К содержанию
РецензированоUZ2025

PSIXOTRAVMA BOSHDAN KECHIRGAN YOSHLAR BILAN ISHLASHDA BIBLIOTERAPIYA USULLARINING PSIXOLOGIK SAMARADORLIGI

Abdakimova Mamlakat Abdusamad qizi

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada psixotravma boshdan kechirgan yoshlar bilan ishlashda biblioterapiya usullarining psixologik jihatdan samaradorligi o‘rganilgan. Biblioterapiya orqali travmadan keyingi ruhiy iztirob, xavotir, depressiv belgilarni yengillashtirish va o‘zini anglash darajasini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari biblioterapiya vositasida yoshlarning emotsional tiklanishi va ijtimoiy moslashuvchanligini oshirishda ijobiy o‘zgarishlar borligini ko‘rsatdi. KALIT SO‘ZLAR: psixotravma, yoshlar, biblioterapiya, ruhiy salomatlik, travmadan keyingi stress, emotsional tiklanish, psixologik yordam, terapiya, moslashuvchanlik. Zamonaviy jamiyatda yoshlar turli psixotravmatik vaziyatlarga duch kelishmoqda: oila ichidagi ziddiyatlar, yo‘qotishlar, zo‘ravonlik, migratsiya, ijtimoiy ajratilish va turmushdagi keskin o‘zgarishlar ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday holatlar ko‘pincha travmadan keyingi stress buzilishi (PTSB), xavotirli buzilishlar va depressiv epizodlar bilan kechadi. An’anaviy psixoterapevtik yondashuvlar bilan bir qatorda, biblioterapiya — ya’ni asarlar o‘qish orqali emotsional tiklanishga erishish — ruhiy qo‘llab-quvvatlashning noinvaziv va yumshoq shakli sifatida keng qo‘llanilmoqda. Bu usul yoshlarning o‘z kechinmalarini anglash, ifoda etish va ijobiy ruhiy resurslarni ishga solishga yordam beradi. Psixotravma boshdan kechirgan yoshlarning ruhiy sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar, ayniqsa, o‘sish davrida chuqur salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘smirlik va ilk yoshlik davri — shaxsning hayotiy qadriyatlari shakllanadigan, emotsional va ijtimoiy tajriba to‘planadigan davrdir. Agar bu bosqichda salbiy tajribalar samarali qayta ishlanmasa, ular uzoq muddatli psixologik muammolar: xavotir, izolyatsiya, ishonchsizlik va hatto o‘z joniga qasd qilish xavfiga olib kelishi mumkin. Biblioterapiya bu borada shaxsiy holatni bilvosita qayta ko‘rishga imkon beradigan, shaxsga ruhiy bosimsiz tazyiq qilmaydigan usul sifatida muhim ahamiyatga ega. O‘qish jarayonida obrazlar bilan identifikatsiya qilish, muammoni tahlil qilish, yechim variantlarini ko‘rish va ulardan o‘rnak olish orqali ruhiy sog‘lomlanish ro‘y beradi. Ayniqsa, yoshlar o‘zlariga yaqin mavzularni o‘zida mujassam etgan adabiyotlarni o‘qiganlarida, o‘z holatini tushunish va ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadqiqotda aralash metodologik yondashuv qo‘llanildi. Empirik bosqichda Toshkent, Andijon va Qarshi shaharlaridagi 3 ta ta’lim muassasasidan psixotravma boshdan kechirgan 40 nafar 16–22 yosh oralig‘idagi yoshlar tanlab olindi. Tajriba guruhi uchun 6 haftalik biblioterapiya dasturi ishlab chiqildi. Dasturga quyidagilar kiritildi: 143 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI  Psixologik jihatdan mos badiiy asarlarni o‘qish (mualliflar: E. Remark, J. Coelho, Sh. Rizo, A. Qahhor va boshqalar),  Mualliflik-reflektiv daftarlari yuritish,  Guruhiy psixologik muhokamalar,  Emotsional javoblar jurnali to‘ldirish. Psixologik o‘zgarishlarni aniqlashda Spielberger xavotir shkalasi, Beck depressiya testi, hamda "Travmatik tajriba bilan kurashish" anketasi qo‘llanildi. Tajriba dasturi yakunida quyidagi natijalarga erishildi:  O‘rtacha xavotir darajasi 38% ga kamaydi,  Depressiv holatlar 42% ga qisqardi,  Emotsional barqarorlik va ijobiy o‘z-o‘zini anglash ko‘rsatkichlari 47% ga oshdi,  Guruh a’zolarining 90% biblioterapiyani foydali deb baholadi. Ko‘pchilik ishtirokchilar biblioterapiya orqali o‘z dardini tushungan, unga nom bergan va o‘z holatini ijobiy o‘zgartirishga intilgan. Tadqiqot yakunlari shuni ko‘rsatdiki, biblioterapiya usullari o‘z vaqtida qo‘llanilganda yoshlarning travmadan chiqishida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Dasturda ishtirok etgan yoshlar orasida:  O‘zini ifoda qilishga bo‘lgan ishonch kuchaydi,  Emotsional turg‘unlik darajasi oshdi,  O‘z-o‘zini anglash va muammoli holatni tahlil qilish qobiliyati rivojlandi,  Ko‘pchilikda insonlar bilan emotsional aloqani tiklash jarayoni boshlandi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning ko‘pchiligi ushbu faoliyatdan keyin mustaqil ravishda o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortgani, hissiy holatlarini so‘z bilan ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lgani va boshqa muhtoj do‘stlariga ham yordam bera boshlaganliklarini aytishgan. Biblioterapiya usullari yoshlar orasida psixotravmani qayta ishlashda emotsional xavfsiz muhit yaratadi. Kitob qahramonlarining hayoti bilan bog‘lanish, o‘zini ularning o‘rnida tasavvur qilish orqali shaxsiy kechinmalarni tahlil qilish osonlashadi. Shu bilan birga, o‘qilgan asarlar orqali emotsional so‘z boyligi kengayadi, ichki nutq faollashadi, bu esa travmadan chiqishdagi eng muhim bosqichdir. Shuningdek, biblioterapiya murakkab hissiy holatlarda so‘z topishda qiynalayotgan yoshlar uchun alternativ ifoda vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, bu yondashuvni samarali qo‘llash uchun tera

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada psixotravma boshdan kechirgan yoshlar bilan ishlashda biblioterapiya usullarining psixologik jihatdan samaradorligi o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada psixotravma boshdan kechirgan yoshlar bilan ishlashda biblioterapiya usullarining psixologik jihatdan samaradorligi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik yordam, yoshlar, biblioterapiya, moslashuvchanlik, psixotravma, emotsional tiklanish, travmadan keyingi stress, terapiya, ruhiy salomatlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники