К содержанию
РецензированоRU2025

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Mamadiyorov Jamol Baxodirovich · G‘ofurov Jamoliddin Xusnuddinovich · Abdurazzoqov O‘ktam Abduqayumovich

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 149-152 · 2025

Аннотация

В статье рассматриваются существующие проблемы и недостатки использования дидактических игр на уроках математики в начальной школе, а также пути их преодоления на примере нескольких видов дидактических игр для занятий в 1-4 классах. Ключевые слова: педагогическая технология, технология игр, лучший счетчик, игра исторических событий, игра анаграммы, игра веселых задач. Annotation: This article highlights the current problems and shortcomings of using didactic games in elementary school mathematics lessons, and how to overcome them, using several types of didactic games as examples for classes in grades 1-4. Keywords: pedagogical technology, game technology, best counter, historical events game, anagram game, fun problem game O„quv jarayonida o„quvchilarning faolligini oshirish prinsipi didaktikadaning asosiy prinsiplaridan biri bo„lib kelgan va shunday bo„lib qolmoqda. Ta'lim jarayonini faollashtirish maqsadli boshqaruvning natijasi bo‟lib, darsni to‟gri va qiziqarli tashkil etishga bog‟liqdir. Matematika fanida aqliy yuklamaning ko„pligi, o„quvchilarda o„rganilayotgan mavzuga qiziqishni qanday qilib saqlab qolish haqida o„ylashga majbur qiladi. Hech kimga sir emaski, ko„plab o„quvchilar darsga tayyorgarlik darajasi past va fanga qiziqishi yo„q bo„lganligi sababli bilim olish uchun muayyan harakatlar qilishni xohlamaydi. Shuning uchun o„quvchilar tomonidan matematika fanini chuqur o„zlashtirilishiga erishish mushkul. Hozirgi bozor iqtisodiyoti va chuqur globallashuv davrida mamlakat rahbari tomonidan ta‟lim sohasida amalga oshirilayotgan izchil siyosat maktab bitiruvchilaridan mehnat bozorida raqobatbardosh bo„lishlarini talab qilmoqda. Buning uchun maktab bitiruvchiga nafaqat bilim berishi, balki tashabbuskorlik, ijodiy fikrlash qobiliyati va nostandart yechimlarni topish kabi shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishi zarur. Matematika fanini o‟qitishda o„quvchiga hayot davomida har bir inson duch kelishi mumkin bo‟lgan kredit olish, soliq imtiyozlarini qanday hisoblash, telefon tarifini tanlash, kommunal xizmatlar uchun to„lovlarni hisoblash kabi ko‟nikmalarni berib borish muhim hisoblanadi. Shuning uchun matematika darslarida o„quvchilar fikr yuritishni, isbotlashni, topshiriqlarni bajarish uchun ratsional usullarni topishni, tegishli xulosalar chiqarishni, bir so„z bilan aytganda o„ylashni o„rganadilar. Yuqorida keltirilgan barcha harakatlar va jarayonlarning negizida o„quvchilarning tafakkuri yotadi, ular chuqur anglash, analiz va sintez qilish, assotsiativ taqqoslash, bilimlarni tizimli ravishda qurish va umumlashtirishga, qo„yilgan muammolarni yechish va muvaffaqiyatga erishishga asoslangan aqliy faoliyat shakli sifatida tushuniladi. Binobarin, zamonaviy sharoitda, o„quv faoliyatida o„quvchilarning bilim faolligini, mustaqilligini rivojlantirish, muammoga yechim izlash, tadqiqot faoliyati ko„nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratish muhimdir. Eski an'anaviy usullar bilan bu muammoni hal qilish mumkin emas [1-3]. O„quvchining o„rganilayotgan materialga bo„lgan qiziqishini saqlab qolish va ularni dars davomida faollashtirish juda muhim. Bunda o„qituvchining vazifasi kerakli ma'lumotlarni qanday qilib 73 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI darslikdan ko„ra aniqroq va rang-barang yetkazish emas, balki asosiy ishtirok etuvchi shaxs – o„quvchilarning bilim faoliyati tashkilotchisiga aylanishdir. Shu bilan birga, o„qituvchi o„quv faoliyatini tashkil qiladi va boshqaradi. Bularning barchasi o„qituvchini o„quv dars jarayoniga mos pedagogik texnologiyalarni izlashga va ularni o„z amaliyotida ishlatishga undaydi. Bu esa o„z navbatida o„qituvchidan doimo o„qitish samaradorligini oshirish yo„llarini izlash, bilimlarni uzatishning turli usullaridan foydalanish, o„quvchilarni bilish faoliyatiga qiziqishni uyg‟otuvchi va rag‟batlantiruvchi, shaxsga ta'sir ko„rsatishning nostandart shakllaridan foydalanishni talab qiladi. Yangi texnologiyalarning tatbiq etilishi ta'lim tizimida tub o„zgarishlarni amalga oshirmoqda: ilgari o„qituvchi uning markazi bo„lgan bo„lsa, endi o„quvchi uning markazi hisoblanadi. Bu esa har bir o„quvchiga o„zi uchun mos bo„lgan tezlikda va uning qobiliyatiga mos keladigan darajada o„rganish imkoniyatini beradi Bolalarda malakalarni rivojlantirishning eng samarali vositalaridan biri bu o„yin texnologiyasidir. Bu iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va umuman jamiyat sohalaridagi turli vaziyatlar o„yin faoliyatida modellashtirilganligi bilan bog'liq. Ularni hal qilish orqali o„quvchi o„zining bilim va tajribasini rivojlantiradi. O„yinda qatnashish o„quvchining yanada samarali, ijtimoiy rivojlanishiga, uning o„zini anglashiga yordam beradi. Pedagogika sohasidagi ko„plab tadqiqotchilar, masalan S.S. Kashlev, T.N. Gushchina, V.G. Kovalenko, E.N. Mozhar ushbu texnologiyaning yuqori samaradorligini tasdiqladi. Ular sinfda o„yin texnologiyalaridan foydalanish o„rgan

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются существующие проблемы и недостатки использования дидактических игр на уроках математики в начальной школе, а также пути их преодоления на примере нескольких видов дидактических игр для занятий…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются существующие проблемы и недостатки использования дидактических игр на уроках математики в начальной школе, а также пути их преодоления на примере нескольких видов дидактических игр для занятий… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogical technology, game technology, best counter, historical events game, qiziqarli masalalar o‘yini, anagramma o‘yini, eng yaxshi hisoblovchi o‘yini, tarixiy voqealar o‘yini, pedagogik texnologiyalar, o‘yin texnologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники