Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QALAMTASVIR – TASVIRIY SAN’ATNING TASVIR IFODA ASOSLARIDAN BIRI SIFATIDA
Sauranova Muhlisa Elmurod qizi · Ilmiy rahbar: Usmanov Botir Allaberdiyevich
Журнал научных исследований и их решений · 5 · 58-60 · 2025
Аннотация
mazkur maqolada qalamtasvir san‟atining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Unda tasviriy san‟at ta‟limida qalamtasvirning tutgan o„rni, tarixiy ildizlari, yorug„lik va soya qonuniyatlari, perspektiva va konstruktsion tahlil, grafik vositalar, manzara va naturmort janrlari, shuningdek, badiiy tafakkur bilan grafik ifoda uyg„unligi ilmiy asosda yoritiladi. Maqola san‟at ta‟limida qalamtasvirning metodik ahamiyatini ochib beradi. Kalit so‘zlar: qalamtasvir, tasviriy san‟at, kompozitsiya, yorug„lik va soya, perspektiva, konstruktsiya, grafik vositalar, badiiy tafakkur, san‟at ta‟limi, manzara, naturmort. Qalamtasvir tasviriy san‟atning barcha yo„nalishlari uchun zarur bo„lgan nazariy va amaliy tayanch hisoblanadi. Rassom san‟atning qaysi turida ijod qilmasin, u ijodiy faoliyatini aynan qalamtasvirdan boshlaydi. Bu jarayonda kuzatish, his-tuyg„u va kompozitsion g„oyalar dastlabki chizgilar orqali ifodalanadi. Mazkur bosqichda yaratilgan qoralamalar rassom uchun keyinchalik katta hajmli asarlarni yaratishda muhim manba vazifasini o„taydi. Uyg„onish davri rassomi Leonardo da Vinchi "Rang tasvir qonunlari" asarida ta‟kidlaganidek: “Agar yoshlar o„zlarini ilm-fan va tasviriy san‟atda sinab ko„rmoqchi bo„lsalar, ular avvalo rasm chizishni mukammal egallashlari kerak”. Bu fikr qalamtasvirning san‟at ta‟limida tutgan o„rnini ko„rsatadi. Qalamtasvir mashg„ulotlari orqali quyidagi nazariy asoslar shakllanadi: 1. Kompozitsiya asoslari – tasvir mazmuni, shakli va tuzilishining badiiy uyg„unligini ta‟minlaydi. 2. Konstruktiv tuzilish – buyumlar va obyektlarning shaklini chiziqli tuzilishda aniq tasvirlashni o„rgatadi. 3. Nisbatlar – tasvir elementlarining o„zaro nisbatlarini to„g„ri baholash realizmga erishishga xizmat qiladi. 4. Perspektiva qonunlari – makon chuqurligi, obyektning fazoviy holatini tasvirlashda asosiy vosita hisoblanadi. 5. Yorug‘lik va soya – obyektlarga hajm, chuqurlik va realizm bag„ishlaydi. Tabiatdagi obyektlarning hajmi yorug„lik, soya, yarim soya, aks va yaltiroqlik orqali seziladi. Yorug„lik tabiiy (quyosh, oy) va sun‟iy (elektr chiroqlari, alangalar) manbalardan tushadi. Yorug‘lik – buyum yuzasiga tik tushuvchi nurlardir. Soya – yorug„lik tushmagan qism, ya‟ni obyektning orqa tomoni. Yarim soya – yorug„likning qiyaroq tushishi natijasida hosil bo„ladi. Aks – yorug„lik boshqa obyektga urilib, undan qaytgan nur. Yaltiroqlik – porloq yuzalarda tik tushuvchi yorug„lik nuqtasi. Bular qalamtasvirda realizmni kuchaytirishda hal qiluvchi omillardir. Tasviriy san‟at tarixiga nazar solsak, insoniyat qadimdan tasvirlashga intilgan. Ibtidoiy davrdagi qoyatosh rasmlari, qadimgi Misr san‟ati, qadimiy sopol buyumlardagi naqshlar, bularning barchasi inson tafakkurining san‟atga bo„lgan ehtiyojini ko„rsatadi. Qadimgi Misr maktablarida tasvir san‟ati ta‟limi rasmiy darajada joriy etilgan va unga doir qonunlar mavjud bo„lgan. Perspektiva qonuni obyektning qanday burchakdan ko„rsatilayotganiga qarab tasviriy ifodasini belgilaydi. Parallel chiziqlar uzoqlashgan sari bir nuqtaga yaqinlashayotgandek ko„rinadi. Bu makon illyuziyasini hosil qiladi. Masalan, temiryo„l relslari yoki kub shaklining turli burchaklardagi holati shunday ko„rinishga ega. Qalamtasvir mashg„ulotlarida ishlatiladigan vositalar: Qog‘oz – vatman, go„znak, tarshun, A4 va A3 formatli qog„ozlar. Qalamlar – H, HB, B, 2B, 4B, 6B; “T” – qattiq, “M” – yumshoq qalamlardir. 79 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Bo‘yoqlar – guash va akvarel, maxsus grafik vositalar: sangina, ugil, sepiya. Qo‘shimcha jihozlar – planshet, molbert, mo„yqalam, o„chirgich. Rassomning ishlatilgan vositalarni to„g„ri tanlashi va ulardan unumli foydalanishi uning badiiy tafakkurini rivojlantirishda muhim rol o„ynaydi. Qalamtasvirda manzara va naturmort janrlari muhim ahamiyatga ega. Manzara – tabiat manzarasi: tog„lar, daraxtlar, daryolar, osmon va boshqa manzara elementlarini aks ettiradi. Antik davrda manzara fon elementi sifatida ishlatilgan bo„lsa, O„rta asrlardan boshlab u mustaqil janrga aylangan. Sharq san‟atida esa manzara ruhiy holatni ifodalash vositasi sifatida qadrlanadi. Qalamtasvir mashg„ulotlari nafaqat texnik ko„nikmalarni, balki tasviriy tafakkur, kompozitsion fikrlash, badiiy kuzatuvchanlik va estetik tahlil qobiliyatini ham rivojlantiradi. Grafik ifoda rassomning individual uslubini, dunyoqarashi va g„oyaviy yo„nalishini shakllantiradi. Aynan qalamtasvir orqali rassom o„z g„oyalarini erkin bayon eta oladi. Bu bosqichda talabalar nafaqat rasm chizishni, balki tasviriy nutq, badiiy estetikani ham o„zlashtiradilar. Bu esa ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratadi. Qalamtasvir – bu oddiy chizma emas, balki estetik dunyoqarash, badiiy tafakkur, hissiyot va g„oyaning birinchi bosqichdagi ifodasidir. Tasviriy san‟atda qalamtasvirning nazariy va amaliy asoslarini chuqur o„rganish r
Доказательный фрагмент
«mazkur maqolada qalamtasvir san‟atining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюmazkur maqolada qalamtasvir san‟atining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qalamtasvir, konstruktsiya, naturmort, perspektiva, tasviriy san’at, manzara, kompozitsiya, san’at ta’limi, badiiy tafakkur, yorug‘lik va soya, grafik vositalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014