К содержанию
РецензированоUZ2025

AMIR TEMURNING TASHQI SIYOSATI VA XALQARO SAVDO YO‘LLARINING TIKLANISHI

Tugalova Madina Erkin qizi

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Amir Temurning tashqi siyosiy faoliyati va xalqaro savdo yo‘llarining tiklanishi jarayoni tahlil qilinadi. XIV asr oxirlarida shakllangan Temuriylar imperiyasi o‘zining harbiy kuchi bilan xalqaro maydonda muhim geosiyosiy rol o‘ynagan. Amir Temurning tashqi siyosati faqat harbiy yurishlarga emas, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xalqaro savdo yo‘llarini xavfsiz qilish, diplomatik aloqalarni kengaytirish kabi strategik maqsadlarga ham yo‘naltirilgan edi. Tadqiqotda tarixiy manbalar asosida savdo yo‘llarining tiklanishi, ularning infratuzilmasi, hamda Temurning xalqaro aloqalariga bo‘lgan yondashuvi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Amir Temur, tashqi siyosat, xalqaro savdo, Ipak yo‘li, diplomatiya, karvonsaroylar, savdo infratuzilmasi, Temuriylar davlati, elchilik munosabatlari. Amir Temur davlatchiligi tarixda o‘zining harbiy yurishlari, markazlashgan boshqaruv tizimi va tashqi siyosiy faoliyati bilan yuksak o‘rin egallaydi. XIV asrning ikkinchi yarmida yevroosiyo hududida yuzaga kelgan siyosiy bo‘shliq Temurga o‘z imperiyasini shakllantirish imkonini berdi. U faqat ichki tartibni tiklash bilan kifoyalanmay, balki tashqi siyosatni ham faol yuritdi. Uning asosiy maqsadlaridan biri – xalqaro savdo yo‘llarini xavfsiz va samarali holatga keltirish, ayniqsa Buyuk Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arb o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni tiklash edi. Temur davlati Xitoydan Yaqin Sharqqacha, Hindistondan Qora dengizgacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan. Bu holat savdo, diplomatiya va madaniy almashinuv uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu maqolada Amir Temurning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlar hamda xalqaro savdo yo‘llarining tiklanishida u amalga oshirgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Temur o‘zining siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo va unga tutash mintaqalarda yagona tartibni o‘rnatish, davlat chegaralarini mustahkamlash, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta’minlashni bosh maqsad qilib qo‘ygan edi. Ayniqsa, Ipak yo‘lining tiklanishi va bu orqali savdo- sotiqning jonlanishi uning tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Temur tomonidan amalga oshirilgan harbiy yurishlar, bir qarashda, bosqinchilik sifatida talqin qilinishi mumkin bo‘lsa-da, aslida ular orqali u mintaqadagi beqarorlik va anarxiyani tugatib, xalqaro savdo aloqalari uchun xavfsiz va barqaror muhit yaratgan. Uning siyosatida elchilik aloqalari, diplomatik missiyalar yuborish, savdogarlar va hunarmandlarni qo‘llab- quvvatlash, iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish muhim o‘rin tutgan. U Samarqandni o‘z imperiyasining poytaxti sifatida tanlab, uni Sharq va G‘arb o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalar markaziga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan. Shu jihatdan qaralganda, Amir Temurning tashqi siyosati nafaqat harbiy muvaffaqiyatlar, balki xalqaro savdo, iqtisodiy taraqqiyot va geosiyosiy barqarorlik nuqtayi nazaridan ham alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Maqola tarixiy-huquqiy va siyosiy tahlil metodlariga asoslanadi. Asosiy manbalar sifatida Nizomiddin Shomi, Sharafiddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh kabi tarixchilarning asarlari, shuningdek, zamonaviy tadqiqotchi olimlarning ilmiy ishlari o‘rganildi. Tarixiy-kronologik, komparativ (taqqoslovchi) va tahliliy usullar orqali Amir Temurning tashqi siyosiy qarorlari va 135 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI ularning iqtisodiy oqibatlari o‘rganildi. Diplomatik yozishmalar, savdo karvonlari harakati va harbiy yurishlar orqali savdo yo‘llarining tiklanishiga oid dalillar asos qilib olindi. Tadqiqot davomida quyidagi muhim xulosalar aniqlandi:  Amir Temurning tashqi siyosati bosqinchilik emas, balki strategik xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan edi. Uning Hindiston, Eron, Kichik Osiyo, Kavkaz va Rossiya bilan olib borgan harbiy yurishlari ayni paytda savdo va siyosiy aloqalarni tiklash maqsadini ham ko‘zlagan.  Ipak yo‘lining muhim tarmoqlari Temur davrida qayta tiklandi. Harbiy himoya ostida savdo karvonlari harakati faollashdi, bojxona va karvonsaroylar tizimi qayta tashkil etildi.  Amir Temur diplomatiyani iqtisodiy siyosatning muhim vositasi sifatida qo‘llagan. U Xitoy imperatori, Hind sultonlari, Usmonlilar davlati va Yevropa qirolliklari bilan elchilik aloqalarini o‘rnatgan.  Samarqand savdo, hunarmandchilik va ilm-fan markaziga aylangan. Bu shahar orqali savdogarlar Xitoydan G‘arbga, O‘rta yer dengizi mamlakatlaridan Sharqqa erkin harakatlana olgan. Amir Temurning tashqi siyosati ko‘p hollarda harbiy kuchga tayanilgan bo‘lsa-da, uning asosiy maqsadi strategik barqarorlikni ta’minlash va o‘z davlati manfaatlarini himoya qilish edi. Ayniqsa, savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash uchun u kuchli harbiy nazorat o‘rnatgan. Bu orqali Temur imperiyasi iqtisodiy jihatdan mustahkamlandi, xalqaro savdo aloqalari tiklandi. Shuningdek, u savdogarlar va hunarmandlarga soliq imtiyozlari bergan, karvonsar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Amir Temurning tashqi siyosiy faoliyati va xalqaro savdo yo‘llarining tiklanishi jarayoni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Amir Temurning tashqi siyosiy faoliyati va xalqaro savdo yo‘llarining tiklanishi jarayoni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ipak yo‘li, tashqi siyosat, Amir Temur, diplomatiya, Temuriylar davlati, karvonsaroylar, savdo infratuzilmasi, xalqaro savdo, elchilik munosabatlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники