К содержанию
РецензированоUZ2025

SOLIQ SIYOSATINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

VA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI · Shukurova Xayriniso Zokir qizi.

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada soliq siyosatining iqtisodiy o‗sish jarayonlariga ta‘siri nazariy va amaliy nuqtai nazardan yoritilgan. Soliq yukining biznesga, investitsiya muhitiga va byudjet barqarorligiga ta‘siri tahlil qilinadi. O‗zbekiston soliq tizimidagi so‗nggi islohotlar, ularning ijobiy va salbiy jihatlari muhokama qilinib, iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga qaratilgan takliflar bildiriladi. Kalit so‘zlar: soliq siyosati, iqtisodiy o‗sish, fiskal tartibga solish, investitsiya muhiti, byudjet daromadlari, soliq yuklamasi. Soliq siyosati har bir davlatda iqtisodiy boshqaruvning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. U iqtisodiy resurslarning qay tarzda taqsimlanishini belgilab, ishlab chiqarish hajmi, iste‘mol strukturasiga va investitsion qarorlarga bevosita ta‘sir qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq siyosati nafaqat byudjetni to‗ldirish vositasi, balki iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish va ijtimoiy tenglikni ta‘minlash vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariy jihatdan qaralganda, soliq stavkalari yuqori bo‗lsa, u ishlab chiqaruvchilarning motivatsiyasini pasaytiradi, norasmiy sektor kengayadi, soliqqa bo‗lgan ishonch kamayadi. Aksincha, soliq yengilliklari va maqsadli imtiyozlar, ayniqsa, kichik biznes va xorijiy investorlar uchun qulay muhit yaratadi. Shu nuqtai nazardan, har bir davlat soliq siyosatini o‗zining iqtisodiy rivojlanish bosqichiga mos tarzda belgilashi lozim. O‗zbekistonda 2017-yildan boshlab bosqichma-bosqich soliq islohotlari amalga oshirilib, ularning asosiy maqsadi — soliq tizimini soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish va byudjet tushumlarini oshirish orqali iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishdan iborat bo‗ldi. Misol uchun, yuridik shaxslar uchun foyda solig‗i stavkasi 7 yildan buyon pasaytirilib, 20 foizdan 12 foizgacha tushirildi. Shu bilan birga, yagona ijtimoiy to‗lov stavkasi ham kamaytirilib, xususiy sektor uchun mehnat xarajatlari yengillashtirildi. Bu o‗zgarishlar O‗zbekiston iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar sonining ortishiga olib keldi. 2023-yil yakunlariga ko‗ra, kichik biznes subyektlari YaIMdagi ulushi 56 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, soliq ma‘murchiligi elektron tizimga o‗tkazilishi hisobiga norasmiy sektor qisqardi, fiskal shaffoflik ortdi. Shu bilan birga, ayrim muammolar ham mavjud. Xususan, ayrim sohalarda soliq imtiyozlarining haddan tashqari ko‗p berilishi byudjet daromadlarining qisqarishiga olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda bosimni oshiradi. Bundan tashqari, yirik tadbirkorlik subyektlari bilan soliq ma‘muriyati o‗rtasidagi kelishuvchanlik mexanizmlari hali yetarlicha institutsional mustahkamlab qo‗yilmagan. 89 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Soliq siyosatining iqtisodiy o‗sishga ta‘siri, shuningdek, investitsion muhitga bevosita bog‗liq. Yillik hisobotlarda O‗zbekiston xalqaro investitsiya reytinglarida (masalan, Doing Business) soliq to‗lovlarining soddaligi bo‗yicha nisbatan past pog‗onalarni egallab kelgan. Shu sababli, keyingi yillarda onlayn soliq tizimlari (my.soliq.uz), QR-fiskal tizimlar va elektron hisob- kitoblar joriy qilindi. Bu jarayon tadbirkorlarning rasmiy tizimda faoliyat yuritishini rag‗batlantirgan. Xalqaro tajriba shuni ko‗rsatadiki, soliq stavkalarining mo‗‘tadilligi va soliqlarni to‗lashdagi soddalik — iqtisodiy o‗sishga xizmat qiluvchi muhim faktor sanaladi. Irlandiya, Singapur, Estoniya kabi davlatlar soliq yukini kamaytirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan, innovatsion tadbirkorlikni rag‗batlantirgan. O‗zbekiston ham bu yo‗nalishda ijobiy harakatlarni boshlagan bo‗lsa-da, tizimda islohotlarni chuqurlashtirish zarurati mavjud. Soliq siyosati nafaqat fiskal vosita, balki iqtisodiy strategiyaning ajralmas qismidir. Yangi ish o‗rinlari yaratish, xususiy sektorda kapital aylanishini rag‗batlantirish, eksport salohiyatini oshirish kabi maqsadlar soliq mexanizmlari orqali qo‗llab-quvvatlanishi lozim. Bunda hududlar kesimida soliq yengilliklari berish, startaplar uchun inkubator imtiyozlari yaratish, ekologik toza texnologiyalarga soliq rag‗batlarini joriy etish kabilar dolzarbdir. Xulosa qilib aytganda, soliq siyosati iqtisodiy o‗sishni bevosita belgilovchi strategik omildir. O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan fiskal islohotlar ijobiy natijalar bermoqda, biroq ularni chuqurlashtirish va institutsional mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Musgrave R., Musgrave P. ―Public Finance in Theory and Practice‖. – McGraw-Hill, 2019. 2. Moliya vazirligi va Soliq qo‗mitasi nashrlari – https://soliq.uz 3. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq islohotlariga doir qaror va farmonlari, 2017–2024. 4. O‗zbekiston Respublikasi Statistika agentligi rasmiy sayti – https://stat.uz 5. World Bank. ―Global Economic Prospects – Taxation in Transition Economies‖. – 2022. 6. IM

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada soliq siyosatining iqtisodiy o‗sish jarayonlariga ta‘siri nazariy va amaliy nuqtai nazardan yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada soliq siyosatining iqtisodiy o‗sish jarayonlariga ta‘siri nazariy va amaliy nuqtai nazardan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq siyosati, byudjet daromadlari, investitsiya muhiti, soliq yuklamasi, fiskal tartibga solish, iqtisodiy o‘sish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники