA HARF TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING BOSQICHLARI

YashinovaShahzoda To’lqinqizi · ЭТАПЫФОРМИРОВАНИЯПОНЯТИЙЗВУКАИ БУКВЫВ ПРОЦЕССЕ

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

В данной статье раскрыты этапы формирования понятий звука и буквы в процессе обучения грамоте в начальных классах. Рассматриваются подготовительный этап, обучение звукам и буквам, переход к чтению и письму. Показано значение каждого этапа в формировании грамотности учащихся, приведены методы и упражнения на примерах. В статье освещены теоретические и практические аспекты изучения звуко-буквенных соотношенийиданыметодические рекомендациидляучителей. Ключевые слова: обучение грамоте, понятие звука, понятие буквы, начальные классы, фонетический анализ, чтение и письмо, подготовительный этап, методика, развитие речи, педагогический процесс. STAGES OF DEVELOPING SOUNDAND LETTERCONCEPTS INTHEPROCESS OF LITERACYINSTRUCTION Annotation: This article explores the stages of forming the concepts of sounds and letters during literacy instruction in primary school. It discusses thepreparatory stage, the teaching ofsounds and letters, and the transition to reading and writing. The importance of each stage in the development of students' literacy is analyzed, along with examples of relevant methods and exercises. The article presents both theoretical and practical aspects of teaching sound-letter relationships and offers methodological recommendations for educators. Key words : literacy instruction, sound concept, letter concept, primary grades, phonetic analysis, reading and writing, preparatory stage, methodology, speech development, pedagogical process. Boshlangʻich taʼlim tizimida o‘quvchilarni savodli qilish – bu ularni hayotiy faoliyatga tayyorlash yoʻlidagi birinchi qadamdir. Savod o‘rgatish jarayoni o‘z mohiyatiga ko‘ra murakkab, lekin zarur pedagogik bosqichlardan tashkil topgan. Ayniqsa, tovush va harf tushunchalarini shakllantirish jarayoni bu bosqichlarning poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Zero, tovush va harf o‘rtasidagi farqni anglay olmagan, ularning talaffuzi va yozuvdagi ifodasini tushunmagan o‘quvchi keyinchalik o‘qish va yozishda, imlo qoidalarini o‘zlashtirishdajiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Shusababli worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI tovush va harf tushunchalarini shakllantirish bosqichma-bosqich, puxta metodik yondashuv asosida olibborilishilozim. Savod o‘rgatish jarayonida tovush va harf tushunchalarini shakllantirish avvalo bolani tildagi tovushlarga e’tibor qaratishga undaydi. Tovush bu – og‘zaki nutq birligi, ya’ni so‘zlarni tashkil etuvchi eng kichik bo‘lakdir. Harf esa tovushning yozuvdagi ifodasi bo‘lib, grafik belgidir. Dastlabki bosqichlarda o‘quvchilar uchun bu ikki tushuncha juda chalkash tuyulishi mumkin. Ayniqsa, tovushlar eshitiladi, harflar esa ko‘rinadi degan farqni tushuntirish uchun o‘qituvchi turli didaktik vositalardan, ko‘rgazmali materiallardan va interaktiv metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiq. Tayyorlov bosqichida o‘quvchilar tovushni ajratish, so‘zda nechta tovush borligini aniqlash, so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish kabi mashqlarga jalb qilinadilar. Masalan, “qush” so‘zidagi tovushlarni aniqlash, bu tovushlarning unli yoki undoshligini ajratish, tovushlar ketma-ketligini aniqlash orqali bolalarda fonematik eshituv rivojlantiriladi. Bu esa ularda tovushga nisbatan sezgirlikni kuchaytiradi. Shuningdek, bolalar so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish orqali talaffuz va nutqning tabiiyoqimini o‘rganadilar. Tovush tushunchasi shakllangandan so‘ng o‘quvchilar harflar bilan tanishtiriladi. Harfning nomi, yozilishi va tovush bilan bog‘liqligi ko‘rgazmali vositalar yordamida o‘rgatiladi. Harf shaklini eslab qolish, uni daftarda to‘g‘ri yozish, yozuvda o‘qishga mos bog‘lash – bularning barchasi maxsus mashqlar orqali mustahkamlanadi. Shu bosqichda o‘quvchilarga har bir harfga mos tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish, uni so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida qanday eshitilishi bo‘yicha misollar keltirish foydali bo‘ladi. Misol uchun: “s” harfi – “suv”, “oson”, “dasturxon” so‘zlarida qanday eshitilishini taqqoslash. Shuningdek, tovush va harf ustida ishlashda fonetik tahlil mashqlari alohida o‘rin tutadi. Bu orqali o‘quvchi tovushlarning ketma-ketligi, unli-undoshligi, og‘iz orqali hosil bo‘lishi kabi fonetik belgilarni mustahkam o‘zlashtiradi. O‘qituvchi bu jarayonda tovushlar va harflar o‘rtasidagi farqni oddiy misollar, jonli tasvirlar, o‘yinlar yordamida tushuntiradi. O‘yinli yondashuvlar o‘quvchilarni darsga jalb qilishda, ulardaqiziqish uyg‘otishda samarali vositasanaladi. Tovush va harf tushunchalarini shakllantirishda izchil va bosqichma-bosqich ishlash muhim. Har bir bosqichda avvalgi bosqichda o‘rganilgan bilimlar takrorlanadi, mustahkamlanadi va keyingi bilimlar bilan bog‘lanadi. Bu jarayonda o‘quvchilarning nutqiy faoliyati ham rivojlanadi. Ular gap tuzish, matn bilan ishlash, o‘z fikrini ifodalash, o‘qilgan matndan asosiy fikrni ajratish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, tovush va harfni farqlay olish qobiliyati ularda imlovi

Доказательный фрагмент

«В данной статье раскрыты этапы формирования понятий звука и буквы в процессе обучения грамоте в начальных классах.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье раскрыты этапы формирования понятий звука и буквы в процессе обучения грамоте в начальных классах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literacy instruction, sound concept, letter concept, primary grades, phonetic analysis, o‘qish va yozish, tovush tushunchasi, metodika, tayyorlov bosqichi, nutq rivoji, fonetik tahlil, savod o‘rgatish, harf tushunchasi, boshlang‘ich sinf, pedagogik jarayon.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники